53
O’AP a’zoligi 4 shaklga ko’ra farqlanadi:
Faxriy a’zolik
– auditorlik faoliyati rivojiga yuqori hissa qo’shgan
professional auditorlar hamda buxgalteriya hisobi va audit sohasida ilmiy darajaga
ega bo’lgan oliy o’quv muassasalari o’qituvchilari.
Haqiqiy a’zolik
– O’AP Ustavini tan olgan
va Auditor Ahloq Kodeksiga
amal qiluvchi, buxgalteriya hisobi va audit sohasida 5 yildan kam bo’lmagan
amaliy
tajribaga ega, barcha xalqaro buxgalter malaka imtihonlarini topshirgan
professional auditorlar.
Uyushgan a’zolik –
professional auditorlik tashkilotlari.
A’zolikka nomzodlar
- O’AP Ustavini tan olgan va Auditor Ahloq
Kodeksiga amal qiluvchi professional auditor va buxgalterlar.
O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi
(O’zBAMA)
O’zBAMA sertifikatlangan buxgalter va auditorlarni ixtiyoriylik asosda
birlashtirgan jamoat tashkiloti hisoblanadi.
O’zBAMAning maqsadi
professional
buxgalter va auditorlarning manfaatlari va
huquqlarini himoya qilishga
ko’maklashish, ta’lim dasturlari va kurslarini o’tkazish yo’li bilan malakasini
oshirish, assotsiatsiya a’zolari maqomini xalqaro
darajaga etkazish maqsadida
maslahat xizmatlarini ko’rsatish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: