38
to’g’risidagi qonunlarda ham ushbu masalaning ayrim tomonlari berilgan.
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari”
nomli ikkinchi
pog’onada ushbu masala bo’yicha tegishli qonunchilik asoslari beriladi. Masalan,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2015 yil
24 apreldagi PF-4720-sonli Farmonida aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining
me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro
normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy
hujjatlar qabul qilish, shu jumladan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va
xalqaro audit standartlariga o’tish vazifasi qo’yilgan. Uchinchi pog’onada
ushbu
masalaga oid tegishli qarorlar o’zining aksini topishi kerak. 4-pog’ona odatda,
tashqi audit jarayonida qo’llaniladigan standartlar va ularning xalqaro darajaga
chiqishda katta ahamiyatga egaligi ko’rsatilgan va ular asosida amalga oshirilgan
auditorlik tekshiruvlari moliyaviy faoliyat auditi va moliyaviy hisobotlar auditi
chet ellik investorlar va foydalanuvchilar uchun asos bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi
auditorlik faoliyatining
milliy standartlari
ana shu
xalqaro audit standartlari asosida ishlab chiqilgan va ushbu ishlar davom
etirilmoqda.
5-pog’onaga auditorlik faoliyatining milliy standartlari
va Moliya
vazirligi, boshqa tegishli vazirlik va qo’mitalar tomonidan ularni tartibga solish
uchun ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy va uslubiy ko’rsatmalarni kiritishimiz
mumkin. Huquqiy nuqtai nazardan ushbu bosqich hujjatlari asosan O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan yoki tegishli vazirlik va
qo’mitalar tomonidan tavsiya sifatida ishlab chiqilgan bo’lishi mumkin. 6-
pog’onaga auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo’yilgan talablar
asosida har bir auditorlik tashkiloti tomonidan o’zida ishlab chiqilgan ishchi
standartlar va ayrim auditorlar tegishli bo’linmalarni
tekshirish jarayonida
qo’llaniladigan ishchi standartlar qo’shilgan.
39
Albatta, ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini
rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Lekin jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan
keyingi davrda O’zbekiston Respublikasida inqirozdan chiqish va uning oldini
olish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlanishi va unga qo’yilgan yangicha
talablarni e’tiborga olish zaruriyati vujudga keldi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozidan keyingi davrda mamlakatimizda anchagina ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o’tish bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015
yillarda respublika moliya-
bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro
reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” 2010 yil 26
noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda “Nobank moliya
tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug’urta va auditorlik kompaniyalarining
rolini yanada oshirish hamda tarmog’ini rivojlantirish,
xalqaro normalar va
standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular
tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar turi va ko’lamini kengaytirish, moliya bozori
infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash”
1
masalasi va moliyaviy hisobotlarga
qo’yiladigan talablar jumlasiga eng avvalo moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlar asosida tuzilishi belgilandi. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvi va audit natijasi
bo’yicha tuziladigan auditorlik hisobotlarini halqaro
audit standartlari talabi
darajasida tashkil qilish masalasi qo’yildi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda qilingan muhim ishlardan biri O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Aktsiyadorlik jamiyalarida zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2015 yil 24
apreldagi №PF-4720-sonli Farmoniga ko’ra “2015-2018 yillarda barcha
aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2011-2015 йилларда республика молия-банк тизимини янада
ислоҳ қилиш ва барқарорлигини ошириш ҳамда юқори халқаро рейтинг кўрсаткичларига эришишнинг
устувор йўналишлари тўғрисида” 2010 йил 26 ноябрдаги ПҚ-1438 сонли Қарори. //Ўзбекистон Республикаси
қонун ҳужжатлари тўплами, 2010 й., 48-сон, 442-модда.
40
standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni
o’tkazishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”
2
deb
belgilangan, ushbu Farmonni
bajarish uchun tashqi audit tomonidan moliyaviy hisobotlar auditi auditning
xalqaro standartlari asosida amalga oshirilishi belgilab qo’yildi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati
to’g’risida”gi Qonuni alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, undagi barcha
moddalar, jumladan, qo’shimcha
2
1
-,2
2
-3
1
-
moddalar sharhiga alohida e’tibor qaratish
maqsadga muvofiq). Ushbu moddalarda auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari,
auditorlik faoliyati standartlari va auditorning malaka sertifikatiga izoh berilgan.
Dostları ilə paylaş: