A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


“Turnbull hisoboti” Birlashtirilgan kodeks



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   189
АУдит дарслик

“Turnbull hisoboti” Birlashtirilgan kodeks 
Ichki Nazorat: "Turnbull hisoboti" Birlashtirilgan Kodeks bo‘yicha 
Direktorlar uchun qo‘llanma, hisobotni yozgan Qo‘mita raisi Nayjel Turnbull 
nomiga shunday deb nomlangan. Bu hisobot Birlashtirilgan Kodeksdagi ichki 
nazorat talablari haqida Londondagi qimmatli qog‘ozlar birjasi ro‘yxatga olingan 
kompaniyalarga qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Hisobotda aytilishicha, Boshqaruv 
kengashi ichki nazorat bo‘yicha tegishli siyosatni belgilashi va ichki nazorat 
tizimining risklarni boshqarish uchun kengash tomonidan ma’qullangan holda 
samarali faoliyat yuritishni muntazam kafolatlashi kerak. 
2002-yilgi Sarbanes-Oxley Qonuni 
Enron kompaniyasining inqirozga yuz tutishi bilan boshlangan va 
Worldcom, XEROX va TYCO kabi yirik kompaniyalarga qadar tarqalgan 
buxgalterlik janjallari AQSHda ommaviy norozilikni keltirib chiqardi, natijada 
2002 yil iyul oyida AQSH prezidenti Qonunni imzoladi. Sarbanes-Oxley Qonuni 
1934 yilgi "Qimmatli qog‘ozlar va birja amaliyoti to‘g‘risida" gi qonunni qabul 
qilgan paytdan e’tiboran AQSH tomonidan qabul qilingan birinchi buxgalteriya 
qonuni hisoblanadi. 
Nazorat uchun savollar: 


32 
1.
Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida nima bilasiz?
2.
Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv to’g’risida nima bilasiz?
3.
Auditor, korporatsiya va moliyaviy ma’lumot qanday tariflaysiz?
4.
Audit oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?
5.
Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari to’g’risida nima bilasiz? 
6.
Audit va buxgalteriya hisobi o’rtasida qanday farqlar mavjud?
7.
Audit va taftish, ularning qanday o’xshashlik va farqli tomonlari mavjud? 
8.
Auditorlik xizmatlariga talab va takliflar haqidagi nazariyalar to’g’risida nima 
bilasiz? 


33 
2-BOB. AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI 
 
2.1. “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar sharhi 
Buxgalter-auditor Buyuk Britaniyada 19-asrning o’rtalarida vujudga kelgan. 
1862 yilda Angliyada “Majburiy audit to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan, 
Frantsiyada 1867 yilda, AQShda 1937 yilda buyuk depressiyadan so’ng ushbu 
turdagi qonunlar qabul qilingan. 
XX asrning birinchi yillarida moliyaviy hisobotlardan foydalangan 
korxonalar balansni kompaniyaning ishonchliligini belgilab beruvchi asosiy 
ko’rsatkich sifatida bilar edilar. Shu sababli, auditorlar o’z ishlarida ko’p hollarda 
asosiy e’tiborni balansga qaratar edilar. AQShda savdo bo’yicha Federal komissiya 
iltimosiga ko’ra Amerika buxgalter-ekspertlar instituti (bu institut bugungi kunda 
Amerika diplomga ega buxgalterlar instituti – AICPA deb yuritiladi) tomonidan 
tayyorlangan audit to’g’risidagi birinchi rasmiy qaror 1917 yilda chop etilgan 
bo’lib, “balans auditi”ga bag’ishlandi. Ushbu qarorning qayta ko’rib chiqilgan 
nashri 1929 yilda e’lon qilinib, “Moliyaviy hisobotlarni tekshirish” nomini oldi. 
Garchi, ushbu hujjatda asosiy e’tibor hali ham balans auditiga qaratilgan bo’lsa-da, 
unda foyda va zararlar hisoboti to’g’risida batafsil fikr yuritilgan edi. Bu esa, 
xo’jalik operatsiyalari natijalariga qiziqish ortayotganligidan dalolat berar edi. 
1929 yildagi nashrda bitimlar tuzish amaliyoti, shuningdek, ichki nazoratning 
muhimligi to’g’risida so’z boradi.
1936 yilda “Mustaqil auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni 
tekshirish” deb nomlangan risola chop etildi. Bu risolaning mazmuniga so’nggi 
yillarda yuz bergan ko’plab voqealar o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu voqealar orasida 
eng ahamiyatlisi bitimlar tuzish standartlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan 
AICPAning Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik munosabatlarining yo’lga 
qo’yilishi, shuningdek, 1933 yilda qabul qilingan “Qimmatli qog’ozlar 
to’g’risida”gi va 1934 yilda qabul qilingan “Birjalar to’g’risida”gi Qonunlarning 


34 
kuchga kiritilishi bo’ldi. Bu qonunlar ro’yxatdan o’tgan kompaniyalarga moliyaviy 
hisobotning tegishli shakllarini tuzishlarini talab qilar edi. 
Auditni standartlashtirishning zamonaviy shakli 1939 yildan boshlanadi. 
Mazkur yilda AICPA auditorlik tekshirishlari bo’yicha Qo’mita ta’sis etdi va 
auditorlik jarayonlari to’g’risida Qoidalarni (SAF) chop etdi. 1972 yilga qadar 54 
qoida e’lon qilindi. Qo’mita esa bu davrda yangi nomga ega bo’ldi: Auditorlik 
standartlari bo’yicha Ijroiya Qo’mitasi (keyinchalik bu qo’mita auditorlik 
standartlari bo’yicha Kengash deb yuritila boshlandi). Bu Qo’mita barcha 
Qoidalarni kodlashtirdi va ularni auditorlik jarayonlari bo’yicha qoida (SAF) 
№1ga birlashtirdi. Bu Qoida hozirgi kunda ham amal qilmoqda. XX asrning 70 va 
80-yillari jamoatchilikning auditorlar ishlari va majburiyatlari doirasiga 
qiziqishining oshishi bilan tavsiflanadi.
Germaniyada auditorlik faoliyati 1961 yil 27 iyulda qabul qilingan 
“Auditorlarning professional Nizomi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq amalga 
oshiriladi. Ushbu Qonunga muvofiq, auditor deganda, ushbu kasbni ochiq tarzda 
ijro etadigan va o’zining shaxsiy hamda kasbiy layoqatliligini tegishli imtihonni 
topshirish yo’li bilan tasdiqlagan shaxs tushuniladi.
Auditorning kasbiy faoliyati mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik 
tekshirishlarini amalga oshirishda, soliq masalalari bo’yicha maslahat xizmatlarini 
ko’rsatishda, ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashida o’z 
aksini topadi. 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, majburiy tekshirilishi 
lozim bo’lgan kompaniyalarning yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish bilan 
keng tarqalgan. Bundan tashqari, majburiy tekshirish lozim bo’lmagan korxonalar 
ham o’zlarining tashabbuslari bilan yoki uchinchi shaxslarga (masalan, 
kreditorlarga) hisobot taqdim etish zaruriyati paydo bo’lganda, auditorlarni 
o’zlarining yillik balanslarini tekshirish uchun jalb etishlari mumkin. Korxonaning 
hisoboti va ish yozuvlari bilan tanishish yordamida, shuningdek, tekshirishning 
maxsus uslublarini qo’llash natijasida, auditor, moliyaviy hisobot ham shakl nuqtai 


35 
nazaridan, ham mazmunan qonun talablariga to’liq mos kelishiga va tasdiqlanishi 
mumkinligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
1867 yilda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun Frantsiyada ham qabul 
qilindi. Mazkur qonunda “Hisoblar bo’yicha komissarlar” nomli maxsus 
taftishchilar tomonidan aktsiyadorlik jamiyatlari balanslari majburiy tekshirilishi 
va ularga baho berilishi lozimligi ko’rsatilgan. Mulkdor-kapitalistlar tobora 
kamroq bevosita ishlab chiqarish va moliyaviy ishlar bilan shug’ullana boshladilar. 
Ular bu ishlarni yollangan xizmatchilarga topshirar edilar yoki qandaydir 
jamiyatning aktsiyalari yoki obligatsiyalariga egalik qilganliklaridan oladigan 
daromadlari evaziga yashovchi mulkdorlarga aylanib bordilar. Qimmatli qog’oz 
egalari uchun aktsiyadorlik jamiyatlarida hisob va hisobotni taftish qiluvchi 
buxgalter-auditorlar korxonaning moliyaviy barqarorligi va uning faoliyatidan 
olinadigan daromadlar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning kafolati bo’lib 
hisoblanar edilar.
1982 yilda Xalq vakillarining Umumxitoy yig’ilishi (XVUY)da Xitoyning 
yangi Konstitutsiyasi e’lon qilindi. Bu konstitutsiya hukumatdan auditorlik 
ma’muriyatini tashkil etishni talab qilar edi. 1983 yilning sentyabr oyida 3000dan 
ko’proq auditorlik tashkilotlari ro’yxatga olindi, ularda 30 mingdan ortiq shtatli 
a’zolar ishlar edi. Shunday qilib, konstitutsiya auditorlik ma’muriyatining 
mustaqilligini kafolatlaydi. Auditorlik ma’muriyati o’z funktsiyalarini 
muvaffaqiyatli bajarishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaning 91-moddasida 
shunday yozilgan: “Davlat kengashi boshlig’ining ko’rsatmasiga ko’ra auditorlik 
tashkiloti qonunga muvofiq audit o’tkazish yo’li bilan maslahat berish huquqini 
mustaqil amalga oshiradi. Hech qanday ma’muriy organlar yoki jamoat 
tashkilotlari va shaxslar tomonidan ularning faoliyatiga aralashishga yo’l 
qo’yilmaydi”. 
Xitoy iqtisodiyotining sog’lomlashuvi va bozorlarining barqarorlashuvida 
auditorlik xizmatlari katta rol o’ynadi. Faqat 1989 yilda tekshirishlar natijasida 
auditorlar tomonidan 24 mlrd yuan, yoki yalpi milliy daromadning 2 foizi 


36 
miqdorida “muammoli pullar” aniqlandi. Bu pullar keraksiz ob’ektlarni qurishni 
moliyalashtirish, ishlanmagan mukofotlarni to’lash, ulkan “vakillik” xarajatlariga 
sarflanishi ko’zda tutilgan edi. 1990-1992 yillarda Xitoy auditorlik tizimining 
rivojlanishida katta taraqiyot yuz berdi. Xitoy iqtisodiyotining bozor 
munosabatlariga o’tish ko’lamining kengayishi bilan biznes sektorini ko’proq 
kuzatish va moliyaviy nazorat qilish talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti, biznes va 
savdoda kuzatilayotgan baynalminallashuv tendentsiyalari munosabati bilan 
xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotining ahamiyati va hajmi oshib bormoqda, 
buxgalterlarning xalqaro kasbiy tashkilotlari tuzila boshlandi, o’z vakolatlari 
doirasida hisob va auditorlik standartlarini muvofiqlashtirish jarayoniga jalb 
etilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ana shular jumlasidandir. 
Xitoyda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun 1994 yil 31 avgustda 
qabul qilingan bo’lib, u 55ta moddadan iborat. 
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, 
auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonundan va boshqa ilmiy manbalar asosida ularni 
turlicha guruhlashtirish mumkin. Yuqorida keltirilgan manbalar va chet el tajribasi 
asosida auditorlik faoliyatini, fikrimizcha, quyidagi pog’onalarga bo’lish mumkin.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin