70
Kasbiy etika shuningdek, axloqiy o’zini tutish bilan ham bevosita bog’liq,
lekin u xar bir kasbning ahloqiy xarakteristikasini ko’rib chiqqan holda juda tor
doirani o’zida qamrab oladi. Kasb faqatgina normativ talablarga to’g’ri keluvchi
saralash jarayoni kabi o’rin egallaydi.
Kasbiy etikaning doirasiga quyidagilar kiradi:
Kasbiy majburiyat va uni yanada yaxshi shakllantirishga qaratilgan,
shuningdek, xodimning shaxsiy axloqiy sifatlarini o’rnatish;
Kasb bilan bog’liq tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari.
Kasbiy etika mehnat jamoalarida mutaxassislarning o’zaro munosabatini
o’rganadi, bundan tashqari, kasbiy jamoalarning munosabatini va ushbu kasb bilan
bog’liq odob ahloqlilikning xususiyatlarini ko’rib chiqadi.
Kasbiy etika jamoa a’zolari o’rtasidagi o’zaro ahloqiy munosabatlarni
o’rnatuvchi ahloq kodekslari orqali ifodalanadi.
Shunday qilib, kasbiy etika - bu:
1)
O’zining amalga oshiruvchi kasbiy faoliyati jihatidan maqbul deb
hisoblanuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro ahloqiy munosabatlarni aks ettiruvchi
ahloq kodekslari xisoblanadi;
2)
U yoki bu kasbning ijtimoiy va madaniy gumanitar nuqtai nazaridan
mazkur kodekslarni tasdiqlash usullari xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: