72
ko’rsatish bo’lib hisoblanadi.
Shu bilan birga etika kodeksi ijtimoiy xizmat ishchisida shakllanishi lozim
bo’lgan quyida keltirilgan o’ziga xos sifatlarni ajratib ko’rsatadi: bular sabr
bardoshlilik, muloyimlik, tartiblilik, emotsional turg’unlik, o’z o’zini baholashning
shaxsiy o’xshashliligi. Ijtimoiy sohadagi ishchi o’zining shaxsiy obro’siga bo’lgan
xis tuyg’uga, kasbga bo’lgan majburiyatga, vijdonga ega bo’lishi va uni
rivojlantirib borishi, boshqa shaxslarning xis tuyg’ularini hurmat qilishi va
samimiy bo’lishi lozim. Shuningdek, pedagogik malakaga ham ega bo’lishi
maqsadga muvofiq bo’ladi. Ijtimoiy sohadagi ishchilarning ijtimoiy ish bo’yicha
etika normalariga amal qilishlari ularni faoliyatlari davomida salbiy oqibatlardan
himoya qiladi.
Ijtimoiy soha vakilining etika printsipiga mijoz oldidagi javobgarlik,
hamkasblar hamda kasbi oldidagi, shuningdek, jamiyat oldidagi mas’uliyat,
javobgarlik, majburiyatlar kiradi.
Hozirgi kunga kelib kasbiy etikaning turlari alohida tashkilotlar standartlari
bilan tanishtirsa bo’ladigan etika kodekslari ( korporativ kodekslar) hamda butun
bir soha ichidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar (kasbiy kodekslar)
bilan shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: