84
auditor audit standartlari va axloqiy talablarga muvofiq ravishda kasbiy xizmatlar
ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A» davlatda xizmatlar ko’rsatsa va ushbu
davlatning axloqiy talablari «V» davlatda qabul qilingan talablardan farqlansa,
quyidagi qoidalar qo’llaniladi:
– xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat
auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra engilroq bo’lsa, bu
holda «V» davlat auditorlarining axloq kodeksi qo’llanilishi lozim;
– xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat
auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu
holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A» davlatdagi axloqiy talablar qo’llanilishi
lozim.
– mamlakatning milliy (axloqiy) talablari mamlakat tashqarisida xizmatlarni
bajarishda majburiy hisoblansa va yuqorida bayon etilganlardan ko’ra qattiqroq
bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: