A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   189
АУдит дарслик

Nazorat uchun savollar: 
1.
Auditorlarning etika haqida tushuncha to’g’risida nima bilasiz?
2.
Auditorlarning kasbiy faoliyati to’g’risida nima bilasiz?
3.
Auditorlarning kasbiy etika turlari to’g’risida nima bilasiz?
4.
Axloq kodeksining asosiy talablarilarini qanday tariflaysiz?


87 
5.
Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabatining qanday 
maqsad va vazifalar qo’yilgan?
6.
Auditning ahloq kodeksi tamoyillari to’g’risida nima bilasiz? 
7.
Auditning xalqaro standartlari kim tomonidan ishlab chiqiladi

8.
Auditorlik tashkilotining huquqlari nimalardan iborat? 
9.
Auditorlik tashkilotining majburiyatlari nimalardan iborat? 
10.
Auditorlik tashkilotining javobgarligi nimalardan iborat? 
 


88 
5-BOB. AUDITORLIK TEKSHIRUVINI REJALASHTIRISH 
5.1. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari va bosqichlari 
Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi 
uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning 
mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan 
kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya 
hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot 
ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini 
taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining 
ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash 
bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi 
qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo.
Mijoz – auditorlik firmasining munosabatlari bo’lib, auditorlik firmasi 
mijozni baholaydigan, keyin mijozni “maqbul” deb topsa, bitim (tuzilishi) 
yopilishi haqida kelishuv xati yuboriladigan “bir yoqlama harakatli bitta ko’cha” 
emas. Auditorlik xizmatlari bozori raqobatbardosh hisoblanadi va boshqa har 
qanday biznes kabi har qanday auditorlik firmasi auditda huquqiy munosabatda 
bo’lishini xohlovchi o’ta kerakli mijozlar ham bor. Garchi, hamisha shunday 
bo’lmasa ham, auditorlik firmalariulardan ko’plab mijozlarni, ayniqsa, yirik 
mijozlarning takliflarini tayyorlaydi va taqdim etadi. Shuningdek, auditorlik 
mijozga nisbatan munosabatlarini tushunish auditorlar agar etika va kasbi talablari 
(mustaqillik, vakolatlik va boshqa) belgilangan majburiyatlar uchun tipik bo’lsa 
bajarish majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish mumkinligini ko’rib chiqish 
imkonini beradi. Bu mijozni qabul qilishdagi ikkinchi bosqich hisoblanadi. Biz, bu 
erda raqobatni muhokama qilamiz va bozorlar auditini o’tkazamiz: qiymatlar 
tasavvurlari, auditorlik xizmatlari sifati. Auditorlik firmasi mijozga majburiyatlar 
bo’yicha takliflarni yozib, ko’rsatishi lozim (buni ayrim auditorlar mijoz 
obro’sining tanlovi deb ham hisoblanadi). 
 


89 
Auditor mijozning biznesni bilishi kerak, buning uchun unga moliyaviy 
hisobotlarda yoki auditorlik hisobotida sezilarli samaraga ega bo’lishi mumkin 
bo’lgan voqealarni, operatsiyalarni va metodlarni identifikatsiyasiyalash va 
tushunishga imkon berish etarli. 
Auditorlar ham yangi va mavjud mijozlarini ularning ofislariga borib, yillik 
hisobotlarini ko’rib, mijozning boshqaruvi va shtati bilan muhokama 
(muzokara)larga kirishib va odatda, internet orqali jamoatchilik yangiliklari va 
jamoatchilik axborotlari ma’lumotlariga kirib imkoniyatlarini olib, ular bilan 
oldindan tanishishi mumkin. Agar mijoz mavjud bo’lsa (eski) avvlagi yillarning 
ishga oid xujjatlari ko’rib chiqilishi kerak.
Agar mijoz yangi bo’lsa auditor avvalgi auditor bilan maslahatlashish va 
oldindan axborot qidiruvini kengaytirish lozim. Auditorlar nazoratdagi mijozlar 
haqidagi o’z axborotlarni 3 ta asosiy manbadan oladilar: ularning mijozlar bilan 
tajribalari umum olish mumkin bo’lgan axborotlar va mijozning o’zidan mustaqil 
ravishda axborotlarni baholash uchun foydalaniladigan metodlar jamoatchilik 
ma’lumotlari bazasining qidirishdan variatsiyalanadi. Mijozning shtatlari va 
boshqaruvini muhokama qilish boshqaruv nazoratining ichki vositalari va 
extimoliya 
risklarni 
baholashda 
muhim 
hisoblanadi. Bu 
muxokamalar 
quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: 

Mijozning boshqaruvda tashkiliy tuzilmalarida va operatsiyalaridagi 
o’zgarishlar; 

Bazaning mijozga ta’sir qiluvchi ijtimoiy texnik va iqtisodiy 
omillarining joriy rivojlanishi; 

Joriy yoki kelgusidagi moliyaviy qiyinchiliklar yoki xisob 
muomalalari; 

Korxona moliyaviy xisobotlarini xato yoki firibgarlik oqibatidagi 
moddiy jixatdan noto’g’ri yozishma (ariza) larga tasirchanligi; 

Bog’liq tomonlarning mavjudligi; 


90 

Yangi yoki yopiq ko’chmas mulk va ishlab chiqarish korxonalari 
vositalari; 

Texnologiyadagi mahsulotlar yoki ishlab chiqarish xizmatlari yoki 
taqsimlash kabi yaqindagi yoki osilib qolgan o’zgarishlar; 

Buxgalteriya tizimi va ichki boshqaruv tizimidagi o’zgarishlar; 

Mijozni yangi tekshirish. 
Yangi mijozni qabul qilishdan oldin auditorlik firmasi mijoz maqbulligini 
aniqlash uchun to’liq tekshirish ko’radi va agar auditor mustaqillikning etika 
talablarini, ma’lum vakolatlikni qondira olsa (ishni qabul qiladi) va boshqa. 
Axborotlarning boshqa manbalari maxalliy yuristlar boshqa manbalari 
CPA

(
Certified Public Accountant
),
banklar va boshqa kompaniyalar bilan bog’liq 
bo’lsada, intervyu (suhbat)larni tashkil etadi. Bazida auditor boshqaruvining 
obro’si va asosiy azolari haqida axborotlar olish uchun professional auditorlarni 
yollashi yoki unda ish sud – buxgalteriya ekspertizasi bo’limidan foydalanishi 
mumkin. Agar avvalgi auditor bo’lmasa, yanada kengroq tekshiruvlar o’tkazilishi 
mumkin.
Ko’pgina auditorlik firmalari mavjud mijozlarini har yili baholaydilar. 
Yuqorida muhokama qilingan tekshirishga qo’shimcha ravishda auditor, auditning 
hajmi, fikrlar va yig’imlar turlari auditorlik firmasi va mijoz hamda boshqaruv 
yaxlitligi orasidagi sudlarni ko’rib chiqishdagi og’irliklar kabi har qanday avvalgi 
nizolarni ko’rib chiqadi. Ushbu to’rt omil munosabatlar davom etish etmasligiga 
kuchli ta’sir etadi. Majburiyatlarni davom ettirish uchun auditor 
oldingi yillar 
tekshiruv ishlari natijalari 
doir xujjatlaridan yig’ilagan axborotlarni yangilagan va 
qayta baholagan bo’lar edi. Auditor shuningdek, oxirgi auditdan buyon yuz bergan 
jiddiy o’zgarishlarni idensifikaytsiyalashtirish bir xil o’xshash uchun ishlab 
chiqilgan protseduralarini ham bajarishi lozim. 
Auditor, shuningdek, mijoz uchun auditni davom ettirmaslik haqida qaror 
qilish ham mumkin, chunki u risk haddan tashqari ko’p (yuqori)ligini xis qiladi. 
Masalan, xukumat agenti va mijoz orasida mijozni moliyaviy layaqatsizlikka olib 


91 
keluvchi va oxir oqibat qarshi davo qo’zg’atuvchi tartibga soluvchi (boshqaruvchi) 
nizolar bo’lishi mumkin. Yana shunday ham bo’lishi mumkin: auditorlar 
moliyaviy (xizamtlar kabi) mavjud auditor uchun maqbul bo’lgandan ko’p risk 
taklif qilayotganinin xis qiladi.
Auditorlik faoliyatida rejaning to’g’ri tuzilishi uni samarali tashkil etilishi 
bilan izohlanadi. Shu singari, auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish jarayoni ham 
“Auditni rejalashtirish” deb nomlangan 
300-sonli auditning xalqaro standarti
asosida tartibga solinadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvlari kam vaqt talab 
qilishi va iqtisodiy tejamkor bo’lishida rejaning optimal tuzilishi talab etiladi. 
Buning uchun esa, auditni rejalashtirishning maqsadi, uning bosqichlarini to’liq 
o’rganish, undagi muammolarga xolisona baho berish, ularni bartaraf etish asosida 
rejalashtirish jarayonini takomillashtirish zarur. Bu borada uning huquqiy zaminini 
mustahkamlash talab etiladi. Biroq, ta’kidlash joizki, auditorlik xizmatining ish 
sifati uni to’g’ri rejalashtirishga bevosita bog’liqdir.
Ma’lumki, qonunchilikda auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda auditorlik 
tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar 
300-sonli
«
Moliyaviy hisobotlar 
auditini rejalashtirish» nomli AXS
asosida amalga oshirilishi majburiy etib 
belgilangan bo’lsada, biroq, amaliyotda esa auditorlik tashkilotlari tomonidan 
mazkur standart talablari yoki unda belgilangan tartib-qoidalarga tekshiruvlar 
jarayonida to’liq amal qilinmayapti yoki har bir tekshiruvning umumiy rejasi va 
dasturi turlicha yondashuvlar asosidagi mazmun va shakllarda tayyorlanib 
kelinmoqda. Bu esa, tekshiruv muddatini uzayishiga, tekshiruvlar jarayonida 
qatnashuvchi har bir auditor yoki yordamchi auditorning o’z vazifasini aniq 
belgilab berilmaganligi sababli, ular tomonidan yo’l qo’yiladigan xato yoki 
kamchiliklarni ko’payishiga va tekshiruv jarayonini ma’lum ketma-ketliksiz yoki 
tartibsiz ravishda amalga oshirilishiga olib keladi.
Auditorlik nazoratining bosqichlari O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik 
faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq belgilangan majburiy talablarga asosan 
o’tkazilishi belgilangan. 
Jumladan, «
Moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish
» 


92 
nomli 
300
-AXSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning 
boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita 
tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha 
bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda 
amalga oshirishlari lozim.
«
Moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish
» nomli 
300
-AXSga muvofiq 
rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi
hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini 
boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja 
hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim.
Qonunchilikda 
belgilangan 
tartibga 
ko’ra, auditorlik tekshiruvini 
rejalashtirish 
jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar 
300
-sonli «
Moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish
» nomli AXS asosida amalga 
oshirilishi majburiy etib belgilangan bo’lsada
, biroq, amaliyotda auditorlik 
tashkilotlari tomonidan mazkur standart talablari yoki unda belgilangan tartib-
qoidalarga tekshiruvlar jarayonida to’liq amal qilinmayapti yoki har bir 
tekshiruvning umumiy rejasi va dasturi turlicha yondashuvlar asosida tayyorlanib 
kelinmoqda.
O’z navbatida, auditorlar tomonidan mazkur standartga muvofiq auditorlik 
tekshiruvining rejalashtirilishi natijasida, ular tomonidan tekshiruvlarni oldindan 
puxta belgilangan ketma-ketlik asosida o’tkazilishi(tartibli)ga, tekshiruvni 
auditorlik shartnomasida belgilangan muddatda yakunlanishi, auditorlar tomonidan 
yo’l qo’yiladigan xato yoki kamchiliklarni kamayishiga va tekshiruv jarayonini 
tartibli ravishda amalga oshirilishi ta’minlanadi. Zero, xalqimizning “Rejasiz ish – 
qolipsiz g’isht” maqoli bejizga emasligini auditorlik amaliyoti jarayonida ham 
kuzatishimiz mumkin bo’ladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik 
tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Shu boisdan ushbu standartga batafsilrok 
to’xtalib o’tamiz. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan 


93 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu 
holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish 
bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi 
to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda 
auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik 
xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining 
mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik 
tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita 
tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim.
«
Moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish
» nomli 
300
-AXS har qanday 
korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda
ham audit rejasini, ham audit 
dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv 
o’tkazilganida bunday ko’p bosqichli rejalashtirish zarur. Biroq, bizning 
fikrimizcha, unchalik katta bo’lmagan xo’jalik muomalalari kam sodir bo’ladigan, 
bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish) bilan shugullanuvchi 
mikrofirmalarda audit o’tkazganida, bunday keng qamrovli reja tuzish maqsadga 
muvofiq emas.
Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik biznes 
korxonalariga taalukli bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar 
kiritilganida ko’pchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy 
audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chog’ida audit dasturini batafsil tuzishga 
maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta bo’lib, ular bir-
birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq qilishlari mumkin. Masalan, 
savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari va xokazo. 
Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy 
rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja 
tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga 
qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit 


94 
o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq 
amalga oshirilishi lozim. Ular: 

uyg’unlik (komplekslik); 

uzluksizlik;

maqbullik.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin