Uyg’unlik tamoyili
auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy
rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi
va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning
uzluksizlik tamoyili
tekshiruvda ishtirok etadigan
auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining
muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning
maqbullik tamoyili
shundan iboratki, rejalashtirish
chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy
rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik
tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik
faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va
dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.
5.2.Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish
tartibi
Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida
«
Moliyaviy hisobotlar auditini
rejalashtirish
» nomli
300
-AXSga muvofiq auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi
sub’ekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni
kelishib olishi belgilangan bo’lib, buning uchun auditor, xo’jalik yurituvchi
sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va korxona faoliyati
to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan. Bu esa, auditordan korxona
faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi uchun esa uning bir qancha asosiy
hujjatlari, jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati va unga
o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt
95
faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), xo’jalik yurituvchi
sub’ektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari, auditor maslahatchilarining ichki
hisobotlari, soliq tekshiruvlari materiallari, sud da’volari materiallari, xo’jalik
yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan
hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan
suhbatlardan olingan ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektni uning asosiy
uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan
axborotlar bilan tanishib
chiqishni talab etadi. Shundan so’ng, auditorlik tashkiloti dastlabki rejalashtirish
bosqichida auditorlik
tashkiloti auditni o’tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar
auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U auditni o’tkazish
uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish
bosqichi bu – xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan
auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu
bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan
tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli
litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish,
korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va
tekshiruv buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini
baholash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish
va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda
yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.
Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik
yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi:
- Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar
kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
96
-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud
xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari
bayonnomalari
- Buxgalteriya hisobotlari;
- Statistika hisobotlari;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari;
- Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
- Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini
tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”;
-
Auditorlik tashkiloti mutaxassislari malaka darajasi bo’yicha
ma’lumotlar(Auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi faoliyat sohasini tushunadigan
mutaxassislar etarliligini baholash va ekspert xizmatiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash
maqsadida). Shuningdek, amaldagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga
muvofiq auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul
qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi
hamda moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish huquqiga ega
ekanligi aniq belgilab qo’yilgan. Biroq, auditorlik tashkiloti hali auditorlik
shartnomasi tuzilmagan korxonadan yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etilishi
oqibatida ushbu korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga oid sirlarini chetga chiqib
ketish xavfini oshirishini hisobga olgan holda ish tutishi zarur.
Dastlabki rejalashtirish auditorlik tashkiloti uchun o’z tekshirish
salohiyatini tekshiruv boshlanmansdan avval baholash imkoniyatini beradi va
auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib oladi. Agar
auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb qaror qabul qilsa, u auditorlik
guruhini shakllantirishga o’tadi hamda korxona bilan auditorlik shartnomasini
rasmiylashtiradi. Auditni dastlabki rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya
etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan
korxonalarni tekshirish salohiyatini baholash, tekshiruv buyurtmachisi faoliyati
97
bilan tanishish, tekshiruv buyurtmachisi bilan auditorlik shartnomasi shartlarini
kelishib olish jarayonini mukammallashtirish va optimallashtirish imkoniyatini
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |