73
shakllantirish, kasbiy faoliyatning turli doiralarida suiiste’mollikka yo’l qo’yishni
oldini olish bo’lib hisoblanadi.
Misol uchun:
Kasbiy etika kodeksi hozirki kunning kashfiyoti emas. Xususan, 300 yildan
ko’proq yil avval ishlab chiqilgan va shu kungacha samuray Kodeksi ( “Busido
Sosinyu”) etib kelgan ( deyarli o’zgarmagan holatda). Mazkur Kodeks professional
jangchining yurish turishini oddiy hayotda bo’lgani kabi jangda ham tartibga solib
qo’yuvchi etik qoidalarni aks ettirgan.
Ushbu kodekslar o’z qoidalari bilan auditorlar, shifokorlar,
jurnalistlar,
huquqshunoslar va jamiyat uchun muhim bo’lgan boshqa kasb egalarining
faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini to’ldiradilar.
Barcha ushbu kodekslar u yoki bu kasbiy faoliyatni tartibga soluvchi ahloqiy
etik normalardan iboratdir. Bundan tashqari, ularni quyidagicha nomlar bilan ham
atashadi: “Kasbiy etika Kodeksi”, “Etika kodeksi”, “Sha’n kodeksi”, “Etik
normalar deklaratsiyasi”, “Kasbiy printsiplar xartiyasi”, “ Deontologik kodeks” va
boshqalar.
Etika Kodekslarini qabul qilinishining sabablari.
Kasbiy faoliyatda juda ko’plab shunday nozik farqlar mavjudki, ularni hatto
muayyan bir mutaxassislarning huquq va majburiyatlarini belgilab qo’ygan
amaldagi qonunchilik ham bo’ysundira olmaydi.
Shu munosabat bilan kasbiy ahloqni tartibga solishda qo’shimcha choralarga
ehtiyoj tug’iladi. Ma’lum bo’lishicha, korporativ qoidalarni ishlab chiquvchi
muayyan bir kasb egalari boshqalardan ko’ra ko’proq o’z muammolarini hal eta
oladilar.
Bundan tashqari, kasbiy faoliyat haqidagi ko’pgina qonunchilik hujjatlarida
korpopativ etika qoidalariga rioya etilishi lozimligi haqidagi bandlar o’z aksini
topgan.
Huquqiy tartibga solish (butun bir jamiyat va alohida bir shaxsning hayotiga
davlat aralashuvining bir ko’rinishi sifatida) an’anaviy
tarzda diniy va ahloqiy
74
normalar, urf odatlar va an’analar orqali bo’ysinuvchi jamiyatning ahloqiy etik
doirasiga aktiv aralashishga yo’l qo’ymaydigan muayyan cheklovlarga ega. Ular
bilan bog’liq holda, qabul qilingan etika kodekslarini fuqarolik jamiyati ichidagi
jamoaviy munosabatlarni jamiyatning o’z kuchi orqali tartibga solishning natijasi
sifatida qarash kerak.
Kasbiy etika kodekslarining mavjudligi
— bu davlatning yordamisiz ham
mustaqil ravishda o’z ahzolarining ahloqini tartibga soluvchi
jamiyatning ahloqiy
etukligidan darak beradi.
Ba’zi kasb vakillari (masalan, shifrkorlar, sudyalar) o’zining huquqiy
holatidan kelib chiqib shaxsiy qaror qabul qilishda keng imkoniyatlarga ega
bo’ladilar. Ularning harakatlarining erkinligi (qaysiki nafaqat ijtimoiy foydali
bo’ladi, balki jamoaviy xavfli bo’lishi mumkin) qisman ma’lum
bir huquqiy
qoidalar bilan ,shuningdek, shaxsiy vijdoni bilan chegaralangan.
Shu munosabat bilan, etika kodekslarining vazifasi shundan iboratki, ular
kasbiy uyushmalar a’zolarining yaxshi va yomon haqidagi qarama -qarshi
qarashlarini umumiy bir xillikka keltiradilar.
Bunga u yoki bu kasbiy faoliyat asos bo’la oladigan,
ijro etilishi majburiy
bo’lgan korporativ printsip va normalarga havola qilgan holda ahloqiy ideallikni
shakllantirish orqali erishish mumkin.
Jamiyat o’z a’zolarini rasmiy muayyan korporativ ahloqga rioya etishga
majbur qilishi lozim, chunki hamma advokatlar,
shifokorlar ham, sudyalar ham,
jurnalistlar ham ko’ngilli ravishda, o’z xohishlari bilan o’z faoliyatlarida bu
qoidalarni qo’llamaydilar.
Ko’pgina kasblar ushbu kasb egalariga jamiyat oldida yuqori majburiyat
yuklaydilar.
Shu
munosabat
bilan,
etika
kodeksi
turli
xil
kasbiy
suiiste’molliklarning va buzilishlarning oldini olish uchun qo’shimcha
vosita
bo’lib hisoblanadi.
Shunday qilib, etika kodekslarini qabul qilinishi sabablari quyidagilar: