160
(misol uchun mukofot kompensatsiya amallari) hamda kompensatsiya to’g’risidagi
kerakli maslahatlarni beradi.
Direktorlar kengashi audit qo’mitasi orqali ichki boshqaruvni rivojlanishi va
amalga oshirilishini qo’yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda bajarilishini nazorat
qiladi. Misol uchun direktorlar kengashi o’z ma’sulyatlarining
ajralmas qismi
sifatida korxonada yaxshi va samarali ishlamayotgan bo’limlar to’g’risida
boshqaruv lavozimidagi boshqa hodimlar bilan joriy nazoratda kuzatilayotgan
nuqsonlarni qanday qilib bartaraf etish mumkinligi haqida muhokamalarni olib
boradi. Direktorlar kengashi o’z vazifalarini to’laqonli ado etish uchun yetarlicha
bilim va malakaga ega bo’lishi lozim. Talab etiladigan bilimlar bo’lib bozor,
kompaniya
xususiyati, qonun hujjatlari, boshqaruv talablari, texnika va texnologiya
va muammolarni hal eta olish qobiliyati tushuniladi. Direktorlar kengashi va uning
qo’mitalari a’zolari tadrijiy, holis va dahlsiz ko’rsatma, hulosa va takliflarni
bergandagina boshqaruv tizimi obyektiv tarzda amalga oshirilgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: