A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə19/45
tarix16.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#183409
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
A jumaboyev, Z. Mam

Yoritilganlik

  1. Nima uchun tush paytida Yer sirtining yoritilganligi eng katta bo`lishini rasmlar bilan tushuntiring.

22 lm yorug‘lik oqimi tomoni 50 cm ga teng bo‘lgan kvadrat shaklidagi parta sirtiga tik tushmoqda. Sirtning yoritilganligi qancha?

  1. Radiusi 60cm ga teng bo`lgan dumaloq stolning markazida undan 0,8 m balandlikda 100 cd yorug‘lik kuchiga ega bo‘lgan lampa osig‘liq turibdi. Stolning markazidagi va chetlaridagi yoritilganlikni aniqlang.

  2. Stol tepasida 1,2 m balandlikka osig‘liq turgan lampani pastga tushirib,uning tagida 1,0 lx yoritilganlik olindi. Lampaning yorug‘lik kuchi 1 cd. Lampa qancha pastga tushirilgan?

  3. Dumaloq stol chetlarida eng katta yoritilganlik olish uchun lampani stol markazidan qanday balandlikka kerak? Stol radiusi R ga teng.

  4. Radiusi 80 cm bo‘lgan doiraviy stol markazining ustida 60 cm balandlikda yorug‘lik kuchi 100 cd bo‘lgan lampa osilib turibdi. Quyidagilar aniqlansin: 1) stol markazidagi yoritilganlik; 2) stol chekkasidagi yoritilganlik; 3) stolga tushayotgan yorug‘lik oqimi; 4) stolning o‘rtacha yoritilganligi.

  5. Balandligi 6,0 m bo‘lgan simyog‘ochdagi 500 cd yorug‘lik kuchiga ega bo‘lgan lampa osilgan. Simyog‘ochdan qanday masofada Yer sirtining yoritilganligi 3,0 lx bo‘ladi?

  6. Yorug‘lik kuchlari 10 va 40 cd bo‘gan ikkita lampa bir-birdan 1,8 m masofada turibdi. Fotometrik ekranning ikki tomondan yoritilganligi bir xil bo‘lishi uchun bu ekran lampalar oralig‘ida qayerga qo‘yilishi kerak?

  7. Bir-birdan 4 m masofada va Yer sirtidan 3 m balandlikda ikkita fonar osig‘liq turibdi. Ularning har qaysisining yorug‘lik kuchi 200 cd. Fonarlar tagidagi yoritilganlikni aniqlang.

  8. Fotosuratni bosib chiqarishda negativ 0,6 m masofada joylashgan lampa yordamida 9 s davomida yoritiladi. Agar lampa 20 cm yaqinlashtirilsa, ekspozitsiya vaqtini qanday o‘zgartrish kerak?

  9. Avval uzoqdagi, so‘ngra yaqindagi ob’ekt suratga olishdi. Ob’ektivni qaysi tomonga surish kerak? Ekspozitsiya vaqtini qanday o‘zgartirish kerak?

  10. Nuqtaviy yorug‘lik manbaiga muayyan masofada ekran joylashtirilgan. Agar manbaning ikkinchi tomonga xuddi shunday masofada yassi ko‘zgu joylashtirilsa, ekran markazidagi yortilganlik qanday o‘zgaradi?

  11. Egrilik radiusi 80cm ga teng bo‘lgan botiq sferik ko‘zguning bosh fokusida nuqtaviy yorug‘lik manbai turibdi. Ko‘zgudan 120cm masofada joylashgan ekran markazdagi yortilganlikni aniqlang. Ko‘zgu yo‘qolganda xuddi shu joydagi yortilganlik 200 lx ga teng bo‘lgan.

  12. Yorug‘lik kuchi 40 cd ga ega bo‘lgan lampochka 50 cm fokus masofali linzadan 30 cmmasofada turibdi. Linzaning ta’siri natijasida bu lampaning yorug‘lik kuchi qanday bo‘ladi?

  13. Sirtdan 2 m balandlikda yorug‘lik kuchi 100 cd bo‘lgan nuqtaviy manba joylashgan. Manbadan 1,0 m masofada tekislikka tik joylashgan to‘la qaytaruvchi yassi ko‘zgu bor. Sirtning bevosita manba ostidagi nuqtasining yoritilganligi topilsin.

  14. Dumaloq stolning markazi ustida undan H=R balandlikda chiroq osilgan. Stol markazning yoritilganligi E0 ni bilgan holda, stol chetning yortilganligini toping.

  15. D oiraviy maydoncha ustida lampa osilib turibdi. Maydonchaning o‘rtasidagi yoritilganlik 40 lx, chekkasidagi yoritilganlik 5 lx. Nur maydoncha chekkasiga qanday burchak ostida tushmoqda?

  16. A va B chiroqlarning har biri 100 cd yorug‘lik kuchiga ega (rasm). Agar AC=h1=2 m, BD=h2=1 m, CE=0,8 m va ED=1,6 m bo‘lsa, C, E va D nuqtalardagi yoritilganlikni toping.

  17. Yorug‘lik kuchi 8 cd bo‘lgan lampochka diametri 12 cm va bosh fokus masofasi 40 cm bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 2 m masofada turibdi. Linza o‘zidan 30 cm maaofada joylashgan ekranda yumaloq yorug‘ dog‘ hosil qiladi. Ekranning shu dog‘ hosil bo‘lgan joyidagi yoritilganlik topiklsin. Yorug‘likning yutilishi hisobga olinmasin.

  18. Fotosuratni chiqarishda negativ 50 cm masofadan yorug‘lik kuchi 15 cd bo‘lgan lampochka bilan 3 s davomida yoritib turildi. Qoralik darajasi birinchi holdagidek bo‘lgan suratni chiqarish uchun negativ 2 m masofadan yorug‘lik kuchi 60 cd bo‘lgan lampochka bilan qancha vaqt davomida yoritilishi kerak?




  1. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin