a –tirqishkengligi,
b – qo‘shni tirqishlar orasidagi masofa (to‘siq kengligi),
N – l uzunlikdagi tirqishlar soni;
Difraksion panjaraga nurlar tik tushganda kuzatiladigan Fraungofer difraksiyasida intensivlikning bosh maksimumlar bo‘lish sharti:
bu yerda d – difraksion panjara davri, k – bosh maksimum tartib raqami, φ – difraksiya burchagi, ya’ni difraksiyalangan nur yo‘nalishi va panjaraga o‘tkazilgan normal orasidagi burchak;
Ekranda kuzatilishi mumkin bo‘lgan eng katta tartibli maksimum:
Ekranda kuzatilishi mumkin bo‘lgan jami maksimumlar soni:
Difraksion panjaraning ajrata olish qobiliyati:
bu yerda ∆λ – shu panjara yordamida olingan spektrda alohida ko‘rinishi mumkin bo‘lgan , ikki qo‘shni spektral chiziqlar (λ va λ+∆λ) to‘lqin uzunliklari farqi, N – panjaradagi shtrixlar soni, k – difraksion maksimumning tartib raqami.
Difraksion panjaraning burchak dispersiyasi:
bu yerda δφ – to‘lqin uzunligi bo‘yicha δλ ga farq qiluvchi spektral chiziqlar orasidagi burchakli masofa;
Difraksion panjaraning chiziqli dispersiyasi:
bu yerda δl – to‘lqin uzunligi bo‘yicha δλ ga farq qiluvchi spektral chiziqlar orasidagi chiziqli masofa.
bu yerda αB – tushish (Bryuster) burchagi, n – nisbiy sindirish ko‘rsatkichi;
Tabiiy yorug‘lik dielektrikdan qaytganda Frenel formulalari o‘rinli bo‘ladi:
,
bu yerda I0 –tushuyotgan tabiiy yorug‘lik intensivligi, I⊥ - yorug‘lik to‘lqini kuchlanganlik vektori ning tebranishlari tushish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan qaytgan yorug‘lik intensivligi, I⊥ - yorug‘lik to‘lqini kuchlanganlik vektori ning tebranishlari tushish tekisligiga parallel bo‘lgan qaytgan yorug‘lik intensivligi, α – tushish burchagi, β – sinish burchagi.
Berilgan sirtning qaytarish koeffitsienti:
bu yerda n0 – yorug‘lik tarqalayotgan muhitning sindirish ko‘rsatkichi, n0 – sirtidan yorug‘lik qaytayotgan muhitning sindirish ko‘rsatkichi.
Polyarizator va analizatordan o‘tgan yorug‘lik intensivligi (Malyus qonuni):
bu yerda I0 – analizatorga tushuvchi qutblangan yorug‘lik intensivligi, I – analizatordan o‘tgan yorug‘lik intensivligi, φ – polyarizator va analizator bosh tekisliklari orasidagi burchak.
Optik aktiv moddalarning qutblanish tekisligini burish burchagi quyidagilarga bog‘liq:
Qattiq jismlarda
bu yerda α –burish doimiysi, l - yorug‘likning modda ichida o‘tgan yo‘li;
Suyuqliklarda
bu yerda - solishtirma burish doimiysi, - suyuqlik zichligi;
Eritmalar uchun:
bu yerda C – optik aktiv moddaning eritmadagi massaviy konsentratsiyasi.
Yorug‘likning qutblanish darajasi:
bu yerda Imax va Imin– analizator o‘tkazadigan qisman qutblangan yorug‘likning maksimal va minimal intensivliklari.
Yorug‘likning yutilishi
Qalinligi l bo‘lgan modda qatlamidan o‘tgan yorug‘lik intensivligi (Buger qonuni):
bu yerda I0 – moddaga tushuvchi yorug‘lik intensivligi, k – yutilish koeffitsienti.
Yorug‘likning eritmalarda yutilishi:
bu yerda kl – moddaning birlik konsentratsiyaga to‘g‘ri keluvchi yutilish koeffitsienti, C – eritilgan modda konsentratsiyasi.
Eritmaning optik zichligi:
Yorug‘lik intensivliginin sochilish tufayli kamayishi:
bu yerda k' – sochilish koeffitsienti.
Yutilish va sochilish bir vaqtda yuz berganda yorug‘lik intensivligining o‘zgarishi: