A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə16/45
tarix16.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#183409
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
A jumaboyev, Z. Mam

Teleskop. Ko‘rish trubalari

  1. Teleskopda alohida-alohida ko‘rish uchun ikki yorqin yorug‘lik manbaini Oy yuzida qanday minimal oraliq masofada joylashtirish kerak? Teleskop ob’ektivi va okulyarining fokus masofalari 8 mva 1 cm. ga teng. Inson ko‘zi ikkita buyumni alohida-alohida φmin=0,0001 rad. dan kam bo‘lmagan ko‘rish burchagi orqali ko‘rishi mumkin. Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa 3,8∙108m.

  2. Teleskop ob’ektivining fokus masofasi Fob . Ob‘ektivdan eng uzoq d masofadan qaralganda, teleskopning burchak kattalashtirishi necha marta o‘zgaradi?

  3. Teleskop ob’ektivining fokus masofasi 1 m. Teleskopdan 1kmmasofadagi binoga qaralayapti. Quyidagi ikki holatdaaniq tasvir hosil qilish uchun, okulyarni qaysi yo‘nalishda, qanchagacha surish kerak?

    1. Agar binodan orqada Oyga qaralganda;

    2. Teleskopdan d0=100 m.masofadagi buyumlarga qaralganda. Bunda burchak kattalashtirishi qanday o‘zgaradi?

  4. Tomoshabin binokl orqali o‘zidan 15 m uzoqlikdagi sahnaga qaramoqda. Binokl linzalarining fokus masofalari20 cmva5 cmga teng.Tomoshabin sahnani tiniqroq ko‘rishi uchun binokl linzalarini qanday masofada joylashtirishi shart? Bu holatda binoklning burchak kattalashtirishi qanday bo‘ladi?

  5. Oydagi ikkita yorqin yorug‘lik manbai Yerdan teleskopda qaraganda ayrim ko‘rinishi uchun ular qanday minimal masofada joylashgan bo‘lishi kerak? Teleskop ob’ektivining fokus masofasi 8 m va okulyariniki 1 cm. Odam ko‘zi 0,001 rad burchak ostida ko‘rinadigan ikkita buyumni ayrim ko‘rishi mumkin. Yerdan Oygacha masofa 380000 km.

  6. Galiley trubasi ob’ektivining fokus masofasi 45 cm, okulyariniki 5 cm. Trubadagi linzalarni ikkita musbat linzalar bilan almashtirilganda, kattalashtirishi Galiley trubasidagi kabi Kepler turbasi hosil bo‘ladi. Ikkita yig‘uvchi linzalarning fokus masofalarini toping.

  7. Ob’ektivining fokus masofasi 24 cm bo‘lgan ko‘rish trubasi cheksizlikka sozlangan. Truba okulyari qandaydir masofaga surilgandan so‘ng, ob’ektivdan 6 m uzoqdagi buyumlar aniq ko‘rina boshlandi. Okulyar qanday masofaga surilgan?

  8. Okulyari yig‘uvchi linzadan iborat bo‘lgan optik trubaning kattalashtirishiini aniqlash uchun quyidagi usuldan foydalaniladi: ob’ektivni burab chiqarib, uning o‘rniga tomonlari L bo‘lgan kvadrat diafragma qo‘yiladi. Okulyar diafragmaning haqiqiy tasvirini beradi. Agar difragmaning o‘lchami l ga teng bo‘lsa, optik trubaning kattalashtirishini aniqlang.

  9. Agar qaralayotgan buyum juda uzoqda bo‘lsa, okulyar beradigan tasviri esa, okulyardan eng yaxshi ko‘rish masofasi 25 cm da bo‘lsa, ob’ektivi va okulyari mos ravishda fokus masofalari 25 cm va 8 cm bo‘lgan yupqa linzalardan iborat ko‘rish trubasining uzunligi l qanday?

  10. Cheksizlikka sozlangan optik trubadan ob’ektivi olinib, uning o‘rniga D diametrli diafragma qo‘yildi. Bunda okulyardan biror masofadagi ekranda diafragmaning diametri d bo‘lgan haqiqiy tasvir hosil bo‘ldi. Trubaning kattalashtirishi nimaga teng bo‘lgan?

  11. Kepler ko‘rish trubasining ob’ektivi bo‘lib, fokus masofasi 500 mm bo‘lgan 75 mm diametrli linza xizmat qiladi. Agar shu truba yordamida kuzatilganda Oyning ravshanligi qurollanmagan ko‘z bilan kuzatilgandagiga qaraganda 4 marta kamroq bo‘lib tuyulsa, okulyarning fokus masofasi qancha? Ko‘z qorachig‘ining diametri 3 mm deb oling.

  12. Cheksizlikka to‘g‘rilangan Kepler trubasi ob’ektivining fokus masofasi 24 cm ga teng. 10 cm masofada turgan buyumni aniq ko‘rish uchun truba okulyarini qanday masofaga surish kerak?

  13. O‘n marta kattalashtirish beradigan Galiley trubasi (okulyar sifatida ochuvchi linza olingan) cheksizlikka to‘grilanganda 54 cm uzunlikka ega bo‘ldi. Ob’ektiv va okulyarning fokus masofalarini aniqlang. 60 m masofada turgan buyumlarni aniq ko‘rish uchun okulyarni qanday masofaga surish kerak?

  14. Ob’ektivi 1 m, okulyari esa 5 cm fokus masofaga ega bo‘lgan teleskop Oyga to‘g‘rilangan va Oyning tasviri okulyardan 25 cm masofada turgan ekranga fokuslangan. Ob’ektiv bilan okulyar orasidagi masofani, shuningdek, agar Oyning burchak o‘lchami 30' bo‘lsa, tasvirning diametrini aniqlang.

  15. Ob’ektivining fokus masofasi 2,5 m ga teng bo‘lgan astronomik truba okulyari chiqarib olindi va uzoqdagi buyumlarning tasvirlari oddiy ko‘z bilan qaraldi. Ushbu holatda trubaning kattalashtirishi qanday bo‘ladi?

  16. Mikroskop va teleskop beradigan tasvirlarni ekranda olish mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?

  17. Teleskop ob’ektivining optik kuchi 0,5 dptr. Okulyar 10 marta kattalashtirish beradigan lupadek ishlaydi. Teleskopning kattalashtirishini toping.

  18. Fokus masofasi 50 cm bo‘lgan okulyarda teleskop 60 burchak kattalashtirish beradi. Agar okulyar olinib va oddiy ko‘z bilan eng yaxshi ko‘rish masofasidan ob’ektiv hosil qilgan haqiqiy tasvir qaralsa, ob’ektivning o‘zi qanday burchak kattalashtirishni beradi?

  19. Teleskop ob’ektivining fokus masofasi 1 m. Teleskopda 1 km masofada turgan binoni ko‘rmoqdalar. Quyidagi ikki holda aniq tasvirni olish uchun okulyarni, qaysi yo‘nalishda va qancha siljitish kerak: 1) agar binodan keyin Oy qaralsa; 2) agar Oyning o‘rniga 100 m masofa yaqinroq turgan buyumlar qaralsa?

  20. Teleskop Quyoshga to‘grilangan. Telskop ob’ektivining fokus masofasi 3 m. Fokus masofasi 50 mm bo‘lgan okulyar ob’ektiv hosil qilgan haqiqiy Quyosh tasvirini okulyardan 60 cm masofada joylashgan ekranga tushiradi. Ekran tekisligi teleskopning optiko‘qiga perpendikulyar yo‘nalgan. Agar ocmonda Quyoshning diametri oddiy ko‘z bilan 32´ burchak ostida ko‘rinsa, ekrandagi Quyosh tasvirining chiziqli diametri aniqlansin.

  21. Oyni kuzatish uchun sozlangan ko‘rish trubasi orqali 100 m masofada turgan buyumlarni ko‘rish uchun okulyarni 2,5 cm ga siljitish kerak bo‘lgan. Ob’ektiv fokus masofasi qanday bo‘lgan?

  22. Qurollanmagan ko‘zga Oy 31´ burchak bilan ko‘rinadi. Ob’ektivining fokus masofasi 2 m, okulyarining fokus masofasi esa 0,1 m bo‘lgan teleskop orqali Oy qanday ko‘rish burchagi bilan ko‘rinadi?

  23. Okulyarining fokus masofasi 50 mm bo‘lgan teleskop 60 marta burchak kattalashtirishiga ega. Okulyarni olib qo‘yib, ob’ektiv hosil qilgan haqiqiy tasvirni qurollanmagan ko‘z bilan aniq ko‘rish masofasida ko‘rilsa, ob’ektivning burchak kattalshtirishi qanday bo‘ladi?

  24. Buyum ko‘rish trubasi ob’ektivining oldida undan d>F1 masofada joylashgan. Ob’ektiv va okulyar fokus masofalarining nisbati 10 ga teng. Agar truba cheksizlikka sozlangan bo‘lsa, chiziqli kattalshtirishini toping. tasvir qanday xarakterda bo‘ladi?

  25. Yorug‘lik manbai bilan ko‘rish trubasi orasiga manbadan 85 cm masofada fokus masofasi 15 cm bo‘lgan sochuvchi linza o‘rnatildi. Cheksizlikka sozlangan trubada manba aniq ko‘rinishi uchun fokus masofasi 16 cm bo‘lgan yig‘uvchi linzani manba bilan sochuvchi linza oralig‘ining qayeriga joylashtirish kerak? Linzaning mumkin bo‘lgan vaziyatlaridan qaysi birida trubada ko‘ringan tasvir eng katta burchakli o‘lchamga ega bo‘ladi?





Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin