Ko‘z. Ko‘zoynak Talaba qanday masofadagi chizg‘ich bo‘linmalarining bir-biridan aniq farq qilib ko‘ra oladi? Ko‘rishning chegaraviy burchagi 2,0´. Chizg‘ichning ikki qo‘shni bo‘linmalari orasidagi masofa 1mm.
Ancha uzoqda turgan balandligi 7 m bo‘lgan simyog‘ochning ko‘rinish burchagi 2˚ bo‘lsa, simyog‘ochgacha bo‘lgan masofani aniqlang.
Ko‘z gavharidan to‘rpardagacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 18,3 mm. normal ko‘ruvchi inson ko‘zi gavharining maksimal va minimal optik kuchini toping.
Ko‘z gavhari qachon kattalashadi: ko‘z yaqindagi buyumga tikilgandami yoki uzoqdagi buyumga tikilgandami?
Nima uchun suv ostida suzuvchi odam kuchli sindiruvchi shishali ko‘zoynak taqadi?
Suvda yaxshi ko‘ruvchi inson, qanday ko‘rish nuqsoniga ega bo‘ladi?
Uzoqni yaxshi ko‘ruvchi inson, o‘zining yuziga 1m. masofadan yaqin bo‘lmagan buyumlarga qaraganda noqulaylik sezmaydi. Unga kitob o‘qish uchun qanday optik kuchga ega bo‘lgan ko‘zoynak kerak?
Yaqindan yaxshi ko‘ruvchi inson ko‘zidan 20 cm da nuzoq bo‘lmagan buyumlarni aniq ko‘radi. Uzoqni ko‘rish uchun u qanday ko‘zoynakdan foydalanadi?
Ko‘zoynak taqishni unutgan odam, gazeta matnini16 cm masofaga yaqinlashtirib o‘qimoqda. U yaxshi ko‘rish (o‘qish) uchun qanday ko‘zoynakdan foydalanadi.
Normal ko‘ruvchi odam optik kuchi 5 dptr bo‘lgan ko‘zoynak taqib, uning chetidan qaray boshladi (yomon ko‘ra boshladi). Ushbu buyum ko‘zni toliqtirmay ko‘rinishi uchun qanday ikki chegaraviy masofa oralig‘ida bo‘lishi shart?
Uzoqni yaxshi ko‘ruvchi odam uzoqni ko‘rish uchun optik kuchi
2 dptr bo‘lgan ko‘zoynakdan foydalanadi. Ushbu ko‘zoynakda yaxshi ko‘rishi mumkin bo‘lgan eng minimal masofa 50 cm.O‘qish uchun uqandayoptik kuchga ega bo‘lgan ko‘zoynakdan foydalanadi?
Odam matnni o‘qish uchun optik kuchi 4 dptr bo‘lgan ko‘zoynak taqadi. Ko‘zoynak taqmasdan, uzining yuzini aniq ko‘rishi uchun u tekis (yassi) ko‘zguni ko‘zidan qanday masofada tutishi kerak?
Yaqinni yaxshi ko‘ruvchi odam ko‘zoynaksiz, suv ostida buyumga qaramoqda. Ushbu odamning ko‘zi suv sirtiga juda yaqin bo‘lganda, buyumni aniq ko‘rishi uchun uning suvdagi maksimal chuqurligi 30 cmekanligi aniqlandi. U qanday ko‘zoynak taqishi kerak?
Ikki kuzatuvchi: biri uzoqni yaxshi ko‘ruvchi, biri yaqinni yaxshi ko‘ruvchi – bir xil lupada, lupalarni bir xil masofada ushlab, buyumlarga qaramoqda. Qaysi kuzatuvchi aniq ko‘rish uchun buyumni lupaga yaqinlashtirishga majbur bo‘ladi? Javobni hisob-kitob bilan isbotlang.
Insonning ko‘zi optik sistema bo‘lib, u shaffof muguz (shoх) parda (D1=40 dptr) va gavhar (D2=20 dptr) dan tashkil topgan. Bu ma’lumotlardan foydalanib, soddalashtirilgan bu ko‘zning taхminiy fokus masofasi F topilsin.
Yaqinni ko‘radigan talaba kitobni ko‘zoynaksiz ko‘zini zo‘riqtirmasdan d1=12,5cm masofada o‘qiy oladi. Talaba kitobni normal ko‘zning eng yaхshi ko‘rish masofasida o‘qishi uchun taqishi kerak bo‘lgan ko‘zoynakning optik kuchitopilsin.
Uzoqdan ko‘ruvchi odam kitobni ko‘zdan80cm dan kam bo‘lmagan masofada ko‘zini zo‘riqtirmay o‘qiy oladi. Odam normal ko‘rish masofasida kitobni o‘qiy olish uchun taqishi zarur bo‘lgan ko‘zoynakning optik kuchini toping.
Ko‘zining akkomodatsiya chegaralari16 cm va 80 cm bo‘lgan yaqinni ko‘ruvchi odam ko‘zoynagi bilan uzoqdagi buyumlarni juda yaхshi ko‘ra oladi. U shu ko‘zoynagi bilan kitobni ko‘zini zo‘riqtirmasdan o‘qiy oladigan kitobgacha bo‘lgan eng qisqa masofani toning.
Eng yaxshi ko‘rish uzoqligi 10 cm bo‘lgan odan ko‘zoynagining optik kuchi qancha bo‘lishi kerak? Ko‘z gavharidan to‘rigacha bo‘lgan masofa 22 mm ga teng deb oling.
Yaqindan ko‘ruvchi odam ko‘zining eng yaqin akkomodatsiyalanish chegarasi 10 cm, uzog‘iniki 12,5 cm. Agar odam optik kuchi -7 dptr bo‘lgan ko‘zoynak taqsa, akkomodatsiyalanish cheagaralari qanday bo‘ladi?
Talaba kitobni ko‘zidan 20 cm masofada ushlab o‘qishga o‘rganib qolgan. Talaba kitobni eng yaqin ko‘rish masofasida ushlab o‘qishi uchun u taqishi kerak bo‘lgan ko‘zoynakning optik kuchi qanday bo‘lishi kerak?
Yaqindan ko‘ruvchi odam, agar buyum ko‘zdan 20 cm dan ortiq bo‘lmagan bo‘lgan masofada turgan bo‘lsa, aniq ko‘ra oladi. Bu odam juda uzoqdagi buyumlarni aniq ko‘ra olishi uchun, taqishi kerak bo‘lgan ko‘zoynakning optik kuchi qanday bo‘lishi kerak?
Uzoqdan ko‘ruvchi odam kitobni ko‘zdan uni 80 cm dan kam bo‘lmagan masofada ushlab o‘qiy oladi. Ko‘rsatilgan masofa 20 cm ga teng bo‘lishi uchun bu odam taqishi kerak bo‘lgan ko‘zoynakning optik kuchi qanday bo‘lishi kerak?
Yig‘uvchi shishali ko‘zoynak taqqan talabao‘ng linza yordamida polda shiftdagi chiroqning tasvirini hosil qildi. Bunda u ko‘zoynakni poldan 60 cm yuqoriroqda tutib turdi. Chap linza yordamida ham chiroqning aniq tasvirini hosil qilishi uchun ko‘zoynakni 14 cm pastroqqa tushirishga to‘g‘ri keldi. Agar o‘ng linzaning optik kuchi 2 dptr bo‘lsa, chap linzaning optik kuchi qanday?
Ko‘zning optik markazidan ko‘z to‘rigacha bo‘lgan oraliq 18,3 mm. Optik kuchi +2 dptr bo‘lgan ko‘zoynak taqadigan odam gazetani 25 cm uzoqlikda tutib o‘qiydi. Ko‘zoynaksiz o‘qish uchun bu odam gazetani qancha uzoqlikda tutishi kerak?
Ko‘zoynakning optik kuchi +2,5 dptr. Bu ko‘zoynakka qanday linza o‘rnatilgan va u ko‘zning qanday nuqsonini bartaraf etadi?
Kitob o‘qiyotgan kishi uni 50 cm masofada ushlab turibdi. Unga optik kuchi qanday bo‘lgan ko‘zoynak kerak?
Kishi ko‘zini o‘qiyotgan kitobidan ko‘zidan 2 m masofadagi devorga osilgan sur’atga ko‘chirganda normal ko‘zning optik kuchi qanchaga o‘zgaradi?