A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə11/45
tarix16.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#183409
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
A jumaboyev, Z. Mam

Linzalar va ularda tasvir yasash

  1. Linzalarning fokus masofasi: 1) 4 m, 2) -20 cm, 3)10 mm ga teng. Har bir linzaning optik kuchini toping.

  2. Absolyut sindirish ko‘rsatkichi n=1,5 bo‘lgan shisha­dan yasalgan, sirtlarining egrilik radiuslari mos ravishda R1=25 cm va R2=50 cm bo‘lgan ikkala tomoni qavariq linzaning optik kuchi Dni toping.

  3. Absolyut sindirish kursatkichi n=1,5 bo‘lgan shisha­dan yasalgan, egrilik radiusi R=12 cm bo‘lgan yassi qavariq linzaning bosh fokus masofasi F havo (n1=1) da, atseton (n2=1,36) da va anilin (n3=1,59) da qanday bo‘ladi?

  4. Absolyut sindirish ko‘rsatkichi n=1,5 bo‘lgan, shisha­dan yasalgan botiq-qavariq linzaning bosh fokus masofasi F=24cm. Bu linzaning egrilik radiuslarining biri R1 ikkinchisi R2 dan ikki marta kichik bo‘lsa, ularning qiymatlarini toping.

  5. Absolyut sindirish ko‘rsatkichi n=1,5 bo‘lgan shisha dan yasalgan, har qaysi tomonining egrilik radiusi R=7cm dan bo‘lgan ikki yoqlama qavariq linza vodorod sulfid (n1=2,885) ga botirilganda, uning bosh fokus masofasi Fqanday bo‘ladi?

  6. Shishadan optik kuchi  yassi qavariq linza tayyorlash talab qilinadi. Linzaning qavariq sirtining egrilik radiusi aniqlansin. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1,6 ga teng deb oling.

  7. Ikki yoqlama qavariq linza sirtlarining egrilik radiuslari bir xil. Linza sirtlarining egrilik radiusining qanday qiymatida linzaning bosh fokus masofasi  bo‘ladi?

  8. Linza sirtlarining egrilik radiuslari nisbati 2 ga teng. Qavariq sirtning egrilik radiusining qanday qiymatida linzaning optik kuchi  bo‘ladi?

  9. Linzaning sindirish ko‘rsatkichi qizil nurlar uchun  , binafsha nurlar uchun  bo‘lgan shishadan tayyorlangan. Linzaning har ikkala sirtining egrilik radiuslari bir xil va  Linzaning qizil va binafsha nurlar uchun fokuslari orasidagi farqni toping.

  10. Havoda turgan linzaning fokus masofasi  , shakar eritmasiga botirilganiki  . Eritmaning sindirish ko‘rsatkichi aniqlansin.

  11. Havodagi yupqa linza  optik kuchga, muayyan suyuqlikka joylashtiriliganda esa  optik kuchga ega. Agar linza yasalgan shishaning sindirish ko‘rsatkichi  bo‘lsa, suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichi aniqlansin.

  12. Jipslashtirilgan ikkita yupqa linzadan iborat tizimning optik kuchi  shu linzalarning har birining optik kuchlari  larning yig‘indisiga tengligi isbotlansin.

  13. Yassi qavariq linzaning optik kuchi  . Linzaning qavariq sirtini kumushladilar. Shunday sferik ko‘zguning optik kuchi topilsin.

  14. Egrilik radiusi  bo‘lgan qavariq sferik ko‘zguning ustidan yupqa suv qatlamini quydilar. Shunday tizimning bosh fokus masofasi aniqlansin.

  15.  radiusli botiq ko‘zgu suv bilan to‘ldirilgan. Bu sistemaning fokus masofasini aniqlang.

  16. Radiusi R va sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan shaffof sharga diametrlarining biri bo‘yicha yorug‘lik nurining ingichka parallel dastasi tushmoqda. Nurlar shar markazidan qanday F masofaga fokuslanadi?

  17. Quyidagi optik sistemalardagi linzaga tushuvchi va linzadan chiquvchi nurlarning yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Bu nurlarning linzadan oldingi va keyingi tarqalish yo‘nalishlarini ko‘rsating. Linza fokus masofasi F.




    1. Quyidagi optik sxemalarda berilgan buyumlarning linza yordamida tasvirini yasang.




  1. Shulalanuvchi nuqta linzaning optik o‘qiga perpendikulyar tekislikda  radiusli aylana chizadi, uning optik kuchi  bo‘lgan linza orqali olingan tasviri esa ekranga  radiusli aylana chizadi. Ekran linzadan qanday  masofada turibdi?

  2. Parallel nurlar linzalardan o‘tgandan keyin ham parallelligicha qolishi uchun ikkita linzani qanday joylashtirish kerak? Ikki holni qarang: 1) linzalar-yig‘uvchi; 2) linzalardan biri sochuvchi, ikkinchisi-yig‘uvchi.

  3. Ikkiyoqlama qavariq linza yordamida haqiqiy tasvir olish mumkinmi?

  4. Agar shishadan tayyorlangan yig‘uvchi linza suvga joylashtirilsa, uning fokus masofasi qanday o‘zgaradi?

  5. Buyum yig‘uvchi linzaning bosh fokusida turibdi. Uning tasviri qayerda bo‘ladi?

  6. Buyum va uning bosh fokus masofasi  bo‘lgan yig‘uvchi linza hosil qiladigan haqiqiy tasviri orasidagi mumkin bo‘lgan eng kichik masofa qanday bo‘ladi?

  7. Bosh fokus masofasi 15 cm bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 20 cm masofada, bosh optik o‘qdan 15 cm chetda turgan nurlanuvchi nuqtaning tasviri linzadan qanday masofada va bosh optk qo‘qda qanday Horaliqda hosil bo‘lishini toping.

  8. Optik kuchi -10 dptr bo‘lgan ikki yoqlama botiq sochuvchi linzadan 25cm masofada bosh optik o‘qda turgan nurlanuvchi nuqtaningtasviri linzadan qanday maso­fada hosil bo‘lishini geometrik yasash yo‘li bilan toping hamda natijani hisoblash yo‘li bilan tekshiring.

  9. Bosh fokus masofasi 20 cm bo‘lgan ikki yoqlama qavariq linza yordamida buyumning 5 marta kattalashgan haqiqiy hamda mavhum tasviri hosil qilingan bo‘lsa, buyumdan linzagacha bo‘lgan masofalar d1va d2ni toping. Zaruriy chizma chizing.

  10. Balandligi 12 cmbo‘lgan buyum bosh fokus masofasi -30 cm bo‘lgan ikki yoqlama botiq sochuvchi linzadan 15 cm masofada joylashgan. Linzadan tasvirgacha bo‘lgan masofa va tasvirning balandligini toping. Zaruriy chizmani chizing.

  11. Ikki yoqlama botiq sochuvchi linzaning old tomoniga d=60cm masofada joylashtirilgan buyumning to‘rt marta kichiklashgan tasviri hosil bo‘lgan. Shu linzaning bosh fokus masofasi F ni va optik kuchi Dni toping.

  12. Chiziqli kattalashtirishi k ning linzaning fokus masofasi  ga va linzadan buyumgacha bo‘lgan masofa  ga bog‘lanishini toping.

  13. Buyum fokus masofasi 10 cm bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 60 cm uzoqlikda turibdi. Tasvir linzadan qanday masofadan olingan? Kattalashtirish qancha?

  14. Sochuvchi linzadan buyumgacha bo‘lgan masofa 12 cm, tasvirgacha bo‘lgan masofa 5,5 cm bo‘lsa, bu linzaning fokus masofasi qancha?

  15. Ikki tomoni qavariq linzadan 0,25 m uzoqlikda qo‘yilgan buyumning tasviri haqiqiy, teskari va 3 marta katta bo‘lgan. Linzaning fokus masofasi qancha?

  16. Linza yordamida undan 40 cm masofada turgan buyumning 6 marta kichiklashgan mavhum tasviri hosil qilindi. Bu linzaning optik kuchini aniqlang.

  17. Buyumni yig‘uvchi linza orqali qaralib va uni linzadan 4 cm narida joylashtirilib, uning mavhum tasviri hosil qilindi. Bu tasvir buyumning o‘zidan 5 marta katta. Linzaning optik kuchi qanday?

  18. Buyumdan ekrangacha bo‘lgan masofa 90 cm. Ekranda buyumning aniq tasvirini hosil qilish uchun fokus masofasi 20 cm bo‘lgan linzani buyum bilan ekran orasiga qayerga joylashtirish lozim?

  19. Buyumdan ekrangacha bo‘lgan masofa 3 m. Buyumning 5 marta kattalashtirilgan tasvirini hosil qilish uchun optik kuchi qanday bo‘lgan linza olish va uni qaerga joylashtirish lozim?

  20. Nuqta  tezlik bilan harakatlanadi. Agar nuqtadan linzagacha bo‘lgan masofa  , linzaning fokus masofasi  bo‘lsa, nuqta linzaning optik o‘qini kesib o‘tayotgan paytda uning tasviri qanday tezlik bilan harakat qiladi?

  21. Ekran yonib turgan shamdan  masofada turibdi. Sham bilan ekran orasiga linza joylashtirib, ekranda shamning aniq tasvirini linzaning bir-biridan  masofaga uzoqlashgan ikki vaziyatida hosil qilish mumkin. Bu holda linzaning bosh fokus masofasini topishda  formuladan formuladan foydalanish mumkinligini ko‘rating.

  22. Yorug‘lik manbai fokus masofasi  bo‘lgan yig‘uvchi linzadan  masofada qo‘yilgan. Hosil bo‘lgan tasvir haqiqiy bo‘lishi uchun fokus masofasi  bo‘lgan sochuvchi linzani yig‘uvchi linza orqasiga qanday masofada qo‘yish kerak?

  23. Nuqtaviy yorug‘lik manbai optik kuchi  bo‘lgan yupqa yig‘uvchi linzadan  masofada joylashgan. Agar linza bilan manba oralig‘iga qalinligi  va sindirish ko‘rsatkichi  bo‘lgan shisha plastinka qo‘yilsa, tasvir qanday masofaga siljiydi?

  24. Telekameraning ob’ektivi undan  masofa oldinda erkin tushayotgan buyumning tasvirini uzatuvchi trubkaning yorug‘lik sezgir qatlamiga o‘tkazib beradi. Agar tasvir  tezlanish bilan harakat qilayotgani ma’lum bo‘lsa, telekamera ob’ektivining fokus masofasini aniqlang.

  25. Nuqtaviy buyum yig‘uvchi linzaning o‘qi atrofida undan  masofa ortda turuvchi linzaning o‘qiga perpendikulyar tekislikda aylana yoyi bo‘yicha  tezlik bilan harakat qiladi, bu yarda  linzaning fokus masofasi. Buyumning tasviri qanday  tezlikda va qaysi yo‘nalishda harakat qiladi?

  26. Fokus masofasi bo‘lgan linza orqali linzadan  masofada va uning optik o‘qidan bir oz balandroqda yotuvchi nuqtaning tasviri hosil qilinadi. Linza pastga  masofaga siljitilsa, nuqtaning tasviri qanday masofaga siljiydi?

  27. Fokus masofasi  b’lgan linza yassi ko‘zguga zichlab qo‘yildi. Linzaning optik o‘qida undan  masofada shu’lalanuvchi nuqta yotibdi. Berilgan sistema qayerda va qanday tasvir hosil qiladi?

  28. Optik kuchlari 5 va 2,5 dptr bo‘lgan linzalar bir-biridan  masofada turibdi. Agar buyumni birinchi linzaning oldida undan  masofada joylashtirilsa, bu Sistema qanday tasvir beradi?

  29. Fokus masofasi  ga teng bo‘lgan linzaning oldida undan  masofada  balandlikda buyum joylashgan. Fokus masofasi  ga teng bo‘lgan ikkinchi linza birinchi linzadan  masofada joylashgan. Buyumning tasviri qayerda hosil bo‘ladi? Ushbu tasvirning balandligi qanday?

  30. Optik kuchi  ga teng bo‘lgan linzaning chap tomonida undan  masofada shu’lalanuvchi nuqta yotibdi. O‘ng tomonga xuddi shunday masofada linzaning o‘qiga perpendikulyar ravishda yassi ko‘zgu qo‘yildi. Hosil bo‘lgan sistema linzadan qanday masofada nurlarni yig‘adi?

  31. Ikkita nuqtaviy yorug‘lik manbai bir-biridan  masofada joylashgan. Manbalar orasiga ularning biridan  masofada yig‘uvchi linza joylashtirilgan. Bunda har ikki manbaning tasviri bitta nuqtada hosil bo‘ladi. Linzaning fokus masofasini toping.

  32. Yig‘uvchi linza yordamida olingan buyumning haqiqiy tasviri linzadan  masofada joylashgan. Agar yig‘uvchi linza fokus masofasi xuddi shu kattalikda bo‘lgan sochuvchi linzaga almashtirilsa, bu buyumning mavhum tasviri linzadan  uzoqlikda bo‘ladi. Linzalar fokus masofasining absolyut qiymatini toping.

  33. Nuqtaviy yorug‘lik manbai bilan ekran orasidagi masofa  . Ekranda manbaning aniq tasviri yig‘uvchi linzaning ikkita vaziyatida hosil bo‘ladi. Bu vaziyatlar orasidagi masofa  . Linzaning fokus masofasini toping.

  34. Nuqtaviy yorug‘lik manbai fokus masofasi  bo‘lgan yig‘uvchi linzadan  masofada joylashgan. Bu linzaning ortida undan  masofada xuddi shunday boshqa bir linza turibdi. Manbaning linzalar sistemasi hosil qilgan tasviri ikkinchi linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi?

  35. Nuqtaviy yorug‘lik manbai fokus masofasi  bo‘lgan yig‘uvchi linzadan  masofada joylashgan. Linzaning ortida  masofada linzaning bosh optik o‘qiga perpendikulyar holda yassi ko‘zgu o‘rnatilgan. Ko‘zgudan qaytgach, linza orqali o‘tgan nurlardan hosil bo‘lgan tasvir linzadan qanday masofada joylashgan.

  36. Nuqtaviy yorug‘lik manbai fokus masofasi  bo‘lgan yig‘uvchi linzadan  masofada joylashgan. Agar manba bilan linza orasiga yassi parallel shisha plastinka qo‘yilsa, nuqtaning tasviri qanday masofaga siljiydi? Plastinka linzaning bosh optik o‘qiga perpendikulyar ravishda o‘rnatilgan, plastinkaning qalinligi  , shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,5.

  37. Nuqtaviy yorug‘lik manbai fokus masofasi  bo‘lgan yig‘uvchi linzadan  masofada joylashgan. Linzaning ortida  masofada fokus masofasi  bo‘lgan sochuvchi linza joylashtirilgan. Manbaning linzalar sistemasi hosil qilgan tasviri sochuvchi linzadan qanday masofada joylashadi?



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin