Ko‘z – optik sistemasi. Optik asboblar Proeksion apparat Proyeksion apparat obektivining optik kuchi 8 dptr, ob’ektivdan ekrangacha bo‘lgan masofa esa 7 m bo‘lsa, proeksion apparatning kattalashtirishitopilsin. Agar diapozitivdagi rasmning balandligi 36mm bo‘lsa ekranda hosil bo‘lgan tasvirning balandligi nimaga teng bo‘ladi?
O‘lchami 36 mm bo‘lgan diapozitiv ekranga 3m o‘lchamda proektsiyalanadi. Ekrandan f=6m masofada turgan proeksion apparat ob’ektivining optik kuchini toping.
Proeksion apparat obektivining fokus masofasi 15 cm. Ulchami 12 cm bo‘lgan diapozitivning ekranda 60 cmo‘lchamli tasvirini hosil qilish uchun diapozitivni ob’ektivdan qanday masofada o‘rnatish kerak?
Epidoskopdan ekrangacha bo‘lgan masofa 3m. Agar balandligi 5cmrasmning ekranda hosil bo‘lgan tasviriiing balandligi 1,2 m bo‘lsa, epidoskop obektivining fokus masofasini toping.
Agar ob’ektivdan ekrangacha bo‘lgan masofa 10 m bo‘lsa, ob’ektivining fokus masofasi 40 cm bo‘lgan proeksion fonar yordamida qanday kattalashtirishga erishish mumkin?
Lupa Normal ko‘ruvchi inson uchun optik kuchi D=16 dptr bo‘lgan lupaning burchak kattalashtirish chegarasi qanday bo‘ladi? (d0=25 cm).
Lupa gardishida (chetida) « x10 » yozuvi bor, ya’ni ushbu lupa ko‘rilayotgan ob’ektning burchakli o‘lchamini 10 marta kattalashtirib ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ob’ekt lupaning deyarli fokal tekisligida joylashgan deb qaraladi (soatsoz lupasi). Ushbu lupaning fokus masofasini aniqlang.
Lupa ko‘zdan 5cm masofada, tasvir esa 25 cm masofada joylashgan. Agar lupaning fokus masofasi 2cm bo‘lsa, buyum ko‘zdan qandaymasofada joylashgan? Buyumning burchakli kattalashishi nimaga teng?
Ko‘rilayotgan lupada, buyumdan to uning tasvirigacha bo‘lgan masofa 12 cm. Lupaning fokus masofasi 3cm. Ushbu lupaning kattalashtirishini aniqlang.
Lupa yordamida buyumning 4 martakattalashgan tasviri olinmoqda. Ushbu lupaning chiziqli kattalashtirishini aniqlang. Agar:
lupadan buyumgacha bo‘lgan masofa ikki marta qisqarganda;
fokus nuqtasidan buyumgacha bo‘lgan masofa ikki marta qisqarganda.
Fokus masofalari F1=5cm va F2=5mm bo‘lgan lupalarning normal ko‘rish masofasi L0=25cm ga akkomodatsiyalangan (moslashgan) ko‘z uchun kattalashtirishlari k1 va k2 ni toping hamda zaruriy chizmani chizing.
Absolyut sindirish ko‘rsatkichi 1,5 bo‘lgan shishadan yasalgan, egrilik radiuslari 0,5cm dan bo‘lgan ikkiyoqlama qavariq linza lupa sifatida ishlatilmoqda. Normal ko‘rish masofasi 25cm ga moslashgan- akkomodatsiyalashgan ko‘z uchun lupaning kattalashtirishini toping.
4 marta kattalashtiradigan lupaning optik kuchini aniqlang.
Lupaning fokus masofasi 12,5 cm bo‘lsa, uning kattalashtirishi qancha bo‘ladi?
Lupa 2 marta kattalashtirish beradi. Unga zich qilib optik kuchi 2 dptr bo‘lgan yig‘uvchi linzani qo‘ydilar. Bunday qo‘shma lupaning kattalashtirishi qanday bo‘ladi?
Jips qilib qo‘shilgan yig‘uvchi va sochuvchi linzalardan iborat ob’ektiv 4 marta kattalashtiradigan lupa o‘rnida ishlatildi. Agar yig‘uvchi linzaning optik kuchi absolyut qiymati bo‘yicha sochuvchi linzaning optik kuchidan 4 marta katta bo‘lsa, ob’ektivdagi har bir linzaning optik kuchini toping.