A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə4/45
tarix16.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#183409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
A jumaboyev, Z. Mam

O1ob’ektiv,
O2okulyar,
A′2B′2buyumningkattalashgan mavhum tasviri.

Masala yechishga doir masalalar
1-masala
O‘zaro 45˚ burchaktashkilqilibjoylashganikkiyassiko‘zguo‘rtasiganuqtaviyyorug‘likmanbaijoylashgan. Bumanbaningko‘zgularyordamidanechtatasvirihosilbo‘ladi?

Berilgan:φ=45˚
Topishkerak:N=?
Yechish:Agaryorug‘likchiqadiganA0nuqtani 1 va 2 ko‘zgularorasigajoylashtirilsa, undanchiqqannurlarko‘zgugatushgadivaharsafaro‘zyo‘llaridamavhumtasvirlarhosilqilib, ulardantarqalgandastabilanko‘pqirraliqaytadi.
Bizko‘rgansoddaholdahamnurlarninghammayo‘llarinichizishvatasvirlarniyasashamaldamumkinemas, chunkijudakattachizmahosilbo‘ladi. shuninguchunbirinchiko‘zguhosilqilganmavhumtasvirniikkinchiko‘zguuchunbuyumsifatidaqarashdanfoydalanib, tasvirnisxematikyasashbilanchegaralanishmumkin.

A0 nuqtada 1 ko‘zguga tushayotgan nurlar dastasini ko‘raylik. Agar A0 buyumning birinchi ko‘zgudagi tasviri A1 dan chiqqan nurlar bo‘lsa, bu nurlar qaytgandan keyin 2 ko‘zguga tushadi. qaytgan nurlar dastasidan tashqarida ikkinchi ko‘zguga A0 dan chiqqan nurlar dastasi ham tushadi (bu nurlar rasmda ko‘rsatilmagan). Bu ikkala dasta o‘z yo‘llari davomida kesishib, 2 ko‘zgudan A0va A1 nuqtalarning tasviri bo‘lgan A2 va A3 nuqtalar hosil bo‘ladi.
A4va A5 nuqtalarni ikkinchi ko‘zgu uchun buyum sifatida qarash mumkin. Ularning tasvirlari xizmatini 2 ko‘zguning orqa tomonidagi simmetrik A6 va A7 nuqtalar o‘taydi.
Ko‘zgular bir-biri bilan 45˚ burchak tashkil qilib joylashganlarida hosil bo‘lgan tasvir eng oxirgi ekanligini payqash qiyin emas. O‘z yo‘llari davmida A6 va A7 nuqtalarni hosil qilgan ikkinchi ko‘zgudan qaytgan nurlar qaytarilganda dastavval hosil bo‘lgan tasvirlarga mos tasvirlar hosil qiladigan bo‘lib tushadi.
Bir-biri bilan 45˚ burchak tashkil qilib qo‘yilgan ko‘zgularda hammasi bo‘lib yettita tasvir hosil bo‘ladi.
A0 nuqta va uning hamma tasvirlari markazi ko‘zgular kesishgan O nuqtada bo‘lgan OA0 radiusli aylana bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Quyidagi tenglikni isbotlab, buning haqiqiy ekanligini oson ishonsa bo‘ladi:
OA0 = OA1= … = OAn
O‘tkazilgan yasashlarga asoslanib, ko‘zgular bir-biri bilan α burchak (α-bunda 360˚ ning butun sonli bo‘luvchisi) tashkil qilib qo‘yilganda umumiy holda olingan natijalarni umumlashtirib ko‘zgular orasiga joylashgan buyum tasvirlarining soni uchun quyidagi formulani yozish mumkin:

α=45˚ uchun bu formuladan:

 .


α=180˚ da ko‘zgular yoyilganda va amalda bo‘lib qolganda, N=1 bo‘ladi. Agar α=0˚ bo‘lsa (ko‘zgular parallel joylashgan), tasvirlar cheksiz ko‘p hosil bo‘ladi.
Javob: N=7 ta tasvir hosil bo‘ladi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin