A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

 
Jihozlar:
Mikroskoplar, stol lupasi, binokulyarlar, pintsetlar, to’g’irlagich 
ignalar, skalpellar, Petri kosachalari, qoplagich va buyum oynalar, soat oynalari, 
vannachalar, ko’rgazmali qurollar, tayyor preparatlar, tarqatma materiallar. 
Fiksatsiyalangan jigar qurti.
Uslub:
Kichik guruhlarda ishlash. 
Mashg’ulotni bajarish: 
1. Fiksatsiyalangan jigar qurtini soat oynasi yoki buyum oynasining ustiga 
qo’yib qo’l yoki stol lupasi yordamida kuzatiladi. Uning yassi ikki tomonlama 
simmetriyali tanasiga qorin va og’iz so’rg’ichlariga hamda tanasining o’rta qismida 
joylashgan jinsiy kloakaga e’tibor beriladi. 
2. Jigar qurtining ichki tuzilishini o’rganish uchun tayyor preparatlardan 
foydalaniladi. Ya’ni preparatdan dastlab tanasining oldingi uchidagi og’iz 
so’rg’ichlari o’rtasidagi og’iz teshigi, halqum va keyin boshlanuvchi ichakning 
ikkita keng nayiga e’tibor beriladi. 
3. Jigar qurtining ko’ndalangiga kesib tayyorlangan preparatidan uning teri - 
muskul xaltasining tukchalarini, muskullarining tuzilishini va organlarining 
kesmalari o’rganiladi. 
Mavzu haqida ma’lumot. 
Jigar qurti har xil mayda va yirik qora 
mollarning jigarida parazitlik qilib yashaydi. Ba’zi hollarda odamlarda ham 
uchrashi mumkin. U jigarning o’t yo’llarida yashab, qon va jigarda hosil bo’lgan 
mahsulotlar bilan oziqlanib hayot kechiradi.
Tanasi ikki tomonlama simmetriya bo’lib, uning uzunligi 3-4 sm. 
Konussimon oldinga cho’zilgan qismidagi so’rg’ichining o’rtasida og’iz 
joylashgan, undan pastroqda esa qorin tomonida qorin so’rg’ichi bor. Bu 
so’rg’ichlar o’t yo’llarida yopishib, tanani ushlab turish vazifasini bajaradi. 
Jigar qurtining ovqat hazm qilish sistemasi tananing odingi qismidagi 
so’rg’ichning ichida joylashgan og’iz teshigidan boshlanadi. Og’izdan keyin tomoq 


63 
oldi bo’shlig’i va tomoq, hammasi birgalikda ozuqani so’ruvchi appartni hosil 
qiladi. O’rta ichak ikkita asosiy shoxchaga bo’linadi, ular esa bir necha yon ko’r 
o’simta hosil qiladi. Anal teshigi yo’q. Ovqatning qoldiqlari og’iz orqali tashqariga 
chiqariladi. 
Ayiruv organlari protonefridiya tipida tuzilgan qon aylanish va nafas olish 
sistemasi rivojlanmagan. Nerv sistemasi halqum oldi nerv tugunidan og’iz 
so’rg’ichiga va tananing orqa uchiga qarab yo’nalgan uch juft bo’ylama nerv 
tolalaridan iborat. So’rg’ichlilarning ko’pchiligida ootip bo’lmaydi. Bunday 
hollarda ootip vazifasini bajaruvchi tuxumdonning oxirgi uchidagi keyingi qismiga 
sariqdonlarni chiqarish naychasi kelib qo’shiladi. 
Tuxumdonning bu qismining ustki tomonini qoplab turgan bir hujayrali 
mayda bezlar esa Melis tanachasini hosil qiladi. Urug’langan tuxumlari shu yerda 
sariq moddaga o’raladi va po’st bilan qoplanadi. Tuxumdonning shu qismida juda 
ko’p buralgan organ bachadon boshlanadi. U qorin so’rg’ichi oldida ingichkalashib 
borib jinsiy kloakaga ochiladi. 
Erkaklik jinsiy organlari sistemasi juda ko’p mayda shoxchalar hosil 
qiladigan va jigar qurti tanasining markaziy qismida joylashgan juft urug’dondan 
iborat. Urug’ yo’llari qorin so’rg’ichiga yaqin joyda o’zaro qo’shilib, urug’ 
pufagini hosil qilib, keyin ingichka urug’ chiqarish naychasiga aylanadi. U esa 
qo’shilish organi sirrusga ochiladi. Sirrus odatda sirrus xaltachasining ichida 
joylashgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin