A. K. Xusanov


Mashg’ulot yuzasidan topshiriq



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mashg’ulot yuzasidan topshiriq. 
27-jadval 
 
 
Jigar qurtining organlarini 
nomlang 
Raqamlar 
so’rg’ichi 
 
qorin so’rg’ichi 
 
Serrus 
 
Tuxumdon 
 
sarig’donning birlashgan 
ko’ndalang yo’li 
 
urug’don 
 
Jabralar 
 
Tuxumdon 
 
Bachadon 
 
shoxlanib ketgan ichak, 
 
sarig’don 
 
urug’ chiqaruvchi naycha. 
 
 
 
 
 
 
 


64 
Jigar qurti haqida 
nimalarni bilasiz? 
Nerv sistemasi 
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
____________ 
Jinsiy sistema 
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
__ 
Ayirish sistemasi 
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
__ 
Ovqat hazm 
qilish sistemasi 
______________
______________
______________
______________
______________
______________
_____________ 
2. Quyidagi jadvalni to’ldiring. 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-ish. Jigar qurtining ko’payishini o’rganish. 
Mashg’ulotning maqsadi:
Jigar qurtining ko’payish bosqichlarini 
o’rganish.
Jihozlar:
Mikroskoplar, tayyor preparatlar, tarqatma materiallar.
Uslub:
Guruhlarda ishlash. 
Mashg’ulotni bajarish: 
Jigar qurtining lichinkalari – mirasidiy, rediya, serkariyalarning bo’yalgan 
tayyor mikropreparatlarini mikroskopning katta va kichik obyektlari orqali kuzatib, 
ularning tuzilishi va bir biridan farq qilishi o’rganiladi. 
Mashg’ulot haqida ma’lumot: 
Jigar qurtining tuxumlari qalin po’st bilan o’ralgan bo’lib, 0,13 – 0,15 mm 
uzunlikda bo’ladi. Fasiola tuxumlari uning tanasidan chiqqanidan keyin 
xo’jayinning jigaridan o’t yo’llariga o’tib, undan ichakka o’tadi, undan tashqi 
muhitga chiqadi. Bu vaqt davomida unda lichinka rivojlanadi. Bunday 
tuxumlardan suvga tushganida va qulay sharoit yaratilganidagina mirasidiy 
chiqadi. Mirasidiy ustini qoplab olgan kipriklari bilan suzib yuradi. Uning bosh 
tomonida «X» shaklida ikkita «ko’zcha» si bor bo’lib, ular yorug’likni sezish 
uchun xizmat qiladi. 
Miratsidiy ovqatlanmaydi, balki embrion taraqqiyoti davomida yig’ilgan 
glikogen hisobiga yashaydi. Suvda 30-40 soat davomida suzib yurganidan so’ng u 
tanasining oldingi tomonida joylashgan xartumchasi yordamida mollyuska tanasini 
teshib unga kirib oladi. Odatda miratsidiy jigar qurtining oraliq xo’jayini 
bo’ladigan qorin oyoqli mollyuskalarning jigari yoki jinsiy bezlarida joylashib 
oladi. Mollyuska tanasida miratsidiy o’z kiprikchalarini yo’qotib, noaniq shakldagi 
harakatsiz sporasistaga aylanadi. Bularning har bittasidan rediyalar yetishadi.


65 
Rediyalar -harakatchan, ularda og’iz, xaltasimon ichak rivojlangan bo’ladi. 
Ularning tanasida navbatdagi lichinka – serkariyalar rivojlana boshlaydi. Lekin 
rediyalarning tanasida ikkilamchi rediyalar ham rivojlanishi mumkin. 
Serkariyalar rediyani va oraliq xo’jayin mollyuskaning tanasidan tashqariga 
chiqadi. Unda og’iz va qorin so’rg’ichlari, ikki shoxchali ichak ancha rivojlangan 
bo’ladi. Serkariyalar tanasining keyingi uchidagi dumi yordamida suvda suzib 
yuradi. Keyin ular suv havzasi qirg’oqlaridagi o’tlarga o’tirib oladi, dumi uzilib 
tushadi, usti qalin po’st bilan qoplanadi va adolaskariyaga aylanadi. 
Adolaskariyada ham og’iz va qorin so’rg’ichlari, ikki shoxchalik ichak 
rivojlangan bo’ladi. Bular jigar qurti uchun oxirgi xo’jayin bo’lib xizmat qiluvchi 
o’txo’r hayvonlar o’simlik bilan birga yemagunlariga qadar tabiatda saqlanadi. 
Odamlarga esa adolaskariya mavjud bo’lgan suv havzalaridan suv ichgan 
paytlarida yuqadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin