A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mavzu haqida ma’lumot. 
Oq planariya kichik daryolardagi va boshqa suv 
havzalaridagi toshlar va barglarning ostida yashaydi. Uning bargsimon tanasi yassi 
bo’lib, 2-3 sm ni tashkil qiladi. 
Tanasining usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan bo’lib, uning harakati 
tufayli planariya atrofida suv oqimi paydo bo’ladi va u suvdagi kislorodni butun 
tanasi bo’ylab qabul qiladi. Shuningdek, planariya kipriklari yordamida suzib 
harakatlanishi ham mumkin. Oq planariyaning harakati tanasining mustaqil 
qisqarishi hisobiga ham amalga oshadi. 
Ovqat hazm qilish sistemasi tananing yarmiga yaqin joyda, qorin qismida 
joylashgan og’iz teshigidan boshlanib, halqum bilan tutashadi. Ba’zan ovqat qabul 
qilish paytida halqum tashqariga qayrilib chiqadi. U mayda jonivorlar bilan, bir 
hujayrali organizmlar bilan ovqatlanadi. 
Planariya ikki jinsli (germofrodit-xunasa) hayvon bo’lsada, ikki chuvalchang 
qo’shilib o’zaro spermatozoidlarini almashinib oladilar. Oq planariyada qayta 
tiklanish – regeneratsiya jarayoni kuchli rivojlangan. 
 
 
 


60 
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq. 
 
15-rasm. 
Quyidagi nomlarni rasmdagi kerakli raqamlar bilan izohlang. 
 
1.
 
Oq planariyaning lotincha sistematik guruhlarini yozing. 
 
Tip Yassi chuvalchanglar - . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Sinf Kiprikli chuvalchanglar - . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Turkum Uchshoxlilar - . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Tur Oq planariya - . . . . . . . . . . . . . . . . . .
 
Talabalar bilimini baholash uchun test topshiriqlari. 
1. Turbellariyalarning tanasi qanday tuzilgan? 
a)
Kipriklar bilan qoplangan 
b)
Tasmasimon 
c)
Bo’g’imli 
d)
Kutikula bilan qoplangan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin