A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mavzu haqida ma’lumot. 
Daryo qisqichbaqasi dengizda va chuchuk 
suvlarda tarqalgan bo’lib, uning tanasi yoshi va jinsiga qarab 8-15 sm uzunlikda 
bo’ladi. Qisqichbaqaning tanasi ikkiga bo’lingan bo’ladi. Qalqon bilan qoplangan 
oldingi bosh-ko’krak va serharakat segmentlardan iborat bo’lgan qorin 
bo’limlaridan tashkil topgan.
 
Bosh-ko’krak qalqoni ikki yon tomoni bilan jabra 
bo’shlig’ini qoplaydi. Daryo qisqichbaqasi boshida 5 juft o’simtalari bor, bular 
antenna, antennula, bir juft yuqorigi jag’i va ikki juft pastki jag’lardan iborat. 
Boshida bir juft yirik fasetkali ko’zi bor. Og’zi yonidagi qattiq qismida 8 ta 
segment bo’lib, har bir segmentda bir juft bo’g’imli o’simtalari bor. Ko’krak qismi 
oldida joylashgan bo’g’imli uch juft o’simtani jag’oyoqlar deyiladi. Ko’kragidagi 
qolgan besh juft o’simtalari yurish oyoqlaridir. Shu oyoqlarning birinchi uch 
juftida qisqichlari bor, qolgan ikki juftida qisqichlar bo’lmaydi. Qorin bo’limi 6 ta 
segmentdan iborat. Shunga muvofiq unda 6 juft oyoqlari mavjud. Daryo 
qisqichbaqasining jigari ikkita bo’lakdan iborat. Jigar suyuqligi yog’ moddalarni 
emulsiya (mayda tomchilar) holiga keltiradi; oqsil va karbonsublarni parchalaydi. 
Jigar kuchli rivojlangan bo’lganidan o’rta ichak kalta bo’ladi. Bu bezlarning 
kuchsiz rivojlanishi aksincha o’rta ichakning uzayishiga olib keladi. Oshqozonda 
oziq maydalanishi bilan birga qisman hazm ham bo’ladi. Oziqning 
maydalanmasdan qolgan qismi esa pilorik oshqozondan to’g’ridan-to’g’ri orqa 


123 
ichakka, undan anal teshigi orqali tashqi muhitga chiqariladi. Qon aylanish 
sistemasi ochiq. Qon yurakdan arteriya qon tomiriga o’tib, butun organni qon bilan 
ta’minlaydi. Qisqichbaqalarning yuragi odatda bir necha kamerali naychaga yoki 
pufakka o’xshash bo’lib, tanasining orqa qismida joylashgan. Yurakni miksotsel 
bo’shlig’idan hosil bo’lgan xaltasimon yurakoldi bo’lmasi o’rab turadi. Jabralarda 
kislorod bilan to’yingan gemolimfa maxsus vena tomirlari orqali yurak oldi 
bo’lmasiga kelib quyiladi. Yurak devorida tirqishsimon klapanli ostiy
 
(teshik)lar 
joylashgan. Daryo qisqichbaqasining ostiylari 3 juft bo’ladi. Yurak kengayganida 
klapanlar ochiladi va gemolimfa yurak oldi bo’lmasidan yurakka o’tadi. Yurak 
qisqarganida aksincha klapanlar yopilib, gemolimfa yurakdan chiquvchi arteriya 
tomirlariga o’tadi. Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi ancha 
mukammal tuzilgan. Uning yuragidan oldinga uchta, orqa tomonga bitta yirik 
arteriya chiqadi. Har qaysi qon tomiri bir qancha mayda tomirlarga ajralib, tana 
bo’shlig’iga kelib qo’shiladi. Bu tomirlar orqali oqib kelgan gemolimfa 
to’qimalarga kislorod berib, CO
2
gazini oladi. Shundan so’ng qorin sinusiga 
to’planib, jabralarga boradi va u erda kislorod bilan boyiydi. Jabralardan 
gemolimfa vena tomirlari orqali yana yurakoldi bo’lmasiga kelib quyiladi. Daryo 
qisqichbaqasi jabra bilan nafas oladi. Jabra ko’krak qismining ikki yonida 
joylashgan. Daryo qisqichbaqasi jabralari 3 qator bo’lib jag’oyoqlar va yurish 
oyoqlar asosida joylashgan. Suv boshko’krak qalqonining bir cheti bilan tana 
oralig’ida hosil bo’ladigan tirqish orqali jabra bo’shliqlariga kiradi; ikkinchi 
chetdagi xuddi shunga o’xshash tirqishdan chiqib ketadi. Suv ikkinchi va uchinchi 
juft jag’ oyoqlarining harakati tufayli jabralarni yuvib turadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin