A. K. Xusanov


Mashg’ulot haqida ma’lumot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mashg’ulot haqida ma’lumot. 
Butli o’rgamchakning tanasi boshko’krak va 
qorin qismlaridan iborat. Boshko’krak bo’limining oldingi qismida 8 ta oddiy 
ko’zlar joylashgan bo’lib, 6 juft oyoqlari bor. Bulardan birinchi jufti kalta, kuchli 
xeliseralardir. Ularning oxirgi bo’g’imiga zahar bezining yo’li ochiladi. Ikkinchi 
jufti oyoq-pedipalp bo’g’inli va uzunroq. Qolgan 4 juft oyoqlar 7 bo’g’imli bo’lib, 
yurish oyoqlaridir. 
Bu oyoqlar sezgir tuklar bilan qoplangan. Har qaysi oyog’ining oxirgi 
bo’g’imida uchtadan tirnoqchalari bor. O’rgamchakning qorin qismi bosh 
ko’krakdan kattaroq bo’ladi. Uning yelka tomonida butsimon oqish naqsh yaxshi 
ko’rinadi. Qorin bo’limining hamma bo’g’imlari bir-biriga qo’shilib ketgan. Uning 
oxirgi uchining ostida uch juft so’gal bo’lib, ularga maxsus o’rgamchak ipi 
bezlarining yo’llari ochiladi. So’gal bezlaridan ajraladigan yarim suyuq modda 
havoda qotib, ipga aylanadi. O’rgamchak orqa oyoqlaridagi taroqsimon tirnoqlari 
bilan bu iplarni bir biriga tutashtirib, bitta umumiy ipga aylantiradi. 
O’rgamchak qornining oldingi qismini pastida tashqariga ochiladigan bir juft 
o’pka xaltachasi bo’ladi. Ularning devori ichida qon aylanadigan ko’pdan ko’p 
varaqsimon o’simtalari orasida kislorodga to’yinadi. O’rgamchakning qorin 
bo’limida o’pka xaltachasidan tashqari yana ikki tutam nafas naylari – traxeyalar 
bo’ladi, ular bitta umumiy teshik – nafas teshik orqali tashqariga ochiladi. 
O’rgamchakning qon aylanish sistemasi ochiq.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq. 
1.
 
Quyidagi nomlarni rasmdagi kerakli raqamlar bilan izohlang.
 
32-rasm.
Butli o’rgamchak. ___
xelitsera asosidagi zahar bezi, ____so’ruvchi oshqozon, 
____ichakning ko’r o’simtalari, ____yurak, ____tuxumdon, ____tuxum yo’li, ____o’rgimchak 
bezlari, ___o’pka, ____jigar, ____yurak teshigi, ____malpigi naychalari. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin