Uslub: Yakka tartibda ishlash.
Mashg’ulotni bajarish. 1. Fiksatsiya qilingan dengiz yulduzlarining birini vannachaga olib, qo’l
lupasi yordamida aboral qutbidagi madrepor plastinkasi, anal teshigi va
peditsellyariyalari qo’l lupasi yordamida ko’riladi.
2. Dengiz yulduzining har bir yulduzining ikkala chekka qismidan aboral
qutbga yaqinroq joydan o’tkir uchli qaychi bilan kesiladi. Kesishni davom ettirib,
faqat madrepor plastinkasi yonida kesishni orqa tomonga o’tkazing.
3. Dengiz yulduzini pereproval vannachaga oboral qutubi bilan pastga
ajratib qo’yiladi, to’g’nog’ich yordamida nurlarning uchidan qadab qo’yiladi.
Vannacha suvga to’ldiriladi.
4. Dengiz yulduzining aboral tomonidagi tana qoplag’ichi pintset bilan
ko’tarilib uning yopishib turgan ichki organlari va ambulakulyar sistemasining
tuzilishi o’rganiladi.
Mavzu haqida ma’lumot: Dengiz yulduzining yassilangan tanasi markaziy disk va undan tarqaluvchi 5
ta nurdan iborat. Dengiz yulduzlarinnig tanasi normal holatda oral qutbi bilan
substratga (dengiz tubiga) qaragan bo’ladi. Xuddi shu tomonida diskning
markazida og’iz teshigi joylashgan. Har bir nurning oral tomonida uning markaziy
chizig’i bo’ylab joylashgan egatchasi bo’ladi. Unda 4 qator bo’lib joylashgan juda
ko’p o’simtalar yoki ambulyakulyar oyoqchalar bo’ladi. Oral qutbiga qarama -
qarshi tomoni aboral deb ataladi. Bu qutbning markazida anal teshigi joylashgan.
Bundan tashqari aboral qutbda juda ko’p mayda teshikchalarga ega bo’lgan
madrepor plastinka bo’ladi. Dengiz yulduzi tanasining aboral qutbi tomoni
ohakdan iborat juda ko’p kichik ignalar bilan qoplangan. Bularning bezlari
o’zgarib, o’ziga xos qisqichlarni – peditsellariyaga aylangan.
Dengiz yulduzlarida ambilyakulyar sistema yoki suv kanallar sistemasining
bo’lishi xarakterlidir. Bu sistema aboral qutbdagi madrepor plastinkadan
boshlanadi. Amblyakulyar sistema dengiz yulduzlarining asosiy harakatlanish
organidir. U nafas olish vazifasini ham bajaradi.