26
6. Mana shu tanachalar tripanosomalardir. Tripanosomalarning tuzilishini
tekshirganda,
ularning yadrosini, xivchinini hamda tanasining chetidagi
to’lqinsimon pardasini ko’rish mumkin.
7. Bu holatni tripanosomalar bo’yicha tayyorlangan doimiy preparatlarda ham
kuzatish mumkin.
8. Tripanosomaning tuzilishini albomingizga chizib oling.
7-rasm.
Parazit xivchinlilar: 1, 2, 3 va 4-
Tryponosoma evansi
; 5, 6-
Tryponosoma equiperdum
;
7-endoteliy hujayrasi sitoplazmasidagi
Leishmania donavani
; 8-oziqa muhitidagi
Leishmania
tropica
; 9-
Trichomonas foetus
.
Mashg’ulot haqida ma’lumot
Ko’pchilik dengiz va barcha parazit xivchinlilarning
qisqaruvchi vakuoli
bo’lmaydi. Hujayra yadrosi, odatda, bitta; 2 yadroli (lyambliya) va ko’p yadroli
(opalinalar) xivchinlilar ham bor. Odatda, bo’yiga 2 ga bo’linish
orqali jinssiz
ko’payadi. Bu jarayon oxirigacha bormaganida (bo’linadigan individlar ajralib
ketmaydi) koloniya hosil bo’ladi. Ko’pchilik xivchinlilarda jinsiy ko’payish
gametalar kopulyatsiyasi orqali boradi. Tuban xivchinlilarda jinsiy ko’payish
izogamiya (bir xil tipdagi jinsiy hujayralarning qo’shilishi), boshqalarda
geterogamiya (har xil tipdagi hujayralarning qo’shilishi) dan iborat.
Erkin
yashovchi xivchinlilar (5100 ga yaqin) chuchuk suv va dengizlarda, qisman
tuproqda uchraydi. Tabiatda moddalar aylanish jarayonida
katta ahamiyatga ega
(ayniqsa, plankton xivchinlilar). Ko’pchilik xivchinlilar suvlar ifloslanishining
biologik indikatorlari hisoblanadi. Bir qancha xivchinlilar odam va hayvonlarda
parazitlik qilib, og’ir kasalliklar (tripanosoma, leyshmaniya va boshqalar) ga sabab
bo’ladi. Ayrim xivchinlilar termitlar
ichagida simbioz yashab, qiyin hazm
bo’ladigan oziq moddalarning hazm bo’lishiga yordam beradi.
27
Tripanozomalar (Trypanozoma) - tanasi yassi tasmasimon bo’lib 20-75 mkm
keladi. Uyqu kasali triponozomasi Afrikaning tropik qismida og’ir uyqu kasalini
keltirib chiqaradi.
Odam va umurtqali hayvonlar ichagida ko’p xivchinlilar parazitlik qiladi.
Ichakda yashaydigan trixomanas (Trixomonas) larning butun tana bo’ylab o’tuvchi
ichki tayanch skeleti aksos tili va to’lqinlanuvchan pardasi bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: