10. Foraminaferalarning ko’pchilik turlari murakkab siklda qanday usulda ko’payadi? a) jinsiy
b) jinssiz
c) kurtaklanib
d) jinsiy va jinssiz
Test javoblarini yozing: 8-jadval S 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 J Nazariy savollar: 1.
Chig’anoqli amyobalarning tuzilishi va ko’payishini izohlang?
2.
Albomga
Arcella vulgaris va Difflugia pyriformisning ahamiyatini tushuntiring?
Uyga vazifa: “Difflyugiya, foraminifera ahamiyati”
mavzusida referat yozish.
4-Amaliy mashg’ulot. Apikompleksa (Apicomplexa) yoki spora hosil qiluvchilar
(Sporozoa) tipi. Gregarinalar (Gregarinina) sinfi. Suvarak gregarinasining tuzilishi
va rivojlanishi.
Gregarinaning sistematik holati
Tip: Apikomplekslar-Apicomplexa
Sinf: Sporalilar-Sporozoa
Turkum: Haqiqiy gregarinalar-Eugregarinida
Vakil: Gregarina-
Gregarina blattarum Mashg’ulotning ilmiy maqsadi: Gregarina misolida sporalilarning
parazitlikka moslanishini o’rganish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini
kengaytirish, parazit hayvonlardan saqlanish usullarini o’rganish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni darslik va
qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini oshirish.