37
Jihozlar:
Mikroskoplar, suv tomizg’ichlar, Petri kosalari, qaychilar,
qoplagich va buyum oynalari, soat oynalari, ko’rgazmali qurollar, tarqatma
materiallar. Tirik suvarak, xloroform.
Uslub:
Kichik guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotni bajarish:
1. Stakandagi suvarak paxtaga shimdirilgan efir yoki xloroform yordamida
o’ldirilib olinadi. U uchi o’tkir qaychi yordamida qorin tomonidan to bosh
qismining chegarasigacha, ikki yon tomoni (tergit va sternint) ning birlashgan
joyigacha kesiladi.
2.Elka tomonidan xitin qoplagichi ajratib olinib, vannachaga to’g’nog’ichlar
yordamida maxkamlanadi. Ustiga suv qo’yiladi. Bunda suvarakning ichki organlari
suvning ustiga ko’tariladi.
3. Suvarakning orqa ichagi topilib, qaychi bilan qirqib olinadi. Soat oynasiga
o’tkaziladi va ustiga tomizg’ich bilan fiziologik eritma quyiladi.
4. Ichak preparoval ninalar yordamida maydalanib, mayda bo’laklarga
bo’linadi. Hosil bo’lgan cho’kma suv bilan aralashtirilib, undan bir tomchi buyum
oynasi ustiga tomiziladi.
5. Usti qoplagich oyna bilan yopilib, mikroskopning kichik obektivi orqali
ko’riladi. Unda gregarinaning epimerit, protomerit, deytomerit, qismlariga e’tibor
beriladi. Ularni parazitlikka moslashuvi o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: