52
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchilarni Aureliyaning
ko’payishi va yashash tarzini darslik orqali izohlay biladi.
19-jadval
Jihozlar
Tasviriy
Natural
Tarqatma materiallar
Bo’shliqichlilar
tipining
eng
muhim
vakillari
tuzilishi
tasvirlangan
1.
Aureliyaning
tuzilishini
aks ettiruvchi jadvallar
2.
Tarqatma materiallar
Bo’shliqichlilarning ho’l va
quruq kolleksiyalari
1.
Aureliya
1.
Tayyor preparatlar
2.
Binokulyarlar
3.
Soat oynalari
4.
Petri kosachalari
5.
Paxta
6.
Suv
7.
Lupa
8.To’g’irlagich ignalar
9.Qora qog’oz.
Jihozlar:
lupalar, binokulyarlar, to’g’irlagich ignalar,
Petri kosachalari,
ko’rgazmali qurollar,
tayyor preparatlar, tarqatma materiallar. Aureliya, qora
qog’oz.
Uslub:
Guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotni bajarish:
1. Katta bo’lmagan meduzalarni olib, Petri idishiga solinadi va qora qog’oz
bo’laklariga qo’yiladi, qo’l lupasi yordamida ko’riladi.
Radial kanallari va
ropaliyalarining tuzilishiga e’tibor qaratiladi.
2. Aureliyaning soyabonsimon tanasining ostki (subumbrella) tomonini
yuqoriga qaratib undagi og’iz oldi kurtakchalarini va og’iz
teshigini topib
ropaliyalarining tuzilishiga e’tibor beriladi.
Mavzu haqida ma’lumot.
Aureliya ko’plab dengizlarda keng tarqalgan.
Uning soyabonsimon tanasi uncha katta emas, diametri 25-30 sm gacha boradi.
Soyabon chetida yuzlarcha
kalta paypaslagichlar, ularning oralig’ida esa 8 ta
qirg’oq tanachalari – ropaliyalari joylashgan. Ularda yorug’likni sezuvchi mayda
ko’zchalar, muvozanatni va hid sezuv nerv hujayralari mavjud.
Soyabonining ostida markaziy qismida 4 ta og’iz
oldi kurtakchalari
(paypaslagichlar), ularning o’rtasida esa to’rtburchak shakldagi og’zi joylashgan.
Unda keyingi qisqagina tomoq gastrovaskulyar sistemaning markaziy qismiga,
ya’ni oshqozonga borib qo’shiladi. Oshqozon bir - biridan parda bilan ajralgan 4 ta
xona hosil qiladi. Oshqozon xonalaridan 8 ta shoxchalar hosil qiluvchi va 8 ta
shoxchalar hosil qilmovchi radial kanalchalar
boshlanadi va ular soyabon
qirg’og’idagi doirasimon kanalga borib qo’shiladi. Hamma xonalarining ichki
yuzasini kiprikli hujayralar qoplab olgan bo’ladi. Bu
kiprikchalarning harakati
tufayli suv va ozuqa moddalar aureliyaning gastrovoskulyar sistemasi orqali doimo
oqib turadi. Demak, gostrovoskulyar sistemaning kanallari meduzaning ancha katta
tanasini ovqat bilan ta’minlaydi, suv bilan birga kislorod kirib nafas oladi va qoldiq
maxsulotlar chiqib ketadi. Aureliya ayrim jinsli, yetilgan tuxum va spermatozoidlar
53
gastrovaskulyar sistemaning kanallariga, keyin oshqozonga o’tadi
va u yerdan
og’iz orqali tashqariga chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: