48
17-jadval
Jihozlar
Tasviriy
Natural
Tarqatma materiallar
Bo’shliqichlilar tipining eng muhim
vakillari tuzilishi tasvirlangan rangli
rasmlar.
1.
Gidraning
tuzilishi,
otiluvchi,
qoplovchi
va
muskul
hujayralarining
tuzilishini
aks
ettiruvchi jadvallar
2.
Obeliya
Bo’shliqichlilarning ho’l va
quruq kolleksiyalari.
1.
Gidra saqlangan suv
2.
Obeliya
.
1.
Tayyor preparatlar
2.
Mikroskop
3.
Buyum oynasi
4.
Qoplag’ich oynasi
5.
Soat oynalari
6.
Tomizgich
7.
Paxta
8.
Suv
9.
Lupa
10.To’g’irlagich ignalar
11. Spirtning 30%li eritmasi
Jihozlar:
Mikroskoplar, to’g’irlagich ignalar, suv tomizg’ichlar, qoplagich
va
buyum oynalar, soat oynalari, lupa, ko’rgazmali qurollar, tayyor preparatlar,
tarqatma materiallar. Spirtning 30%li eritmasi. Gidra saqlangan suv.
Uslub:
Kichik guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotni bajarish:
1.Gidra mavjud bo’lgan suvdan bir tomchi olinib soat oynasidagi bir tomchi
suvning ustiga qo’yiladi. Ushbu preparat mikroskopning kichik obyekti yoki lupa
orqali kuzatiladi.
2.Gidraning oziqlanishini kuzatish uchun soat oynasidagi gidralarga dafniya
yoki sikloplar bor suvdan tomiziladi. Hamda ushbu ozuqani gidraning qanday qilib
yutgani kuzatiladi.
3.Gidra tanasining bo’yiga va ko’ndalangiga kesilmasini o’rganish
uchun
tayyor mikroprepratlardan foydalaniladi. Mikropreparatlar mikroskopning katta
obektivi orqali kuzatilib, ektoderma, endoderma hujayralarining farqlari ko’riladi
va ular orasidagi tayanch-plastinka mezogliya topiladi.
4.Gidrannig tuban tuzilgan ko’p hujayrali hayvon ekanligini ko’rish uchun
uning tanasini tashkil qiluvchi hujayralarni alohida qilib ajratish kerak.
Buning
uchun tirik gidrani buyum oynasining suvli tomchisiga o’tkazilib uning ustiga 30%
li spirtdan 1-2 tomchi aralashtiriladi. Bir oz vaqt o’tganidan keyin preparat
mikroskopda kuzatiladi. Bunda bir-biridan ajralgan ektoderma, endoderma,
mezogliyani va otiluvchi hujayralarni ko’rishimiz mumkin.
Mavzu haqida ma’lumot.
Gidra suv havzalarining suv o’tlari
orasida
yashaydi. Tanasi slindrsimon bo’lib 1-1,5 sm ga yetadi. Gidraning oldingi
tomonidan bir oz bo’rtib chiqqan qismi - gipostom bor. Uning tepa qismida og’iz
teshigi joylashgan. Og’izning asosida 6-12 ta paypaslagichlari bo’ladi. Ular
gidraga ozuqalarni tutib berish uchun xizmat qiladi. Gidra tanasinig ushbu qismi
oral va unga qarama qarshi bo’lgan qismi oboral qutb deyiladi. Yassilangan oboral
qismida yopishqoq modda ishlab chiqiladi va u gidraning substratga mahkam
yopishib olishiga yordam beradi.
49
Bu o’z navbatida gidraning o’troq yashashiga sabab bo’lsa-da, biroq ba’zida
ular do’mboloq oshgandek qilib harakatlanishi va
bir joydan ikkinchi joyga
ko’chishi mumkin.
Gidraning tanasi ikki qavat hujayralardan, tashqi-ektoderma, ichki-
endodermadan iborat. Har ikkala qavat orasida strukturasiz
qavat mezogliya
joylashgan va u tayanch plastinkasi ham deyiladi. Ektodermasida otiluvchi
hujayralari bor. Himoya vazifasini bajaruvchi ushbu hujayralar ayniqsa
paypaslagichlarida to’da-to’da bo’lib joylashgan. Gidraning otiluvchi hujayralari
uch guruhga bo’linadi-pinetrantlar, volventlar, glyutinantlar. Ektoderma ikki qavat
bo’lib, u erda muskul hujayralari yotadi. Bular gidra
tanasining qisqarishi va
cho’zilishini ta’min etadi, hamda qoplovchi muskul hujayralari deb ataladi.
Endoderma hujayralari gidraning tana(gastral) bo’shlig’ini qoplagan yirik
xivchinli hujayralardan tashkil topgan. Xivchinlar suv oqimi hosil qilishiga yordam
beradi. Bu hujayralar orasida ovqat bo’laklarini soxta oyoqlar – psevdopodiylar
hosil qilib, qamrab oladiganlari ham bor. Ularda ovqat zarralari hazm bo’ladi.
Hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari har bir hujayra tomonidan mustaqil ravishda
gastral bo’shliqqa, undan esa suv bilan birgalikda og’iz
orqali tashqariga
chiqariladi.
Endodermadagi bezsimon hujayralar ovqat hazm qiluvchi shira ishlab
chiqaradi va gastral bo’shliqdagi yirik ovqat zarralarini parchalaydi.
Dostları ilə paylaş: