Mashg’ulotni bajarish: 1. Aktiniyalarning ho’l preparatini olib, qo’l lupasi orqali tashqi tuzilishini
kuzating. Bunda siz silindirsimon tovon qismini va tirqishsimon og’iz atrofidagi
paypaslagichlarni ko’rasiz.
2. Yoritilgan aktiniya preparatidan uning tana devorining yo’g’onligini
ko’rish mumkin.
3. Aktiniyaning tomog’ini toping va gastral bo’shliqdagi devorini tekshiring.
4. Aktiniyaning tuzilish rasmini chizing.
Mavzu haqida ma’lumot. Aktiniyalar Oq va Qora dengizlarning sayoz
qismida o’troq holda yashaydi. Ularning tanasi silindrsimon bo’lib, diametri bir
necha mm dan 0,5 m gacha yetadi. Pastki qismida tovoni bor. Bu tovon bilan
aktiniya suv tubidagi jinslarga yopishadi. Tovonining qarama-qarshi tomonidagi
og’iz teshigi tor naysimon halqumi orqali ichak bo’shlig’i bilan tutashgan bo’ladi.
Aktiniyalarning tanasi ektoderma va endoderma qismlarga bo’linadi.
Ektoderma bilan endoderma oralig’ida qalin mezogleya bor.
Aktiniyalarning
ichki qismi kovak. U ayrim jinsli. Aktiniyalar tanasining rangi atrof-muhit rangiga
yaxshi moslashgan. Ularning tanasi gulga o’xshab ketadi. Aktiniyalar o’troq
yashovchi kam harakat yirtqich hayvonlardir. Ular tovonida juda sekin
harakatlanishi mumkin. Aktiniyalar paypaslagichlari bilan har xil mayda
hayvonlarni tutib yeydi. Paypaslagichlarida juda ko’p otuvchi hujayralari bo’ladi.
Ayrim qisqichbaqasimonlar dushmanlardan o’zlarini himoya qilish uchun
aktiniyalardan foydalanadi.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq, aktiniyaning rasmini chizing. 14-rasm. Aktiniyaning tana qismlari.
paypaslagichlar
xalqum
Og’iz
Rivojlanayo’tgan
tuxum
57
Talabalar bilimini baholash uchun test topshiriqlari.