atamalar bilan
ishlashni o’rgatish.
Jihozlar: Qo’l lupalar, ko’rgazmali qurollar, Petri kosasi, tayyor preparatlar,
tarqatma materiallar. Qum chuvalchangi.
Mashg’ulotni bajarish: 1. Fiksatsiya qilingan qum chuvalchangining tanasini oldingi qismidagi
parapodiyalarini kuzatiladi. Ular faqat tananing oldingi qismilaridagina uchraydi.
Ingichkalashgan dum qismida esa parapodiyalar bo’lmaydi. Gavdaning o’rta
qismidagi parapodiyalar gavda bilan qo’shilib ketganligi kuzatiladi.
2. Petri kosaga solingan qum chuvalchangini yupqa terisi orqali xuddi
yomg’ir chuvalchanglari singari organik chirindilarga boy bo’lgan balchiqni ichagi
orqali o’tkazishini qo’l lupasi orqali kuzatiladi.
Mavzu haqida ma’lumot. Qum chuvalchangi Barents va Oq dengizlari
sohillarning qum tuproqdan tashkil topgan joylarda yoysimon inlarda yashaydi.
Inning ikkala tomonida ham tashqariga ochilgan teshigi bo’ladi. Qum orasida
o’troq hayot kechirganligi uchun tana tuzilishi ancha o’zgargan .
Tashqi tomonidan ko’rinadigan har biri 3-5 ta segmentidan keyin bitta
haqiqiy segmenti joylashgan. Bunday haqiqiy segmentlaridagi prapodiyalar
nerisning parapodiyalariga nisbatan sust rivojlangan. Ular faqat tananing oldingi
uchlaridagina uchraydi. Ingichkalashgan dum qismida esa parapodiyalar
bo’lmaydi. Gavdaning o’rta qismidagi parapodiyalar jabralar bilan qo’shilib
ketgan. Ular organik chirindiga boy bo’lgan balchiqni ichagi orqali o’tkazib uning
hisobiga ovqatlanadi. Ushbu hayvon qushlar va suv hayvonlari uchun ozuqa
hisoblanadi.
24-rasm. Nereisning ko‘ndalang kesmasi.