A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari
Maxsus kurslar. Bu kurslar o‘quvchilarning ilmiy dunyo- qarashlarini shakillantirishga qaratilgan bo‘lib, fizikaning u yoki bu bo‘limini chuqur 0‘rganadi, fizika qonunlarini amalda qo‘llanishi bilan tanishish imkoniyatlari kengayadi. “Optik hodisalar”, “Termodinamika va molekular fizika asoslari”, “Fizik masalalar yechish” kabi maxsus kurslarni o‘rganish yaxshi natijalar beradi.
Amaliy fizika kurslari. Bu kurslarning asosiy vazifasi — fizik qonun va hodisalarning muhim qo‘llanish yo‘llari va usullari bilan tanishtirish hamda hozirgi zamon texnikasiga qiziqishni orttirishdan iborat. Mexanizatsiya asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan amaliy fizika kursi, avtomatika ele- mentlarini o‘rganishga oid amaliy fizika kursi, elektronika asoslarini o‘rganishga oid amaliy fizika kursi, «Fizika va qish- loq xo‘jaligi» kabi kurslarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Yuqori darajalifizika kurslari. Bu xildagi fakultativ kurslar fundamental fizik nazariyalami to‘laroq holda o‘z ichiga oln- di. «Issiqlik, elektr va yorug‘lik hodisalari», «Mexnnikli», «Molekular’fizika», «Elektrodinamika», «Tebranishlar. To‘lqinlar. Kvantlar» kabi fakultativ mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish ijobiy natijalar beradi.
Predmetlararo mazmunga ega bo‘lgan fakultativ kurslar- ni o‘rganish ham katta ahamiyatga ega.
«Fizika—astronomiya» ga oid fakultativ kurslar quyi- dagilardir: «Koinotda Yer», «Kosmonavtika asoslari», «Kos- mos fizikasi» va hokazo.
«Fizika—matematika—informatika va hisoblash texnika- si» ga oid fakultativ kurslar: «Kibemetika elementlari», «Fizika va kompyuter».
«Fizika—kimyo» ga oid fakultativ kurslar: «Modda tu- zilishi va hossasi».
«Fizika—kimyo —biologiya—astronomiya—jamiyatshu- noslik»ka oid fakultativ kurslar: «Dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasi».
«Fizika va ekologiya» ga oid fakultativ kurslar: «Salomat- lik va atrof muhit», «Texnika va atrof muxit», «Biosfera va inson».
Yuqorida aytib o‘tilgan hamma fakultativ kurslami o‘qitish uslubi uslubiy adabiyotlarda berilgan (Masalan, «MeToanKa (jiaKyjibTaTWBHbix 3aH«THH no (j)H3HKe», O.F. Kabardin va
A. Orlov tahririda, M.: «IlpocBeuieHHe», -1988).
Fakultativ kursni o‘rgangandan keyin yakuniy konfe- rensiya o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Unda o‘quvchilar o‘z bilimlarini namoyish qiladi.
606