Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin uning kelaja- gi bo'lgan yosh avlodni tarbiyaJash, unga bilim berish ma- salasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Shu sababdan is- tiqlolning birinchi kunlaridayoq, ma’naviyatimizni tiklash, uni yanada yuksaltirish, zamonaviy talablar bilan uyg‘un- lashtirish asosida jahon andozalari va talablari darajasiga chiqarishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Bular ichi- dagi eng muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish va kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. U har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy hu- quqini ta'minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997-yil 29-avgust- da 0‘zbekiston Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida bu masalaga o‘z munosabatini bildirib, yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklarga diqqatni jalb etdi.
Asosiy masala zamon talab qilayotgan butunlay yangi tarkibdagi va yagona uslubdagi o‘rta umumta'lim, o'rta max- sus ta’lim va oliy o‘quv yurtlari islohotini o‘tkazishdan ibo- ratdir. Shu sababli ham Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadr- lar tayyorlashning Milliy dasturi» qabul qilinib, unda ta'lim sohasida tub o'zgarishlar qilish vazifalari qo'yildi.
Dasturning maqsadi, ta'lim sohasini tubdan isloh qi lish, uni o‘tmish kamchiliklaridan xoli qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma'naviyatli, ux loqli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy (i/imini yil ratishdan iboratdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy masalalarni hal etish nazarda tutiladi:
Ta’lim tizimini ko‘rsatilgan talablar asosida isloh qi- lish.
Ta'lim va kadrlar tayyorlashni rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishiga moslash.
Ta’lim tizimini yuqori malakali kadrlar bilan ta'min- lash, ularni ijtimoiy maqomini ko'tarish.
Tayyorlash tizimini mamlakatning turli sohalari bo‘yicha taraqqiyot darajasi talabi asosida qayta qurish.
Ta'lim oluvchilarni tarbiyalashning yangi usullarini ish- lab chiqish va joriy etish, ta’lim va kadrlar tayyorlash muas- sasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash, zamonga moslashtirish, tegishli mezonlar ishlab chiqish, ta’lim so- hasini rivojlantirishda budjetdan tashqari mablag1, chet el investitsiyasini kiritish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Islohotlarni hayotga tatbiq etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Birinchi bosqich (1997—2001) — mavjud kadrlar tay- yorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolgan holda ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy-me'yoriy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy sharoitlar yaratish, unda pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishni zamon- aviy talablarga keltirish, ta’lim oluvchilarga qo‘yiladigan dav- lat ta’lim standartlarini yaratish va uni joriy qilish, o‘quv- uslubiy majmualar, moddiy asos, ta'lim xizmat sohasida raqo- batni vujudga keltirish, ta'lim muassasalari faoliyatini baholash, reyting tizimini tashkil etish, xalqaro aloqalarni rivojlanti- rish, 6—7 yoshli bolalar bilan shug‘ullanish va ularning maktabda o‘qishlari uchun asos yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 —2005-yillar) — Milliy dasturni to‘la ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish, real iqtisodiy-ijtimoiy sharoitni hisobga olgan holda unga aniqlik- •lar kiritish, majburiy umumiy o‘rta maxsus kasb-hunar ta'Iimiga o‘tish, hamda o'quvchilarning qobiliyatlariga asos- langan holda tabaqalashtirilgan ta'limni to‘liq joriy etish, ta’lim mtiassalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash va uni raqobatga asoslangan holda amalga oshirish, sifatli uslubiy va boshqa adabiyotlar bilan ta'minlash.
Uchinchi bosqich (2005 va keyingi yillar) — to'plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida mam- lakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e’tiborga ol- gan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, ta’lim muassalarini resurs, kadrlar, moddiy-texnika bazasi, ilg‘or pedagogik texnologiya bilan ta'minlash, milliy oliy ta'lim muassalarini qaror toptirish, kasb-hunar ta'limi muassalarini mustaqil faoliyat yuritish va o‘zini o‘zi boshqarish shakllarini mustahkamlash, ta’iim jarayonini axborot tizimiga ulash va uni dunyo axborot ti- zimiga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olishdan iborat.
Dasturda kadrlar tayyorlashning milliy modeli batafsil yoritilib unda shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, uni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari hamda isloh qilish yo‘nalishlari bilan bir qatorda uzluksiz ta'lim tizimi va uning turlari bayon qilingan.
Ular: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yur- tidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta ’lim bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat muassasalarida hamda oilada tarbiyalanadi. Maktab- gacha ta'limni amalga oshirishda turli nodavlat jamiyatlari, fondlar faol ishtirok etadilar.
Umumiy o ‘rta ta 'lim to'qqiz yillik (I—IX) o‘qishdan iborat majburiy ta'lim. U o‘z tarkibiga boshlang‘ich ta'limni qam- rab oladi.
Umumiy ta’limning yangi tizimini va mazmunini shakl- lantirish uchun quyidagilar zarur bo‘ladi: