A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari


FIZIKA O‘QITISH USLUBLARI



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə6/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

FIZIKA O‘QITISH USLUBLARI

  1. USLUB VA USLUBIY USUL.

O‘QITISH USLUBLARINING GURUHLARGA
AJRATILISHI

O‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi va o‘zaro bog‘langan ishlarida foydalaniladigan o'qitish maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan faoliyat usullariga o'qitish us- lublari deyiladi.
Fizika darslarida turli ko‘rinishdagi o‘qitish uslublari: hikoya, tushuntirish, leksiya, namoyish qilish, masala yechish, o‘quvchilarni darslik bilan mustaqil ishlashi, kino- film va teleko‘rsatuvlardan foydalanish, o‘quvchilardan so‘rash, yozma sinov ishlari va boshqalardan foydalaniladi. M.N.Skatkin va LYa. Lerner hamma o‘qitish uslublarini beshta guruhga bo‘ladi (bilish faoliyatining xarakteriga ko‘ra): tushuntirishni tasvirlash (ilyustratsiya)uslubi, reproduktiv (esda qolganlarni tiklash) uslubi, muammoli bayon etish uslubi, savol-javob (evristik) uslubi va tadqiqot uslubi.
Yu.K. Babanskiy hamma o‘qitish uslublarini uch guruh- ga bo'ladi:
o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uslublari;
o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivatsiya lash uslublari:
5— 65
o‘quv bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish uslublari.
Fizika o‘qitish amaliyotida o‘qitish uslublarini guruhlashda quyidagicha uchta belgiga asoslaniladi: 1) o‘quvchilar bi- lim oladigan manba, 2) o‘qituvchi faoliyatining xarakteri, 3) o‘quvchi faoliyatining xarakteri.
Bu belgilarga asoslangan holda hamma o‘qitish uslublari uchta katta guruhga bo‘linadi: og'zaki, ko‘rgazmalilik va amaliy uslublarga.
Og‘zaki uslubda o‘qituvchi asosan so‘z orqali tajriba va ko‘rgazma yordamida o‘quvchilarga bilim beradi. Bu uslubga hikoya, ma’ruza, tushuntirish, suhbat, telehikoya, tele- ma’ruza, kitob bilan ishlash kiradi. Og‘zaki uslubda asosiy bilim manbai so‘zdir.
Ko'rgazmali uslubda asosiysi o‘qituvchi hodisa va narsalami ko‘rsatadi. Bu yerda so‘z boshqacharoq ahamiyatga ega bo‘ladi. So‘z yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning mantiqiy fikr- lashlarini va kuzatishlarini to‘g‘ri yo‘naltirib boradi, hodi- salarning alohida tomonlarini sharxlab beradi. Ko'rgazmali uslubga tajribalar, sxema, diafilm, rasm, chizma, kinofilm- larni namoyish qilish kiradi.
Amaliy uslub — bu laboratoriya ishlari, fizik amaliyot, sinfdan tashqari kuzatish va tajribalar, tarqatma materiallar bilan ishlash, masala yechish va boshqalar. Bu uslubni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar yangi bilim olish bilan birga tajriba qilish, o‘lchash, qidirish, masala yechish va nazariy bilim- larni qo‘llash malakalariga ega bo‘ladilar.
Hamma uslublar guruhi dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Bu uslublarni qo‘Ilash o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularda qiziqish, istak, diqqat, mehnatsevarlik kabi sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Hamma o‘quv masalalarini hal qilishda bironta uslub uni- versal yoki maroqli emas. O‘quv-tarbiyaviy ishlarning sama- rali bo‘lish sharti fizika darslarining maqsadiga ko‘ra, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda turli uslublarni qo‘llashdir.
Og‘zaki bayon tajriba va ko‘rgazmalar bilan bog‘liq holda olib boriladi, masala yechish esa tushuntirish, rasm va chiz- malar bilan bog‘langan.
Har bir uslub uslubiy usullar bilan amalga oshiriladi. Uslubiy usul o'qitish uslubining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o'quvchilaming alohida-alohida ba- jaradigan amallaridir. Masalan, laboratoriya ishini: 1) oldin o‘qituvchi tushuntiradi, keyin o‘quvchilar bajarishadi; 2 ) ba- jarish yo‘lini yo‘riqnomasidan o‘rganib, keyin bajarishadi;

  1. o‘qituvchi masala qo‘yadi, o‘quvchilar uni bajarish re- jasini tuzadilar, asboblarni tanlaydilar, keyin ishni bajaradi- lar; o‘quvchilar nazariy materialni takrorlaydilar, ishni ba- jarish rejasini tuzadilar va uni bajaradilar.

Uslubiy usullar uchta umumiy guruhga bo‘linadi: manti- qiy, tashkiliy va texnik.
Hodisalar va jismlarning turli belgilarini aniqlash, ular- ning o‘xshashligi va farqini solishtirish, xuiosalami ta’riflash, umumlashlii ish, muammo qo‘yish kabilar mantiqiy usul- lardan iboratdir.
Tashkiliy usullar yordamida o‘quvchilarning diqqati t'ushu- nishga va ishlashga yo‘naltiriladi. Masalan: 1. Doskaga berilganlar yozilgandan keyin hamma o‘quvchilar bitta masalani yecha- dilar. 2. O‘quvchilar kartochkalar bo‘yicha turlicha masala- larni yechadilar. 3. O‘quvchilar mashq qilib olgan natijalarini avtomatik qurilma yordamida nazorat qiladilar.
Texnik usulda maxsus tarqatma materiallardan foydalani- ladi. Masalan, didaktik kartochkalar yordamida masala yechish individual holatga keltiriladi; frontal tajribalar uchun as- boblar tarqatiladi.
Uslublar kabi usullar ham bir biri bilan bog‘langan holda qo‘llaniladi.
0‘qitish jarayonida mantiqiy fikrlash uslublari kcng qo‘llaniladi. Mantiqiy fikrlash uslublari induksiya va deduksi- ya, abstraksiya va umumlashtirish; tahlil va sintcz, analogiya (o‘xshatish), modellashtirishdan iboratdir.
«lnduktiv xulosa chiqarish — shunday xulosa chiqarishki, uning natijasida ma’lum bir sinfning ayrim predmellari biliin- lari asosida sinfning hamma predmetlarining bilimi to‘g‘risida umumiy xulosalar hosil bo‘ladi».
Tushuntirishning induktiv usulini qo‘llashda o‘qituvchi tajriba natijalarini ko‘rsatish va tahlil qilish asosida o‘quv- chilarni yangi bilimlar olishga olib keladi. Masalan, richag- ning muvozanat shartini tushuntirishda o'qituvchi «kuch yel- kasi» tushunchasini kiritadi, shundan keyin esa richagga turli kuchlar qo‘yish bilan yuk ta'sirini muvozanatlash mumkin bo‘lgan tajribani ko'rsatadi (bunda katta kuch kichik yelka- ga, kichik kuch katta yelkaga ega bo‘ladi). Tajriba natijalarini yozib olib (kuchlar va ularning yelkalarini), o‘qituvchi tajriba ma’lumotlarini tahlil qilish asosida richagning muvozanat shartini (induktiv) keltirib chiqaradi. Kuch va yelkalarni o‘zgartirish natijasida yana muvozanat holatini hosil qilib, yuqoridagi natijalarning to‘g‘riligini ko‘rsatib o‘tamiz. Nazariy izlanishlarda mantiqiy xulosa qilishning asosiy turi deduksiya hisoblanadi. «Deduksiya fikrlashning shunday shakliki, bunda yangi fikr sof mantiqiy yo‘l bilan (ya'ni mantiq qoidasi bo‘yicha) fikr hukmlarning ayrim ma’lumotlaridan kelib chiqadi» (Koh43kob H. JIomHecKnn c/iOBapb cnpaBOHHHK. M: 1975, 185-bet).
O‘qituvchi fizika darslarida deduksiyadan faqat umumiy holatlardan xususiy holni keltirib chiqarishdagina foydalanib qolmasdan (masalan, molekular-kinetik nazariyaning asosiy holatlaridan uning asosiy tenglamasini chiqarish va hoka- zo), shu bilan birga yangi bilimlar nazariy darajada ochib beriladigan hamma hollarda ham foydalanadi. Hodisa yoki as- bobning ishlash prinsipi u yoki bu qonun nuqtayi-nazari- dan tushuntiriladimi, formulalarni almashtirish asosida yan- gi bog‘Ianishlar keltirib chiqariladimi, yangi hodisa va qonu- niyatlarni nazariy aytib berish ishlari olib boriladimi — bu holatlarning hammasida deduktiv xulosa chiqarishdan foy- dalaniladi.
O'quvchilarni tajriba va kuzatish natijalarini tahlil qilish- ga, umumiy va bosh narsalarni aniqlay olishga, bunga asosan induktiv umumlashtirishni hosil qilishga o'rgatish ularda fizik fikrlashlarni rivojlantirish uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Nazariy, abstrakt fikrlashni kengaytirish uchun fizikani o‘rganish jarayonida abstraktlash, ideallashtirish, o‘xshatish bilan o'quvchilarni tanishtirish muhim ahamiyatga ega.
Hodisaning ikkinchi darajali, muhim bo‘lmagan xossa- larini e'tiborga olmay murakkab tabiat hodisalarini soddalash- tirib o‘rganish abstraksiyalashdir. Abstraksiyalash natijasida muhim bo‘lmagan tomonlar va hodisalarning belgilari sod- dalashadi. «Toza» ko'rinishda qarab chiqiladi. Maktabda «tekis» va «tekis tezlanuvchan» harakat o‘rganiladi. Tabiatda turli jismlar (mashina, samolyot, kemajning harakati faqat ayrim yaqinlashish bilan abstrakt ko‘rinishdagi harakatlarning biriga taalluqli bo‘lishi mumkin. Barcha empirik o‘rnatilgan qonun- lar asbtrakt qonunlardir.
Fizika darslarida materialni nazariy ochib berishda ab- straksiyalashning boshqa turi — ideallashtirishdan, ya’ni real obyektning modelidan foydalaniladi. Aniq predmetlar emas hayoliy modellargina nazariy tekshirishlarning obyektlari hisoblanadi. Fizikada atom, molekula, atom yadrosi, gaz, absolut qattiq jism va h.k. modellar qo‘llaniladi.
Model xossasini real obyektga o‘tkazishning asosi o‘xshatish uslubidir. O‘xshatish bo‘yicha qandaydir obyekt (model) haqida olingan bilim boshqa, kamroq o'rganilgan obyektga ko‘chiriladi. Bu ko‘chirish o'rganiladigan obyekt- lar o‘zlarining muhim belgilarining o‘xshashligi asosida amalga oshiriladi. Agar o'xshatish o'rganiladigan obyektlar o‘zaro izomorfizm munosabatida bo‘lsalar (masalan, hodisalar bir xil formulalar bilan ifodalansa), u holda o'xshatish bo‘yicha xulosa chiqarish ehtimoliy bo‘lmay, balki haqiqiy bo'ladi.
Masalan, ayrim mexanik va elektr sistemalari izomorf bo‘ladi. Siljish Jfva zaryad <7; tezlik z?va tok kuchi J; tezla- nish a va tok kuchining o‘zgarishi A J / A t ; massa m va induktivlik L lar orasidagi o‘xshashlikni o‘rganish keyin- chalik prujinali mayatnik tebranish davri formulasining (t = 2ny]m/k j o'xshashligi bo‘yicha Tomson formulasini
= keltirib chiqarishga; kinetik energiyaning
(Ek = mO2 /2) o'xshashligi bo'yicha magnit maydon energiyasi (W = LI2 / 2) formulasini keltirib chiqarishga va boshqalarga i'mkon beradi.
Yuqorida aytib o'tilgan uslublar bilan o‘qitish orqali o'quvchilaming fikrlashlarini talab darajasiga ko‘tarish mum- kin.

  1. OG‘ZAKI BAYON USLUBLARI

Fizika darslarida og‘zaki bayon tajriba, grafika, jadval va rasmlarni ko‘rish va tahlil qilish, masala yechish bilan uzviy bog‘langan holda olib boriladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin