A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə8/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

Ma’ruza — hikoya va tushuntirishga qaraganda ilmiy to- mondan qat'iy uzoq vaqt talab etadigan bayon qilish uslub- laridandir. Bu uslub ko‘proq yuqori sinflarda qo‘l keladi. Chun- ki u asosan to‘la bir darsga mo'Ijallanadi. Ma’ruza o‘quvchidan abstrakt tafakkur qilishni, uzoq vaqt diqqat bilan tinglay olishni, konspekt olishni, qonun va xulosalami ta'riflay olishni talab qiladi.
Hamma og'zaki bayon uslublari tajriba va ko‘rgazmalar bilan to'ldirib boriladi. O‘qituvchi darsda ham ma’ruzachi, ham tajriba ko'rsatuvchi rolini bajaradi. Uning tili aniq va qat'iy bo‘lmog‘i, jadalligi o'quvchilarning qabul qilishlarini ta’minlamog‘i lozim.

  1. MUAMMOLI O‘QITISH

Muammoli o'qitishda fizika o'qituvchisi murakkab tu- shunchalarni tushuntirishda muntazam ravishda muammoli vaziyatlar hosil qilib boradi va o'quvchilarning bilish faoli- yatlarini shunday tashkil qiladiki, ular mustaqil ravishda faktlarni tahlil qilib, hodisalarni kuzatib xulosa chiqaradi- lar va umumlashtiradilar, tushuncha va qonunlarni ta'riflaydilar, bilimlarini yangi muammoli vaziyatlarga qo‘llaydilar, masala yechadilar, labarotoriya ishlarini ba- jaradilar.
Muammoli o'qitish o'quvchilarning fikrlash qobiliyat- larini aktivlashtiruvchi muammoli vaziyat hosil qilish bos- qichidan boshlanadi. Keyingi bosqichlari: muammoni aniq- lash, uni hal qilish usullarini aniqlash, muammoni hal qi- lish, xulosani ta'riflash va yakun yasashdan iborat.
Muammoli vaziyat qiyinligi o‘quvchilar tomonidan uni hal etishga kuchlari yetadigan bo'lsin va bu qiyinchilikni yen- gishga ularda qiziqish uyg‘ota olsin. Masalan, kutilmagan muammoli vaziyatlarni quyidagicha hosil qilish mumkin: is- siq xonada efirni bug‘latib suvni muzlatamiz (bug‘Ianish ho- disasi), kuchli bo'ronda uyning tomi ajrab yuqoriga ko‘tarilib ketishi (Bernulli qonuni). Bularni fizika nuqtayi nazaridan qanday tushuntiriladi?
Muammoli o'qitish bir necha xil bo‘lishi mumkin.

  1. O‘qituvchi muammoni o'rtaga qo‘yib, uni o‘zi hal qiladi yoki u fanda qanday qilinganini ko'rsatadi (muammo- li bayon qilish).

  2. O‘qituvchi muammoli vaziyatni hosil qilib, uni hal qilishga o‘quvchilarni ham jalb qilib boradi (evristik suhbat).

  3. 0‘qituvchi muammoni ta'riflab, uni hal etishni o‘quv- chilaming o'zlariga tavsiya etadi (eksperimental masala, uy vazifasi va kuzatish ko'rinishida).

  4. O‘qituvchi muammoni o‘quvchilarning o‘zlari qo‘yish- lariga va uni hal etish yo‘llarini topishga undaydi.

Endi muammoli vaziyatlarni hosil qilish yo‘llarini ko‘rib chiqaylik.

  1. O‘rganiladigan hodisaning fan, texnika va hayotdagi ahamiyatini ochish orqali muammoli vaziyat hosil qilish. O‘rganiladigan materialning texnika va hayotda qo‘llanilishini juda ko‘p mavzularda aytib, o‘quvchilarning fikrlashlarini faollashtirishga imkoniyat juda katta, chunki fizika texnika- ning asosini tashkil qiladi. Shuni ham aytish kerakki, o‘quv- chilar teleko‘rsatuvlardan, ommabop kino va adabiyot- lardan, radiodan va h.k. dan ko‘plab axborotlar oladilar. Shu- ning uchun o‘quvchilarga ular eshitgan texnika va boshqa yutuqlarining mohiyatini o‘rganiladigan hodisa orqali bilish va ochib berish mumkinligini aytib, unga o‘quvchilar e’tiborini jalb qilish lozim. Buni misolda ko‘raylik.

  1. Mexanikaning asosiy masalasi harakatdagi jismning ixti- yoriy paytdagi holatini aniqlashdan iborat ekani, mexanika uni hal qilishini aytib, buning texnikadagi ahamiyatiga to‘xtalamiz. Bu asosiy masala snaryadlarning, ballistik rake- talaming, uchuvchisiz samolyotlaming, sun’iy yo‘ldoshlaming trayektoriyalarini hisoblashda zamrligini, bu usulda juda katta aniqlikda hisoblanayotgani, yer yo‘ldoshlari aniq trayek- toriyalarda uchayotgani («Venera»,»Mars»), kosmik kema- lar o‘zaro va stansiyalarga aniq biriktirilayotganini aytib, uning ahamiyati qanchalik kattaligini uqtiramiz.

  2. Suyuqliklarda elektr tokini o‘rganishda muhim texnik masalaning hal qilinishi, ya'ni toza mis va boshqa metallar- ning olinishida, qoplash ishlarida ahamiyati kattaligi aytib o‘tiladi.

  3. Fotoeffektni o‘tishda televideniye, tasmaga tovushni yozish va eshittirish, quyosh batareyallarida fotoeffektning ahamiyatini aytib, yer sun'iy yo‘ldoshlarida quyosh batare- yalari o‘rnatilgani, yengil bo‘lishi, apparatlarning elektr energiya bilan ta'minlanishi, lunaxod 1 yil davomida elektr energiya bilan ta'minlangani aytib o‘tiladi.

  4. Amper, Lorens kuchlarini o‘tishda dvigatellarning, tezlatgichlarning ishlashidagi ahamiyatiga to‘xtalamiz.

Bu usullarning ahamiyati katta bo‘lib, uni hikoya tarzidu berish ma’quldir. M: ishqalanishning zararini 0‘quvchilur bilsalarda, foydasini bilmaydilar. LJning foydasi haqida hikoya
qilib, agar ishqalanish bo'lmasa odam yerda yurolmasligi, transporterlardapaxtani yuqoriga chiqarib bo‘lmasligi, skrip- ka, gijjaklardan tovush chiqmasligi va h.k. haqida hikoya qi- linadi.
Bu usullar o‘rganiladigan mavzularni hayot bilan bog‘laydi< ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Mavzuni o‘tib bo‘lgandan keyin uni texnikadagi mohiyatini ochib berishga yana bir to‘xtalib o‘tish o‘quvchilar diqqatini unga jalb qi- ladi.

  1. O‘quv muammosini qo‘yishdaflzik eksperimentdan foy- dalanish. Eksperiment bilim manbayi, fizik tadqiqotning us- lubi, dunyo haqidagi bilimning mezonidir. O‘quv muam- mosini qo‘yishda eksperimentdan ham foydalaniladi, chunki u o‘quvchilar diqqatini o'ziga tortadi. Yangi kutilmagan ef- fektlarni kuzatish o'quvchilarni bilish faolligini uyg‘otadi, hodisaning mohiyatini bilishga intilish hosil qiladi. Shuning uchun ba'zi hollarda bo‘ladigan hodisani diqqat bilan kuza- tish taklif etilsa, boshqa hollarda tajriba natijalarini oldindan aytib berish taklif etiladi. Shularga misollar ko'raylik:


  1. 2-rasm.
    Bolalar qattiq jismning suvda qo‘llanishini juda ko‘p ko‘rganlar va biladilar. Lekin uning mohiyati, ya’ni qanday qo‘llanish sababi ustida o'ylamaganlar. Bu hodisaning saba- bini bilishga qiziqish uyg‘otishni quyidagi tajribani ko‘rsatish orqali amalga oshirimiz (2-rasm). Prujinaga shisha plastinkani uning ostki yuzasini idishdagi suv sirtiga tegizib ilamiz va idishdagi suvni pastga tushira borsak, nima bo‘lishini kuza- tishni o‘quvchilarga taklif qilamiz. Ularning diqqatini plas- tinka suvdan birdan uzil- masligiga va prujinani cho'zilishiga qaratiladi. Buni qanday tushuntirish kerak? Boshlang‘ich taj- riba shu yerda to‘xtatiladi. Muammoli vaziyat hosil qilindi. Bu vaziyat tahlil qilinadi: o‘quvchilarga bu vaziyatni tushuntirishga o‘z farazlarini aytish taklif etiladi. Ular oldingi darsdan mole- kulalarning o‘zaro ta'sirini bilganlariga asosan kuzatilgan ho- disaning mohiyati haqida to‘g‘ri xulosaga keladilar. Shundan keyin mavzu beriladi va eksperiment davom ettiriladi. Suvli idishni shisha plastinka suv sirtidan uzilib chiqib ketguncha pastga tushiramiz. O‘quvchilar uzilgan shisha plastinka ho‘llanganini ko‘radilar va unga ahamiyat beradilar. Shunga asosan ho‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Suyuqlik turli shakldagi, lekin asoslarining yuzi bir xil bo'lgan idishlarga bir xil balandlikda quyilsa, uning beradigan bosimi qanday bo‘lishini oldindan aytib be- rish so‘ralsa ular adashadilar, ya’ni katta idishda suyuqlik ko‘p bo‘lgani uchun uning bosimi katta bo‘ladi, degan fikrni beradilar. Tajriba qilinganda bosim hammasida bir xil (hatto kichik idishda ham) bo'ladi, bu ularga tushun- tirib bo'lmaydiganday tuyuladi. Muammoli vaziyat hosil qilindi.
Elektromagnit hodisalarni o‘rganishda Ersted tajribasini ko‘rsatib, magnit strelkasining bunday hulqini qanday tu- shuntirish mumkin, degan savolni qo‘yib muammoli vaziy- at hosil qilamiz. O‘quvchilar tokning magnit ta’siri haqidagi bilimlarini faollashtiradilar. O‘qituvchi magnit maydon tu- shunchasini kiritib, muammoni hal qiladi.
Oldin tajribani ko‘rsatib, muammoni qo'yish yuqori sinf- larda ham katta ahamiyatga egadir. Masalan, kichkina sole- noidning kattasini ichiga kiritib, ulardan bir xil yo‘nalishda tok o‘tkazamiz. Keyin biridagi tokning yo'nalishini o‘zgartirsak, kichik solenoid kattasining ichidan otilib chi- qib aylanib (180° ga) oladi va yana katta solenoid ichiga kira- di. Muammoli vaziyat hosil bo‘ldi. Buni tushuntirishga o‘quvchilarning quyi sinfda olgan tokning magnit maydoni haqidagi bilimlari yetarli bo‘lmasada unga asosan vaziyatni tahlil qilib, magnitning o‘zaro ta'sirini chuqurroq o‘rganish lozimligini tushunadilar.
O‘quvchilar tebranish va majburiy tebranishlar bikm (a- nishganlaridan keyin avtotebranishni o‘tishdan oldin quyi dagicha muammoli vaziyat hosil qilamiz. Shtativga I kg inas
sali toshni prujina yor- damida ilamiz (3-rasm). Uning tagiga universal transformatorning bir g‘altagini o‘zagi bilan (220 V) qo‘yamiz. U toshdan 1—2 sm past- da bo‘ladi. Ikkinchi shtativga po‘lat chiz- g‘ich mahkamlab, uni toshga tegizib qo'yamiz. Qurilmani tok man- baiga ulasak, tosh avtotebranish hosil qiladi. Uning tebra- nish davri 1.2 s. Lampochka tebranuvchi sistemaga energiya berilayotganini ko‘rsatib turadi (yonib-o‘chib). Tebranish amplitudasi tok kuchiga bog‘liq bo‘lib, uni reostat yordami- da o'zgartiriladi. O‘quvchilardan bu qanday tebranma ha- rakat qilayotgani so‘ralganda, ular uni erkin tebranma ha- rakatga ham majburiyga ham o‘xshata olmaydilar. Muammoli vaziyat hosil bo‘ldi. O‘quvchilar avtotebranishning erkin va majburiy tebranishdan farqini aniqlaydilar. Muammoning bunday tahlili avtotebranish tushunchasini kiritishga va uning xususiyatlarini o‘rganishga olib keladi.
0‘quvchilarga bir necha darsdan keyin hal qilinadigan o‘quv muammosi tajriba orqali oldindan qo‘yilishi ham mumkin. Masalan: elektr maydonini o‘rganish vaqtida qu- yidagi tajribani ko‘rsatib, muammo qo‘yish mumkin.
Ikkita plastinkani vertikal joylash- fffff tirib oralarini 8—10 sm qilib qo‘yamiz. “^T Orasiga ipga osilgan stol tennisi
sharchasini tushiramiz. Plastinkalar zaryadlansa, sharcha yaqinroqdagi plastinkaga tortiladi (4-rasm). Agar sharchani grafit (qalamniki) bilan ® bo‘yasak, u plastinkalar orasida teb- ranadi. Uni o'tkazgich va dielektrik- lar elektr maydonida mavzularini o‘t-
4-rasm. gandan keyin hal qiladilar.
Eksperiment yordamida muammolar qo‘yishga yana ko‘plab misollar keltirish mumkin. O‘quv muammosini qo‘yishni eksperiment tanlashning psixologik qonuniyatlariga amal qilgan holda amalga oshirish lozim.
Agar yangi tajriba avvalgilari bilan bog‘langan holda qo‘yilsa, o‘quvchilarda qiziqish uyg‘onadi. O‘quvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan yoki tushunib bo'lmaydigan tajriba- lar qiziqish uyg‘otmaydi. Quyi sinflardagi tanlangan tajri- balar o‘quvchilarga kuchli ta’sir etadigan va ularni o‘ta ha- yajonlantiradigan bo‘lsa, o‘quvchilar diqqatlarini ularga qa- rata olmasliklari mumkin. Bu vaqtda ulaming diqqatini tajribani tahlil qilishga jalb etish ancha qiyin bo‘Iib qoladi. M: Atmos- fera bosimini o‘tishda darsni magdaburg yarim sharlari bilan o‘tkaziladigan tajribadan boshlamaslik kerak. Uni dars oxiri- da ko‘rsatib, tushuntirishni taklif etish maqsadga muvofiqdir.
Ba’zi bir oldindan qo‘yiladigan tajribalar o‘quvchilarda faqat qisman qiziqish uyg‘otadi xolos. M: kerosin lampa ustida pildiroqning aylanishi (konveksiyani o'tishdan oldin). Jismlar- ning elektrlanishi, Ersted tajribalari esa o‘quvchilarda ular- ning mohiyatini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Qo‘yilgan tajri- bani yangi materialni o‘rganish paytida yoki o‘rgangandan keyin tushuntirib berishni taklif qilish ham o‘quvchilarning faolligini oshirishda katta ahamiyatga egadir.


  1. Yüklə 1,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin