A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə14/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

Xulosa. Bunday vaziyatda Nyuton qonunlari qo‘llaniladi.
Masalani yechish rejasi. a) Qonunni almashtirish. Yukka nisbatan Nyutonning ikkinchi qonunini yozamiz:
F = ma.
Bu yerda F — yukka ta’sir etuvchi hamma kuchlarning teng ta'sir etuvchisi. a — yukning tezlanishi. Yukning harakatini kuzataylik: uning trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan (yuqoriga tik ravishda ko‘tariladi) iborat; tezlik va tezlanish vektorlari yuqoriga yo'nalgan; unga og‘irlik kuchi P=mg va taranglik kuchi T ta'sir qiladi; ularning teng ta'sir etuvchisi tezla_ nish bilan bir xil yo‘nalgan bo‘ladi. Teng ta’sir etuvchi kuch F = P + T. Harakat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo'ladi:
mg + T = ma. (])


Tpoc

P=my
bu Nyutonning ikkinchi qonunining berilgan vazi- yatga mos formulasidir (6- rasm).
b) Matematik almash- tirishlar. Y o‘qini yuqoriga tik yo‘naltiramiz va unda (1) ning proyeksiyalari teng- lamasini tuzamiz:
- mg + T=mar, bu yerda:
T=T; ay = a,
6-rasm. buni e'tiborga olsak: T— mg = ma, bundan trosning elastik- lik kuchi (yukka ta’sir etuvchi kuch), ya’ni yukning og‘irligi:
T = mg + ma = m(g + a), (g = 10^)
~ s2

Z = 1000kf| 10^ + 25
l S2
m U 35000 =35 kN.
s2 J s2
Natijani tekshirish: Elastiklik kuchining birligi nomi to‘g‘ri va son qiymati ham haqiqatga yaqin, chunki Tmoduli bo‘yicha mg = 9800 N dan kattadir. Agar yuk tekis ko‘tarilganda (a = 0) T= mg bo‘lib, tekis harakatdagi qiymatga to‘g‘ri keladi.

  1. bob
    FIZIKADAN LABORATORIYA
    MASHG'ULOTLARI


  1. FRONTAL LABORATORIYA ISHLARI
    VATAJRIBALAR


Frontal laboratoriya ishlarida hamma o‘quvchilar bir xil- dagi asboblar bilan bir xildagi topshiriqni bajaradi. Frontal uslub materialni laboratoriya ishlari, kuzatish va tajriba bilan uzviy bog‘lashga imkon beradi.
Frontal laboratoriya ishlarining ahamiyati shundaki, o‘quvchilar sekin-asta bilim olish bilan birga malakalari ham ortib boradi.
Frontal laboratoriya ishlarining eng yaxshisi didaktik maqsadlarga ko‘ra tasniflash (guruhlash)dir. Bu belgisiga ko‘ra ular quyidagicha guruhlarga ajratiladi:

  1. fizik hodisalarni kuzatish va o‘rganish. Masalan, tok va magnitning o‘zaro ta'siri, interferensiya, moddalarning mag- nit xossalari kabi hodisalarni kuzatish va o‘rganish.

  2. o‘lchov asboblari bilan tanishish va fizik kattaliklarni o‘lchash. Masalan: massa, tok kuchi, kuchlanish kabilarni o‘lchash.

  1. ba’zi bir fizik asboblar va texnik qurilmalarning tuzi- lishi vaishlash prinsipi bilan tanishish. Masalan, elektro- magnit, o‘zgarmas tok generatorini yig‘ish va ishlashini sinash, elektron ossillografni o‘rganish.

  2. miqdoriy qonuniyatlarni aniqlash yoki tekshirish. Ma- salan, Boyl-Mariott qonunini tajribada tekshirish; yorug1- likning qaytish qonunlarini o‘rganish.

  3. modda va hodisalarning fizik xarakteristikalarini, fizik doimiylarini aniqlash. Masalan, erkin tushish tezlanishini, ishqalanish koeffitsiyentini, yorug‘likning sinish qonunlarini, zichlikni, solishtirma issiqlik sig‘imini, solishtirma qarshilik kabilarni aniqlash.

Frontal laboratoriya ishini bajarish sxemasi asosan qu- yidagicha; kirish suhbati, o‘quvchilar tomonidan tajribani bajarish, olingan natijalarni ishlab chiqish, ishga yakun yasash.
Kirish suhbati. Laboratoriya ishlarini ongli ravishda ba- jarishlarini ta'minlash maqsadida frontal so‘rash orqali tajri- baga oid bilimlar o‘quvchilarning eslariga tushiriladi, bundan tashqari o‘qituvchi asboblar bilan muomala qilish, materi- allardan foydalanish qoidalari, o‘lchash aniqligiga ahami- yat berish, o‘lchash xatoliklari va ularning oldini olish, texnika xavfsizligiga rioya qilish, hisobot yozish haqida ko‘rsatmalar beradi. Natija aniqligini orttirish uchun har bir kattalikni 3—5 marta o‘lchab o'rtachasini olish lozimligini uqtirib o‘tadi.
Tajribani bajarish. O‘quvchilar tajribani bajarishdan ol- din asboblar bilan tanishadilar va stol ustida tajriba uchun kerakli asboblarning hammasi borligini aniqlab, keyin ishni bajarish rejasi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchashlarni bajaradilar, o‘Ichash natijalarini jadvalga yozib boradilar. O‘qituvchi aylanib yurib, o‘quvchilarga ko‘rsatmalar bera- di, ba’zi qiynalayotganlarga indivjdual yordam ko‘rsatadi.
Olingan natijalarni ishlab chiqish. Olingan natijalarga ko‘ra o‘quvchilar hisoblash ishlarini bajaradilar yoki xulosa chiqaradilar. Keyin ular hisobot yozadilar. Unda ishning raqa- mi va nomi, bajarilgan vaqti, nazariy qismining qisqacha mazmuni, qurilmaning rasmi yoki sxemasi, o‘lchash nati- jalarining jadvali, xatoligi va xulosa yoziladi. O‘quvchilar ko‘rsatmadan foydalanib ishni bajargan bo‘lsalar, u holda hisobotga ishni bajarish tartibini yozmasalar ham bo‘ladi.
Ishga yakun yasash. Dars oxirida ko‘pchilik o‘quvchilar o‘lchash va hisoblash ishlarini bajarib bo‘lganlaridan keyin olingan natija va xulosalarni o‘qituvchi rahbarligida muhoka- ma qilishadi. O‘quvchilar o‘z xatolarini ko‘radilar. Bu yerda o‘quvchilarning ishdan oladigan xulosalariga va kattaliklar orasidagi bog‘lanishlami aniqlashlariga katta ahamiyat berish lozim.
Laboratoriya ishiga har bir o'quvchiga alohida baho qo‘yiladi. Baho qo‘yishda o'quvchining mustaqil bajarish darajasi, to‘g‘ri o‘lchash, hisoblash va hisobot yoza olish qobiliyati, yakunlovchi suhbatda javobining chuqurligi va aniqligi hisobga olinadi.
Laboratoriya ishini bajarishga quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Laboratoriya ishi; «EYuK ni va tok manbaining ichki qarshiligini aniqlash».

Amaliy vazifa


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin