A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari


I. Maqsadning namoyon bo‘lishi



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə15/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

I. Maqsadning namoyon bo‘lishi
Akkumlyatorlar elektrotexnikada, radiotexnikada, suv osti kemalari va boshqalarda keng qo‘llanilmoqda.Masalan, suv osti kemalari suv ostida suzganda hamma mexanizmlar akkumlyatorlar orqali harakatga keltiriladi.Bu tokmanbalari transportda ham keng tarqalgan. Ular yaxshi o'zgarmas tok manbalari hisoblanadi, shuning uchun laboratoriya amaliyotida keng tarqalgan. Amaliy maqsadlarda tokmanbai xarakte- ristikalarini aniqlashni bilish muhim. Akkumlyatorning ichki qarshiligini va EYuK kattaligini qanday aniqlash mumkin?

Ishning maqsadi

  1. Mazmuniga ko‘ra: amalda tokmanbai ichki qarshiligini va EYuK ni aniqlash usul- laridanbiri bilan tanishish (fizikkattaliklarni aniqlashning eksperimental metodi);

  2. Ish faoliyatini tashkil qilishga ko'ra: ish faoliyatining har bir bosqichining maqsadi va ketma-ketligi bilan tanishish.




Kerakli axborotni yig‘ish
II. Ishni rejalashtirish
Berk konturdagi EYuKzaryadni ko'chirishda chetki kuchlarning bajargan ishining shu zaryad miqdoriga nisbati bilan ifodalanadLHisoblash formulasi £• _
q '
SI da EYuK birligi '\r = JL = 'J_
1 1 K1 ’ Kl'
Tokmanbaining ichki qarshiligi kattaligi ha- qidagi bilimlar: Tokmanbaining ichki qarshili- gi elektrolit eritmasining va elektrod qarshili- giga bog‘iq. SI da ichki qarshilik Om larda o‘lchanadi. £va rorasidagi bog‘lanish to‘la zanjir uchun Om qonuni bilan ifodalanadi:

yoki E=U+ Ir, bu yerda U = IR. Demak, E = IR+ Ir
REJA TUZISH

Harakatning belgilanishi

0‘quvchi faoliyati

Nazorat

1.0‘lchashlar ketma-ketligini tuzish va ishchi formulalarni tanlash

Tok manbaining ichki qarshiligini va EYuK kattaligini Omqonuni- dan foydalanib ikki mar- ta aniqlash.Tokkuchi va kuchlanishni ikki mar- tadan o‘lchash zarur.

Oraliq hisoblashlarni bajarish va hisoblash formulasini olish.

2.Asboblar va jihozlarni tanlash

Tokkuchi va kuchlanishni o'lchaydi- gan asboblarni eslash.

Ampermetr bilan tok kuchini aniqlash.
Voltmetr bilan kuchlanishni aniqlash




Elektr zanjiri tuzish uchun qo'shimcha jihozlarni eslash.

Tanlangan jihozlarni birma-bir ko'rsatish; tokmanbai, kalitva ulash simlari; reos- tat, shayinli tarozi va toshlari, ampermetr, voltmetr, richag




3. Elektr zanjirini ishga tayyorlash
Tanlangan sxema asosida elektr zanjiri yig'ish. Yig'ilgan zanjirni tekshirish. ■
REJANING AMALDA BAJARILISHI

Harakatni belgilash

0‘quvchi faoliyati

Nazorat

l.Elektr zanjirini yi- g‘ish

Elektr zanjiri sxemasini chizish. Sxemaga asosan hammaasboblarni stol ustiga joylashtirish va ularni ulash

Sxemada ulangan asboblar qutblarini ko'rsatish

2.Yig‘ilgan zanjirni tekshirish

Reostat dastagini o‘rtaga keltirish. Zanjirda uzilish yoki qisqa tutashuv yo'qligini tekshirish. Asboblar qutblari zanjirga to'g'ri ulanganligini tekshirish

Zanjirni berkitish

3.Tokkuchi va kuchlanishni o‘lchash

Reostatning ikki xil holatida voltmetr va ampermetr ko‘r- satishini yozish.

Reostat dastagini o'rtaga so'ngra chekkaga surib, o'lchash

4.0‘lchana- digan
kattal iklarni hisoblash

Kuchlanish va tokkuchi qiymatlarini formulaga qo‘yish
EYuK va ichki qarshilik qiymatlarini yozish

Hisoblash


NAZORAT

Harakatni belgilash

O‘quvchi faoliyati

Hisoblashdan va o'lchashdan olingan EYuK qiymatlarini solishtirish.

Zanjirni uzish va voltmetr bilan manba EYuKini o'lchash. Hosil bo'lgan farqning mumkin bo'lgan sababini tushuntirish.

Frontal tajriba qandaydir bitta amaldan (kuzatish, o‘lchash) iborat bo‘lib, uni o‘quvchilar o‘qituvchi rahbar- ligida ko‘rsatmasiz amalga oshiradilar. Bu amal o‘rganilayotgan materialga taalluqli bo‘lib, 3—10 minutga mo‘ljallangan bo‘ladi. Uni bajarib bo‘lish bilanoq xulosa chiqariladi. Uni har bir o‘quvchi yoki ikkitadan bo‘lib bir vaqtda bajaradi- lar. Frontal tajriba dars vaqtida o‘quvchilarning fikrlashlarini boshqarib borishga, ularning diqqatini bir narsaga qaratish- ga imkon beradi. Masalan, jismlarning elektrlanishini kuza- tish, kondensator, reostat, elektromagnitning tuzilishini o‘rganish kabilar frontal tajribalardir.

  1. FIZIK AMALIYOT

Labaratoriya amaliyoti frontal ishlaming yuqoriroq shak- li bo‘lib, u o‘quvchilardan mustaqillikni va murakkab tajriba bazasini talab qiladi. Amaliyot katta bo‘lim o‘tilgandan keyin yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. Amaliyotni tashkil qilish- da kerakli asbob va qurilmalarning yetarliligi, ularni ratsio- nal va xavfsiz holda qo‘llash mumkinligi asosiy rol o‘ynaydi.
Amaliyotning samaradorligi o'quvchilarning nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, u mustaqil ishlarning muhim bir ko'rinishlaridandir. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini samarali ravishda boshqarish uchun har bir ishga yetarli ko‘rsatma yozish lozim. Unda kerakli rasm, chizmalar va yordamchi adabiyotlar ko‘rsatilishi kerak. Ko‘rsatmada asosan quyidagilar aks ettiriladi:

  1. Ko‘rilayotgan ishning qisqacha nazariyasi va izlanayot- gan kattalikni aniqlashning biror usuli haqida qisqacha ma’lumot.

  2. Kerakli asboblar ro‘yxati va o‘quvchilarga tanish bo‘lmaganlari haqida qisqacha tushuntirish.

  3. Ishni bajarish tartibi.

  4. O‘lchash natijalarini yozish tartibi va xatolikni hisob- lash usuli haqida ko‘rsatma.

Amaliyotni bajarishdan oldin uning vazifasi, mazmuni, bajarish grafigi, o‘quvchilar ularni bajarish vaqtida o‘zlarini qanday tutishlari haqidagi qoida, har bir ishning qisqacha tahlili, o‘lchash usullari, o‘lchov asboblaridan foydalanish qoidalari, xatoliklarning tahlili, texnika xavfsizligi, hisobot shakli va o‘qituvchiga topshirish haqida qisqacha kirish suh- bati o‘tkaziladi. Keyin o‘quvchilarni zvenolarga bo‘lib chiqi- ladi.
O‘quvchilar amaliyotni bajarayotganlarida o‘qituvchining asosiy vazifasi ularda mustaqillikni tarbiyalashdan, amaliy malakalarini rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. U o‘quvchilarning ishlarini diqqat bilan kuzatib borishi, orqa- da qolayotganlarga yordam ko‘rsatishi, qo‘shimcha topshiriqlar berishi lozim.
Maktabda quyidagicha amaliyotlarni bajarish mumkin: «Kinematika qonunlarini o‘rganish», «Kondensatorning sig'imini aniqlash», «Yarim o‘tkazgichlarning volt-amper xarakteristikasini olish», «Yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlash», «Tovush tezligini aniqlash» va boshqalar.

  1. SINFDAN TASHQARI KUZATISH
    VATAJRIBALAR


Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan (uy) kuzatish ishlari va tajribalar nazariya bilan amaliyotning bog‘lanish sohasini kengaytiradi, o‘quvchilarni mustaqil izlanish ishiga o‘rgatadi, fizika va texnikaga qiziqishlarini orttiradi.
Uy tajribalarining 6—7-sinflarda bajarilishi muhimdir, ular sodda bo‘lishi va o‘quvchilaming yoshiga mos tushishi lozim. 6—7-sinf o‘quvchilarining uylarida quyidagi asboblar bo‘lishi yetarlidir: masshtab chizg‘ichi, menzurka, voronka, shayn- li tarozi (toshlari bilan), dinamometr, termometr, magnit, temir qipiqlari, ulagich simlar, rezinavashishanaychalar. O‘quvchilarga, masalan, quyidagicha topshiriqlar berish mumkin:
Fanerning qalinligini, simning diametrini aniqlash.
Yurakning har bir urishi orasidagi vaqtni aniqlash.
Menzurka yordamida idishning hajmini aniqlash.
Suvning qaynashini kuzatish.
Suyuqlikning sirt tarangligini kuzatish.
Uyda va tabiatda yorug‘lik dispersiyasi, interferensiyasi va difraksiyasini kuzatish.
Uyga tajriba va kuzatishni vazifa qilib berayotganda uning maqsadi va bajarish usullari aniq berilishi kerak. 0‘quvchilarga oldindan savollar berib qo‘yilsa, ular tajribadan javoblar topadilar. Bajargan ishlari haqida qanday hisobot yozishlari tushuntiriladi. O‘quvchilarning uy tajriba vakuzatish ishlarini muntazam ravishda .tekshirib, baholab borilsa, u yaxshi yutuqlarga olib keladi.

  1. bob


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin