Uy ishini tashkil qilish. O‘qituvchi faoliyati o‘quvchiga uy vazifasini bajarishga yordamning tashkil qilinishini ko'zda tutadi. Darsning umumiy o‘quv jarayonida uy ishi o‘quvchi uchun boshqa vazifalar bilan bir qatorda o‘z-o‘zidan na- zorat va bilim, malakalar egallash bo‘yicha o‘z faoliyat- larini baholash funksiyasini bajaradi.
Misol tariqasida quyidagi darsni ko‘rib chiqamiz.
Mavzu: Molekulalarning o‘zaro ta’sir kuchi.
Darsning maqsadi. O‘quvchilar molekulalarning o‘zaro ta'sirining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zlashtirishlarini ta’minlash.
Darsning vazifalari. Ta’lim vazifasi:
molekulalarning o‘zaro ta'siri haqidagi bilimni kengay- tirish va chuqurlashtirish; o‘zaro ta’sir obyektlarining (atom- larning, molekulalarning) ajralmas xossasi ekanini ko'rsatish;
molekulalarning o‘zaro ta'siri elektromagnit tabiatga egaligini ko‘rsatish; kuch — jismlarning va zarralarning o'zaro ta'sirining asosiy xarakteristikalaridan (xususiyatlardan) biri ekani haqidagi o‘quvchilar tasavvurini kengaytirish;
o‘rtaga tashlangan qoida yoki qonunni asoslash uchun material tanlash mahoratini shakllantirish.
Tarbiyaviy vazifasi:
molekulalarning o'zaro ta'siri hodisasida qarama-qarshi ta'sir qiluvchi tomonlarni ko'rsatib, o'quvchilaming qarama- qarshiliklar kurashi va birligi qonunini tushunishlariga olib borish;
empirik va nazariy umumlashtirish (tasvirlash va tu- shuntirish) funksiyalari bilan tanishtirish.
Fikrlashni livojlaniirish: — asosiylarni ajratishga muvofiq holda ma'lum bo‘lgan berilganlarni umumlashtirish mahoratini shakllantirish.
0‘rganiladigan material ustida ishlash.
Darsning vazifa- sini hal qilishga o'quvchilarni tay- yorlash.
l.O‘qituvchi 6-sinfda modda tuzilishini o'rga- nilayotgan “Modda zarralari orasida o‘zaro tortishish va itarishish mavjud”— degan fikr ilgari surilganligini o'quvchilarga eslatadi. Keyin qalay silindrlarning va shishaplastin- kalarning yopishib qolishini tajribada takroran ko‘rsatgandan keyin savol qo'yadi: Nima uchun bu hodisa sodir bo'Iadi? Uni qanday kuzatish mumkin? Amaliy faoliyatda u qayerlarda qo'llanadi? (muammo qo‘yildi).
Fizikkattalik sifatida kuch haqidagi avval o'zlashtirilgan bilimlarni faoillashtirish
2.Suhbat orqali o‘zaro ta'sirning asosiy xarak- teristikasi kuch haqidagi o'quvchilar bilimi ro'yobga chiqariladi: modda zarralari orasidagi o'zaro ta'sirning darajasi va mavjudligini xarakterlovchi misollar keltirish taklif qilinadi; jismlarning o'zaro ta‘sirini xarakterlovchi kat- taliklarni ajratish; nima uchun bu kattaliklar orasida molckulyar darajada asosiy diqqatni kuchga qaratilishini asoslash; kuchning asosiy belgilarini eslash; uni zarralarning issiqlik harakati shakliga qo'llab bo‘lish-bo‘lmasligini ochib berish; molekulalarning o'zaro ta'sir kuchini o'lchash usullarini ko‘rib chiqish. 0‘quvchilarga ma'lum bo'lgan asboblar bilan molckulalar majmuining o'zaro ta'sir kuchi- ning o'rtacha natijasinigina bilvosita qayd qi - lish mumkinligi ta'kidlanadi; zarralar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchining xarakterini qayerlarda c'tiborga olish zarurligi ko'rsatiladi; yelimlashda ko‘p qavatli modda hosil qilishda va hokazo.
Yangi material bilan tanishish.
Dars vazifasining qo'yilishi va mavzuning ta'riflanishi
3.0‘qituvchi molekulalarning o‘zaro ta'sirdan keng va asoslangan holda foydalanish uchun bu hodisaning xususiyatlarini bilish zarurligini tushuntiradi.Bu xususiyatlarni o'rganish shu darsning asosiy vazifasidir.Keyin dars mavzusi: “Molekulalarning o‘zaro ta'sir kuchi” kiritiladi.
0‘rganish uslubini tanlash
4.Atom va molekulalar ichida zarralarning harakati va ular orasidagi o‘zaro ta'sir kuchini o'rganish murakkab masala ekanini belgilaydi. Ba’zi bir hodisalarni tushuntirishda atom fizikasida olingan natijalarni tasvirlash usulidan foydalanish mumkin.
Atom va moleku- lalarning tuzilishi haqidagi masala- larni ochib berish
5.Molekulalar (atomlar) orasidagi o‘zaro ta'sir kuchining tabiati haqida so’zlab beradi. 6.0‘quvchilarga darslikdan mustaqil ravishda molekulalarning o‘zaro ta'sir kuchi ular orasi- dagi masofaga bog‘liq holda o‘zgarishini o‘r- ganish topshiriladi.
7.0‘quvchini chaqirib, grafikbo‘yicha o‘zaro ta'rnir kuchi haqida gapirib berish so‘raladi. Grafikda hamma parametrlar ko'rsatilgan (chizma yoki plakat doskaga ilib qo‘yiladi), o‘quvchi grafikni tasvirlashda asosiy holatlarni ajratib o‘tadi.
O‘quvchi javobni reja bo'yicha olib boradi:
Grafikda tasvirlangan hodisani ifodalab bering.
O‘zaro ta'sir qilayotgan molekulalarning o‘rnini.ajratish; siljiyotgan molekulaning ko‘chish nuqtalarini ko‘rsatish; hikoya qilina- yotgan sharoitni aniqlash.
d) Nuqtalarda kuchning o‘zgarish xarakterini tushuntirish, keyin darslikdagi chizmada bu qanday aks ettirilganini tushuntirish;
Bilimni takomil- lashtirish va qo‘l- lash. Grafikbilan ishlash vaqtida bilimni qo'llashni mashq qilish
8.O‘quvchilar mustaqil ravishda daftarlarida bajarish uchun o‘qituvchi topshiriq beradi. Har biriga grafikchizilgan kartochka beriladi.
a) Molekulalarning o‘zaro ta'sir kuchining masofaga bog‘liqligini ko‘rsatish uchun grafik o‘qlarining parametrlarini ko'rsatish;
Bilimni takomil- lashtirish va qo‘l- lash. Grafikbilan ishlash vaqtida bilimni qo'llashni mashq qilish
Olingan natija- larning tahlili
Uy vazifasini tashkil qilish
b) O‘zaro ta’sir qilayotgan molekulalarning o'rnini ajratish; siljiyotgan molekulaning ko'chish nuqtalarini ko'rsatish; hikoya qilina- yotgan sharoitni aniqlash.
d) Nuqtalarda kuchning o‘zgarish xarakterini tushuntirish, keyin darslikdagi chizmadabu qanday aks ettirilganini tushuntirish.
8.0‘quvchilar mustaqil ravishda daftarlarida bajarish uchun o‘qituvchi topshiriq bcradLHar biriga grafikchizilgan kartochka bcriladi.
Molekulalarning o'zaro ta’sir kuchining masofaga bog'liqligini ko'rsatish uchun grafik o'qlarining parametrlarini ko'rsatish;
Molekulalarning o‘zaro ta'sir kuchi nolga teng bo'lgan nuqtani masofa o‘qidan ko'rsatish. d) Ko‘rsatilgan ikki nuqtadagi molekulalarning o‘zaro ta'sir kuchini solishtirish.
10.Darsni yakunlab, o'qituvchi MKIning asosiy qoidalaridan biri molekulalar orasida o‘zaro ta'sirning mavjudligini aytib, quyidagilarni ta'kidlab o'tadi:
Molekulalar orasidagi tortishish va itarish kuchlari bir vaqtda ro‘yobga chiqadi, (tortishish va itarish kuchlari zarralar orasidagi masofaga bir xil bog‘lanmagan).
O‘zaro ta'sirni 6-sinfda o‘rganish ba’zi tabiat hodisalarini va kuzatilgan faktlarni tushun- tirish, tasvirlash imkonini bcradi (qalay si- lindrlarning yopishib qolishi, shisha plastinkani suvdan ajratib olish), o‘zaro ta'sir haqidagi bilimning chuqurlashishi esa o‘zaro ta'sir kuchini ajratish, ularning o‘zgarish xarakterini tasvirlash hodisalarini tushuntirish sohasini kengaytiradi va xatto mumkin bo'lgan natija- iarni oldindan aytib berish imkonini beradi.
1 l.O‘qituvchi o'quvchilarga quyidagi topshiriq- larni bajarib kelishni tavsiya qiladi; F va Z orasida o‘rnatilgan bog‘lanishga asosan turli temperaturalarda moddaning turli agregat holat- larini mavjud bo‘lishini tushuntiring. Fizika va ximiya kursidan moddaning uch holati haqi- dagi materialni takrorlash zarurligini aytadi. Individual ishlash uchun “KBAHT” jurnalidan /1981, N°8/ S.Pikinning “Xiuikhc Kpuciajmw" maqolasini o‘qib kelish topshiriladi.
Fan va texnikaning, ishlab chiqarishning rivojlanishi maktablar oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi: 1) o'quvchilarning ijodiy faolligini oshirish va 2/ ularning mustaqil bilim olish hamda uni qo‘llay olish qobiliyatlarini shakllantirish. Bu esa o‘qitish uslublari va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishni takomillashtirishni talab qiladi. Bu muammoni hal etishda ancha yutuqlarga erishildi. Masalan, keyingi yillarda konfe- rensiya va seminar darslari tashkil qilina boshladi. Bu turdagi darslar o‘quvchilaming fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish- da, turli manbalardan mustaqil ravishda bilim olishlarida va fikr yuritishlarida ancha samaralidir.
O‘quv konferensiyasi dars jadvalida ajratilgan vaqtda bu- tun sinf bilan bir yilda 1—2 marta o‘tkaziladi. Konferensiyaga tayyorlanishda o‘qituvchi:
ko‘riladigan masalalar va o‘tkaziladigan vaqtini aniq- laydi;
o‘quvchilarning ma'ruzaga tayyorgarligini tekshirib bo- radi va maslahatlar beradi. Konferensiya rejasi va adabiyot- lar ro‘yxatini oldindan fizika xonasiga osib qo‘yadi.
Seminar darslari bir o‘quv yilida 2-3 marta o'tkaziladi. Uni takrorlash, olingan bilimlarni aniqlash va tartibga solish, bilimni masala yechishga qo'llash malakasini rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadi. Seminar rejasida asosan quyida- gilar ko‘rsatiladi:
ko‘riladigan asosiy masalalar;
d) mashg‘ulotdagi ish shakli.
O‘tkazish usuliga qarab seminarlar quyidagicha bo'lishi mum- kin: suhbat, ma'ruza va referatlar muhokamasi, masala yechish.
Konferensiya va seminarlarni o‘tkazishga misollar ko‘rib chiqaylik. «Tabiat va texnikada elektr hodisalari» mavzusiga oid konferensiyaning mazmuni o‘quv materialiga juda ya- qin bo‘lib, u o‘quvchilarni darslikdan ancha chetga olib chiqadi.
Konferensiyaning maqsadi: elektr hodisalari haqidagi bilimlarni ancha kengaytirish, uning tarixiy rivojlanishi bi- lan, tabiatda va kundalik hayotdagi elektr hodisalari bilan, texnikada elektrlangan jismlarning o‘zaro ta’siri va ularning salbiy ta’sirlarining oldini olish yo‘llari bilan tanishtirishdan iboratdir.