A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari


Birinchi ma’ruza bo‘yicha



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə19/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

Birinchi ma’ruza bo‘yicha:

  1. Elektrlanish hodisasi birinchi bo‘lib kim tomonidan sezildi va ta'riflandi?

  2. Elektr zaryadining ikki turi mavjudligi qanday aniq- langan?

Ikkinchi ma’ruza bo‘yicha:
LYashinning tabiatini birinchi bo‘lib va qachon qaysi olim o‘rgandi? G. Rixman qanday o‘rgandi?

  1. Tajriba natijalariga asosan Franklin va Rixman yashin- ning tabiati haqida qanday xulosaga keldi?

Uchinchi ma’ruz.a bo‘yicha:

  1. Yashin qaytargichning vazifasi qanday? U qanday tu- zilgan va qanday ishlaydi?

  2. Nima uchun yashin qaytargichlarning metall o‘zagi (sterjen) uchli qilinadi va imoratlardan yuqori joylashtirila- di?

  3. Nima uchun metall o‘zaklar metall simlar orqali yerga ulanadi? Nima uchun imoratlar tok o'tkazadigan qismidan yaxshi izolyatsiyalangan (himoyalangan) bo‘lishi kerak?

  4. Nima uchun momaqaldiroq vaqtida yakka daraxt tagida turish tavsiya etilmaydi?

  5. Nima uchun momaqaldiroq vaqtida yuqori kuchlanish- li tok o‘tayotgan simlar tagida yurish va tayanch machta yaqinida turish tavsiya etilmaydi?

To‘rtinchi ma’ruza bo‘yicha:

  1. Ba’zan vodoprovod krani yoki isitish batareyasi bilan qo‘l orasida elektr uchquni o‘tadi. Bu nimadan kelib chiqa- di?

  2. Tegirmonlarda va yigiruv-to‘quv fabrikalarida elektr uchquni o'tganda yoki gugurt yoqilganda portlash yuz bera- di. Nima uchun?

Beshinchi ma’ruza bo‘yicha:

  1. Elektrostatik bo‘yash va qog'ozni jilvirlash kukunlari bilan elektrostatik qoplash asosida nima yotadi?

  2. Elektrostatik bo‘yashni oddiy bo'yashdan qanday af- zalliklari bor?

Endi seminar mashg‘ulotlariga misollar ko‘rib o‘tamiz.
«Elektr zaryadi. Elektr maydoni» mavzusiga oid seminar mashg‘ulotlarining ta’lim vazifasi quyidagilardan iboratdir:

  1. Elektr zaryadi haqidagi tushunchani aniqlash va chu- qurlashtirish, «elektr zaryadi» tushunchasini «elektron» tu- shunchasidan ajratish.

  2. Elektr maydoni va uning hossalari haqidagi o‘quvchilar bilimini sistemalashtirish.

  3. «Elektr maydon potensiali», «potensiallar farqi», «elektr maydoni kuchlanganligi», «elektr maydoni energiyasi» tu- shunchalarining mazmunini aniqlash.

  4. Elektr maydonida o‘tkazgichlar va dielektriklaming hos- salarini takrorlash.

  5. Elektr zaryadlari va elektr maydoniarining eng muhim amaliy qo‘llanishlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish.

Seminarni quyidagi reja asosida o'tkazish maqsadga mu- vofiqdir.

  1. Elektr zaryadlari. Elektr zaryadlarining o‘zaro ta’siri. Kulon qonuni. Elektr zaryadining o‘lchov birligi.

  2. Elektr maydon kuchlanganligi. Bir jinsii va bir jinsli bo‘lmagan elektr maydon. Elektr maydon kuch chiziqlari (suhbat).

  3. Elektr maydonda zaryadlarni ko‘chirishda bajarilgan ish. Potensial va potensiailar ayirmasi. Potensiallar ayirmasi bilan maydon kuchlanganligi orasidagi bog'lanish (suhbal).

  1. Elektr va gravitatsion maydonlarning hossalarini so- lishtirish (suhbat).

  2. Texnologik jarayonlarni ro‘yobga chiqarishda maydon- lardan foydalanish (o'quvchilaming chiqishlari va ma’ruzalari).

Bu seminar ikki soat davomida o‘tilib, zachyotdan an- chagina awal uning rejasi va adabiyotlar ro‘yxati fizika xo- nasiga ilib qo‘yilishi lozim. Shu bilan birga rejadagi asosiy savollarni o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishlari uchun ularga topshiriqlar yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar ularni bajarib bo- radilar. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin.

  1. topshiriq. «Elektr zaryadi» tushunchasining maz- munini aniqlang. Bu tushuncha zarrachaning qanday xossa- sini aniqlashini, elektr zaryadning o‘lchov birligi qilib nima olinganini, elektr zaryadiga ega bo'lgan zarralar qanday o‘zaro ta'sir qilishini ko‘rsating.

S a v o 11 a r:

  1. Elektr zaryadining ko‘chishi deganda nimani tushuna- siz? Haqiqatda nima ko‘chadi?

  2. Elektr hodisalarini tushuntirishda «erkin» va «bog‘langan elektr zaryadlari» degan tushunchalarga duch kelinadi. Shun- day tushunchalar bilan ish ko‘rganda nimani nazarda tutiladi?

  3. Elektr zaryadining saqlanish qonuni qanday mazmunga ega?

  4. Zaryadli zarralarning o‘zaro elektr ta'sirining gravi- tatsion ta’sirdan farqi nimadan iborat?

  5. Kulon qonunini ifodalovchi tenglamadagi kattaliklar- ning fizik ma'nosi qanday?

  1. t o p s h i r i q. «Elektr maydon» tushunchasining maz- munini aniqlang; elektr maydon va uni xarakterlovchi kat- taliklarning asosiy xossalarini ayting.

S a v o 11 a r:

  1. Elektr maydon nima?

  2. Elektr maydon qanday xossalarga ega? Uni qanday kattaliklar xarakterlaydi?

  3. Elektr maydonini boshqa maydonlardan farqlaydigan va uning mavjudligi haqida hukm chiqaradigan qanday asosiy xossalari mavjud.

  4. Elektr maydon xossalarining qaysi birlari moddaga ham taalluqlidir.

  1. topshiriq. «Elektr maydon kuchlanganligi» tu- shunchasining fizik ma'nosini aniqlang, elektr maydon kuch- langanligini aniqlash usullarini va uning o‘lchov birligini takrorlang.

S a v o 11 a r:

  1. Elektr maydon kuchlanganligi deb nimaga aytiladi? Kuchlanganlik birligi qilib SI sistemasida nima qabul qilin- gan?

  2. Berilgan zaryadning elektr maydon kuchlanganligi u yoki bu nuqtada nimalarga bog'liq bo'ladi?

  3. Maydon hosil qilayotgan q zaryaddan r masofadagi nuqtada kuchlanganlik nimaga teng bo‘ladi: a) vakuumda; b) dielektrik singdiruvchanligi £ bo‘lgan muhitda? (SI siste- masida)

  4. Qanday elektr maydon bir jinsli bo‘ladi? U kuch chiziqlari yordamida qanday tasvirlanadi?

  5. Bir jinsli elektr maydonda zaryadli zarracha qanday harakat qiladi?

  1. topshiriq. Elektr maydonda qanday sharoitda ish bajariladi va u nimaga bog‘liq bo‘lishi aniqlansin.

S a v o 11 a r:

  1. Elektr maydonning bir nuqtasining potensiali deb ni- maga aytiladi?

  2. Maydonning ikki nuqtasi orasida zaryadni ko'chirishda bajarilgan ish kattaligi nimalarga bog‘Iiq bo‘ladi? Bu ish- ning xususiyati nimadan iborat?

  3. Elektr maydonida zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish qaysi holda manfiy bo‘ladi?

  1. t o p s h i r i q. Elektrostatik va gravitatsion maydonhir* ning xossalarini solishtiring.

S a v o 11 a r:

  1. Elektrostatik va gravitatsion maydonlaming xossalarida qan- day umumiylik mavjud? Ulaming tub farqi nimadan iborat?

  2. Elektr maydonda zaryadni ko‘chirishdagi ish bilan tortishish maydonida jismni ko‘chirishdagi ishning orasida qanday umumiylik bor?

  3. Bir jinsli elektr maydonda zaryadni ko‘chirishda baja- rilgan ish bilan (\A—qEd) tortishish maydonida jismni ko'chirishda bajarilgan ishning o‘xshashligi (analogiyasi) ni- madan iborat?


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin