A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari


LABORATORIYA PRAKTIKUMINITASHKIL ’ QILISH VA O‘TKAZISH



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə31/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

LABORATORIYA PRAKTIKUMINITASHKIL ’ QILISH VA O‘TKAZISH

Laboratoriya amaliyotining mazmuni talabaning ixtisosiga asosan aniqlanadi. Bundan tashqari ajratilgan vaqtga, laboratoriya xonasining maydoniga, jihozlanishi va asbob- larning yetarliligiga, asbob tayyorlaydigan laborantlarning va ustaxonaning borligiga ham bog‘liqdir.
Laboratoriya amaliyotining ta’minlanishiga bo‘lgan talablar quyidagilardan iboratdir.

  1. Laboratoriyaning texnik qurilmalari (asboblari) ishonarli ishlashi va zamonaviy bo‘lishi lozim.

  2. Laboratoriya maxsus stollarbilan ta'minlanishi lozim. Stolning yuqori qismidagi tokchasiga asboblar qo‘yiladi. Qutisiga asboblarning tavsiflari, ishlarning uslubiy tavsiflari taxlab qo‘yiladi.

  3. Laboratoriya ishlarining asboblari estetik ko‘rinishga ega bo‘lsin.

  4. Laboratoriyani jihozlashda turli topshiriqlar berishni va qidiruv ishiga yaqin bo'lgan ishlarni berishga imkoniyat bo‘lishini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.

Umumiy fizikadan laboratoriya amaliyotining asosiy vazi- fasi quyidagilardan iboratdir.

  1. fizik qonunlarni tajribada sinab (tekshirib) ko‘rish;

  2. o'lchash uslubini o'zlashtirish va fizik eksperimcnt qilish malakasini egallash;

  3. o'lchov asboblarining ishlash prinsipini o'rganish.

0‘tiladigan laboratoriya ishlarini asboblarning inavjudli giga qarab tanlanadi va ularning hamma bo‘limlar bo‘yicha ro‘yxatini yozib, ilib qo'yiladi.
Laboratoriya ishini bajarishda talaba eksperimentni quyidagicha bosqichlar bilan bajaradi:

  1. asbobiarni joylashtirib yig'ish;

  2. kuzatish;

  3. o‘lchanadigan kattalikni aniqlash (asbobdan);

  4. kuzatish natijalarini ishlab chiqish;

  1. grafik materiallarni tayyorlash;

  2. qidirilayotgan kattalikni berilgan darajadagi aniqlikda hisoblash;

  1. eksperiment natijalariga ko‘ra xulosa qilish.

Agar imkoniyat bo‘lsa, hamma laboratoriya ishlarini frontal o‘tkazilsa yaxshi bo‘ladi. Lekin asboblarning yetishmasligi tufayli uni hamma ishda amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘pchilik ishlar har bir mashg'ulotda ko‘rib boriladi. Ma'ruzada o‘tilmagan mavzularga oid ishlar ham ko‘rib bori- ladi.
O‘qituvchi laborant bilan birgalikda har bir ishni oldindan o‘zlari bajarib, natijalarini daftarlariga yozib qo'yishlari lozim. Bu talaba ishidagi xatolikni topishni osonlashtiradi. Yaxshi ishlamayotgan asboblar tuzatib qo‘yiladi.
Yaxshi jihozlangan laboratoriyalarda EHM va yangi as- boblardan foydalanib hozirgi talablarga javob beruvchi ish- lami ham o‘tkazish mumkin. Talabalar bu ishlami bajarish orqali olinayotgan natijalaming ishonarli ekanini ko‘rib boradi- lar.
Laboratoriya ishini bajarishda birinchi navbatda ishning tavsifi bilan tanishadilar. Uslubiy tavsif asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. ishning nomi va uning maqsadi:

  2. asbob va uskunalarning ro'yxati;

  3. umumiy qismi (o‘rganiladigan hodisaning qisqacha maz- muni, qonuni, matematik ifodasi);

  4. ishni bajarish uslubi (o'lchash uslubining to‘la talqini. Qurilma sxemasi, parametrlar jadvali, ishchi formula yoriti- ladi);

  5. o'lchash ishlari (o‘lchash tartibi ko‘rsatiladi, o‘lchanadigan kattaliklarni yozish uchun jadvallarning na- munalari beriladi);

  6. o'lchash natijalarini ishlash (izlanayotgan kattalikni hisoblash formulasi va xatoliklarni hisoblash formulalari be- riladi);

  7. nazorat savollari va adabiyotlar.

Uslubiy tavsif ishni bajarish asosi bo‘lib, u malaka hosil qilish asosi bo‘lolmaydi, u talabani ishga (tajribaga) bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. Ko‘r-ko‘rona bajarilgan o‘lchashlar vaqtni bekorga ketkazishdir. Agar talaba ishning nazariyasini bilmasa, u fizik hodisani bilolmaydi, kuzatolmaydi. Ishni boshlashdan oldin u nazariy qismini o‘rganadi, keyin asbo- blar bilan tanishib, ularning o‘lchash chegaralarini, ishga yaroqliligini, o‘rganiladigan hodisani ifodalay olishini aniqlab, shundan keyin ishni bajarishga kirishadi. Qurilmani soziash qiyin bo‘lsa, o‘qituvchi yoki laborantni yordamga chaqiradi. O‘lchanadigan kattaliklami katta aniqlikda o‘lchash lozim.
Talaba asboblarni shunday joylashtirishi lozimki, undagi o‘lchov natijalarini aniq ko‘rib olish imkoni bo‘lsin. O‘lchash ishlarini olib borib, natijalarni jadvalga yozib boradi. Izla- nayotgan kattalikni kerakli formulalar yordamida hisoblab topadi. Keyin o‘lchashdagi absolut va nisbiy xatoliklami aniq- laydi. O‘lchash natijalari va hisoblashlar talabalarning max- sus daftarlarida bo‘lishi shart, uni doim yozib borishlari lo- zim.
Laboratoriya amaliyotidan birinchi mashg‘ulotda talabalar- ga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, unga rioya qilinishini aytib, ularga imzo qo‘ydirib olinadi. Keyin ab- solut va nisbiy xatoliklarni aniqlash tushuntiriladi. Shundan so‘ng keyingi mashg‘ulotda kim qaysi ishni bajarishi aytiladi. Kelasi mashg'ulotga talabalar nazariy qismini tayyorlab kc- ladilar. 0‘qituvchi ulardan so‘rab, tayyorgarligi yetarli bo'lsu, uni bajarishga ruxsat beradi. Talabalar eksperimentni bwjjir- ganlaridan keyin o‘qituvchi o‘lchash aniqligini, hisoblash- larini tekshiradi, ishning bajarilganini jumalga belgilab qo'yadi. Talaba bajargan ishiga hisobot yozib topshiradi. 0‘qituvchi uni tekshirib, talaba bilan suhbat o'tkazib, keyin topshir- ganligini jurnaliga belgilaydi.
Talabalar laboratoriya ishini bajarish vaqtida quyidagicha xatolarga yo‘1 qo‘yishlari mumkin.

  1. Asboblar noto‘g‘ri joylashtiriladi. Strelkalarning nol xolati noto‘g‘ri,...

  2. Sxema noto‘g‘ri yig‘ilgan.

  3. Asbobdagi bo‘limlarning qiymatlari noto‘g‘ri aniqlan- gan.

0‘qituvchi bunday xatoliklarni tuzatib boradi. Yig‘ilgan sxemani tekshirib chiqqandan keyin o‘lchash ishlarini ba- jarishga ruxsat beradi.
Talabaning laboratoriya ishi bo‘yicha hisobotida quyidag- ilar o‘z aksini topishi lozim:

  1. Ishning nomi.

  2. Asbob va uskunalarning ro‘yxati, ularning o‘lchash shkalasining aniqligi.

  3. Qisqacha nazariy qismi (ishchi formulasi bilan).

  4. Qurilma sxemasi.

  5. Jadval ko‘rinishidagi o‘lchash natijalari.

  6. 0‘lchash xatoliklarini hisoblash formulasi.

  7. O‘lchanadigan kattalikni hisoblashga misol.

  8. O‘lchash xatoliklarining hisoblangani.

  9. 0‘lchash xatoliklari aniqlangan (hisoblangan) oxirgi natija.

  10. Xulosa.

Talabalar har bir ish uchun shunday tartibda hisobot yozadilar. Ulaming topshiradigan ishlari soni oldindan belgi- lanadi. Hammasini o‘z vaqtida topshirib borishlari va yetarli reyting ballarini olib borishlari lozirn. Shuni ham aytish ke- rakki, agar talaba 2 ta ishni bajarib, hisobot yozib kelmasa va topshirmasa boshqa ishni bajarishga ruxsat etmaslik lozim. Shu vaqtda u mas'uliyatni sezib, o‘z vaqtida bajargan ishlarini topshirib borishga o‘rganadi.
Biz yuqorida oliy o‘quv yurtlarida fizika o‘qitiiishga qisqacha to‘xtalib o‘tdik xolos. Chunki oliy o‘quv yurtlarida fizika o‘qitish uslublari, masala yechish va eksperimentlar o‘tkazish texnikasiga oid alohida kurslar mavjud.
ADABIYOTLAR

  1. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent «Sharq», 1998-y.

  2. ByraeB A.H. Mero/inKa npenoaaBaHwa h3mkm b cpeflHen iiiKOJie. M: «ripocBemeHne». 1981.

  3. EpyHOBa J1.K. VpoK H3HKH n ero CTpyKTypa npw KOMnneKCHOM penieHHn 3anaq oOyqeHHH. M.: «Flpoc- BemeHne». 1988.

  4. HrpoBbie CMTyaitnw Ha ypoKax M3HKW (m6to- nrmecKne peKOMeHJiannw). CocTaBriTejin hoh. H.51.JIa- HHHa, yqnTenb niKOJibi N° 39 r. KneBa A.3. KojiTyHOB, JleHHHrpafl, 1988.

  5. JlaHHHa M.5I. BHeKJiaccHan paboTa no 4>n3HKe. M.: «npocBeiiieHne», 1977.

  6. ManoijieeB P.M. IlpoSjieMHoe obyneHne n3HKe b cpenHefi niKOJie. M.: «npocBeujeHne» . 1980.

  7. MeTonnKa npenonaBaHHH 4)H3hkh b 6—7 KJiaccax cpejtHen niKOJibi. non.pen B.n. OpexoBa, A.B. Ycoboh. M.: «ripocBeiiieHHe». 1976.

  8. MeTonuKa npenonaBannn h3hkh b 6—7 KJiaccax cpeuHen hikojibi. rion.pe4 B.n. Opexosa, A.B. Ycoboh. M.: «ripocBemeHHe». 1976.

  9. MeTOHHKa (JiaKyjibTaTHBHbix 33H5ithh no (JinanKe. riofl-pen. KaGapnHHa O.., OpnoBa B.A. M.: «ripocBemeHHe». 1988.

  10. V.G. Razumovskiy. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyat- larini o‘stirish. Toshkent. «O‘qituvchi». 1978.

1 1 . Cep/JHHCKMH B.T. SKCKypCHH HO

  1. CepanHCKHM BT. Skckypchh no <|)H3HKe b cejibCKOH niKOJie. M.: «npocBemeHHe». 1991.

  2. Fizika o'qitish metodikasi asoslari. A.V. Pyorishkin, V.G. Razumovskiy, V.A. Fabrikant taxriri ostida. Toshkent. «O‘qituvchi». 1990.


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin