A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari


OLIY O‘QUV YURTLARIDA FIZIKA O‘QITISH



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə29/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

OLIY O‘QUV YURTLARIDA FIZIKA O‘QITISH

  1. MA’RUZA - MATERIALNI BAYON QILISHNING
    ASOSIY SHAKLI


Oliy o‘quv yurtlarida ma'ruza o‘quv-tarbiyaviy jarayonda yetakchi ahamiyatga ega. Talaba asosiy material bilan ma’ruza vaqtida tanishadi. Ma’ruzanng mazmuni dasturda beriladi.
Ma’ruzani rejalashtirishda material hajmi bilan unga ajratil- gan vaqtning ozligi orasida ziddiyat tug‘iladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi asosiy tushunchalarni to‘la berishga harakat qiladi, chunki talaba konspekt yozadi va imtihonga ko‘proq shu konspekt bo‘yicha tayyorlanadi.
Ma’ruza materialidan talaba masala yechishda, seminarga tayyorlanishda, laboratoriya ishini bajarishda keng foydala- nadi.
Odatlanib qolingan ma'ruzada asosiy material to‘la bayon qilinadi. Awalgi material talabaga ma’lum deb yoki qisqacha eslatib o‘tiladi. O‘qituvchi aytganlarini talaba yozib boradi, bu uni shu predmetdan oladigan bilimining asosi bo‘lib xiz- mat qiladi, shu bo'yicha imtihon ham topshiradi. Shunday qilish yaxshimi? Ma’ruzani shunday o‘qilganda talaba qoldirib ketgan yerlami to‘ldirish uchungina kitobga qaraydi. Ma'ruzani to‘la yozib olgan talaba kitobga ham qaramaydi. Bu albatta yaxshi emas.
Agar ma'ruza dastur doirasidan chetga chiqsa, fanning oxirgi yutuqlariga to'xtalib o‘tilsa, qo'llanilishlariga misollar keltirilsa, kitobga nisbatan soddagina bayon qilinsa, u qim- matli bo‘ladi.
Talabaga konspekt olishda asosiy qonun va formulalarni yozishni emas, balki ularni tushuntirib, asoslab berishni, yaxshilab, qoldirmasdan yozib borishni tavsiya qilish lozim, chunki asosiy qonun va formulalar kitobda ham o‘shanday berilgan, uni ko'chirib olish osondir.
Agar talabada avvaldan chop etilgan ma'ruza matni bo‘lsa, bu vaqtda u ma'ruzani diqqat bilan tinglab o‘tiradi. Bu matnlar darslikdan ham farq qiladi. Bundan tashqari talaba eshitib o'tirsa, hayoli boshqa narsaga qochadi. Shuning uchun ma’ruzani yozib borsa, yaxshi bo‘ladi.
Fizikadan ma'ruzada asosiy material aniq, ketma-ket, tushunarli, sodda tilda, yozib olishga qulay holda bayon qilini- shi lozim, konspektni o‘qiganda talabaga hammasi tushunar- li bo'lsin.
Fizikani o‘rganishda talaba ta'riflarni, formulalarni yod- labgina qolmay, ularni qo‘llay oladigan bo‘lishlari ham sharl, Buning uchun, ularni tushunishlari lozim. Shuning uchun vaqt yetishmay qoladigan bo‘lsa, hammasini yuzaki aytib o‘tgandan ko‘ra asosiylarini to‘la tushuntirib, ba'zi masala- larni tashlab ketgan yaxshidir.
Ma’ruzaning muvaffaqiyatli bo‘lishi faqat mazmuni va shakliga bog‘liq bo‘lib qolmasdan tinglovchilarning tayyor- garligiga, marusachining kayfiyatiga, ularning oralaridagi munosabatlarga, o‘quv vositalaridan foydalanishlariga ham bog‘Iiqdir. Bir o‘qituvchi bir guruhda yaxshi taassurot hosil qilsa, boshqa guruhga yoqmasligi mumkin. Darsni bir ma'ruza bilan baholab bo'lmaydi, uni ko‘p ma’ruzalardan keyin, talaba mutaxassis bo‘lib yetishgandan keyin baholash yaxshidir.
Ma'ruzaning samaradorligini oshirish pedagogikaning asosiy vazifalaridan biridir.
Talabalarning ma’ruza vaqtida fikrlash faoliyatlarini rivoj- lantirib borishning bir yo‘li bu ma’ruzani muammoli bayon qilishdan iborat. Muammoli o‘qitish muammoli vaziyat hosil qilishdan boshlanadi. Muammoli vaziyat shunday topshiriqki (savol yoki masala), uni bajarish talabada qiyinchiliklar tug‘diradi; bu qiyinchilikni bartaraf qilishda ular yangi bilim olishlari lozim bo'ladi. Muammoli vaziyat talabada ijodiy bilish faolligini rivojlantirishi, qiziqarli va ahamiyatli bo‘lishi lozim.
Muammoli o'qitish asosan quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. O‘qituvchi muammoli vaziyat hosil qilib, uni hal qi- lish yo‘llarini ko'rsatib, o‘zi muammoni hal qiladi.

  2. O‘qituvchi muammoni qo‘yib, o‘zi suhbat orqali ta- labalar bilan birga hal qiladi yoki o‘qituvchi o‘zi hal qilib, keyin shunga o‘xshash muammoni talabalarga mustaqil hal qilishga beradi.

  3. 0‘qituvchi muammoni va uni hal qilish yo'lini izlash- ni, yetishmovchi bilimlarni aniqlashni talabalarga topshiradi. Talabalar o‘zlari mustaqil ravishda muammoni hal qiladilar.

  4. O‘qituvchi talabalami mustaqil qidirish ishiga jalb etuv- chi vaziyatni vujudga keltiradi. Talabalar muammoni o‘zlari hal qiladilar.

Muammoli o‘qitishni ma’ruza davrida qo'llab bo‘lmaydi, chunki guruh katta bo'lishi, talabalarning hammasini jalb qilish qiyinligi, vaqtning kamligi katta ta'sir ko‘rsatadi. Shu- ning uchun o‘qituvchi birinchi usuldan, ya'ni o‘zi muam- moni qo‘yib, o‘zi hal qilish usulidan ko‘proq foydalanadi. Talabalar muammoni hal qilish yo‘lini, undagi qarama- qarshiliklarni tinglab, o‘zi ham faol fikrlab boradi.
Har bir katta va muhim mavzuni o‘tishda oldindan ni- mani aniqlashimizni, qanday munosabatlami olish talab eti- lishini va unga qanday vositalardan foydalanishimiz lozim- ligini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Talaba ma’ruza maqsadini bilib olsa, uni tushunishi ancha oson bo‘ladi, qaysi yo‘nalishda hal qilinayotgani va qanday vositalardan (matematik apparat, formula) foydalanilayotganini to‘g‘ri tasavvur qilib boradi.
O‘qituvchi ma’ruzaga tayyorlanishni ishchi reja tuzishdan boshlashi lozim. Dastur materialini soatlarga bo‘lib chiqadi. Buning uchun o‘qituvchi awal kurs bilan tanishib chiqishi kerak, keyin reja tuzadi. Adabiyotlar ro‘yxatini berishda o‘qituvchi ko‘proq kutubxonada bor kitoblarga ahamiyat berishi lozim.
Talabalarga matematik almashtirishlarni eslab qolish ancha oson bo‘lib, ulami talqin qilish ancha qiyinlik qiladi. Ko‘pgina o‘qituvchilar matematikasiga ahamiyat berib, uning ma’- nosini ochib berishga va boshqa masalalarga kam e'tibor be- radilar (vaqt kamligi sababli). Ma'ruzada asosiy masalalar o‘z aksini topishi, ularni talabalar konspektida belgilashlari shart. Formulani yozib, uning ma'nosini qoldirmasliklari lozim. Buni o'qituvchi kuzatib borishi kerak.
Ma'ruza davrida matematik amallar ko‘p bo‘lsa, uni yozib, aytib borish va tushuntirishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bunga yetarli vaqt ajratilishi lozim.
Agar yangi o‘qiladigan ma'ruza kursi o‘quv yili oldidan berilsa, unda darslikdagi reja asosida ma'ruza qilish lozim, chunki u kurs bilan hali tanishishga ulgurmagansiz. Kitobdu keltirilgan isbotlashga yangisini kiritmaslik lozim.
Agar standart o‘quv qo'llanmasi bo‘lmasa, dasturdagi materialga mos keluvchi qaysi kitoblar borligi aniqlanadi. Keyin birinchi ma’ruzalarga konspekt tuzishga kirishiladi. O‘qituvchi o‘qitiladigan bo‘limdan, ya’ni o‘rganilishi talab etiladigan materialdan ko‘proq bilishi lozim, chunki adabiyotlarda ba’zi masalalar yuzaki bayon etilgan bo‘lishi mumkin, ularni to‘ldirish lozim bo'ladi.
Shuni ham aytish kerakki, nimani va qanday taqdim etish ustida ham o‘ylash kerak. Albatta bayon qilishni dars- likdagi tartibda amalga oshirish mumkin, lekin bu yetarli emas. Ko‘pchilik o'qituvchilar konspektni reja tariqasida emas, to‘la bayon qilgan holda yozadilar. U kitobdagidan ham to‘laroq beriladi. Shuni ham esdan chiqarmaslik ke- rakki, bo‘lajak mutaxassislikka mos keluvchi misollar kel- tirilishi va ular konspektda o‘z aksini topishi lozim, chunki darslik o‘sha mutaxassisga mo‘ljallanmagan bo'lishi mum- kin. Konspektda qanday tajriba, ko‘rgazmali qurol, texni- ka vositasidan foydalanilishi ham ko‘rsatilishi maqsadga mu- vofiqdir.
Konspektda bo‘sh joylar qoldirilishi lozim, chunki ke- yingi yillarda yangi adabiyotlardan olingan ma'lumotlar bi- lan to‘ldirib boriladi. Ma'ruza konspektini bir kun oldin yoki ertalab o‘qib chiqib, o'qituvchi unga to‘la tayyorlanadi. Uni qiynalmay bayon qilishni, tushuntirishni, matematik amal- larni bajarishni eslab oladi. Ma'ruza vaqtida o'qituvchining adashishi yaxshi bo‘lmaydi. O‘qituvchi birinchi ma'ruzaga juda puxta tayyorlanishi lozim, unda bu kursning ahamiyati, fizikada tutgan o‘rni, mutaxassislikdagi ahamiyatini aytib, uni o'rganishga qiziqish uyg‘otishi lozim.
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, konstpektda asosan quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
ma'ruza mavzusi, maqsadi va rejasi, adabiyotlar, mate- rialning asosiy mazmuni (to‘la yoki reja asosida), unda foy- dalaniladigan tajriba, koYgazmalar, texnika vositalari ro‘yxati beriladi.
Ma'ruza o‘qish jarayonida quyidagilarga amal qilib bor- ish maqsadga muvofiqdir:

  1. Birinchi ma’ruzaga kirganda o'qituvchi qaysi kafedrada ishlashi, familiyasi va ismini aytib o‘zini tanishtirishi, uni qachon va qayerdan topish mumkinligi, kursga ma'ruzalarga necha soat vaqt ajratilganligi, bundan tashqari qaysi turdagi mashg‘ulotlar o‘tilishi, fizikadan ma’ruzani qanday tinglash lozimligi, nimalarga ahamiyat berish kerakligi, konspekt olib borilishi, unda qolib ketgan yerlami qanday to‘ldirilishi (kitob- dan, konsultatsiyada, o‘rtoqlari konspesktidan), bilimlariga qo‘yiladigan talablar, sinov, imtihonlar haqida to‘xtalib o‘tadi. Adabiyotlar ro‘yxatini beradi.

  2. Har bir ma’ruza tugallangan xarakterda bo‘lishi lozim. Savollarga javob berilgandan keyin kelasi ma’ruza nimaga bag‘ishlanishini aytib, dars tugatiladi. Agar vaqt yetmay qolsa kelasi darsda davom ettiriladi. Konspektda bu belgilab borili- shi lozim (hajmi katta, matematikasi ko‘p tajriba vaqt ola- di,...). Bu kurs yana o‘qilishida qo‘yilgan kamchiliklar tuza- tiladi, vaqt to‘g‘ri taqsimlanadi.

  3. Ba’zi ma’ruzada ishlatiladigan matematik amallar matematika kursida hali o‘tilmagan bo‘lsa, bu haqda o‘qituvchi qisqacha ma'lumot berib, keyin undan foydalanadi. Albatta buni matematika o‘qituvchisi bilan kelishib qilinadi.

  4. Agar ma'ruzada tajriba, film talab etilmasa, talabalar bir oz tinglagandan so‘ng diqqatlari boshqa narsalarga qara- tilishi yoki zerikishi mumkin, bunday bo'lmasligi uchun o‘qituvchi ma'ruza paytida mavzu ustida olimlar olib borgan ishlari haqida, biror bir hodisa (fan olamida, institutingiz yoki fakultetingizda bo‘lgan hodisa) haqida qiziqarli qilib gapirib berish maqsadga muvofiqdir.

  5. Turli belgilashlarni kitobdagi kabi olib borish lozim.

  6. Nutq to‘g‘ri, ravon, tushunarli, sodda bo‘lishi lozim.

  7. Texnik xatolarga, umuman xatolikka yo‘l qo'ymaslik kerak.

Agar xato qilsangiz uni talaba aytsa, uni maqtab qo'yish lozim, shunda xatoni ko‘rsatishga talaba botinadi. Xato qil- maslik uchun o‘qituvchi oldida konspekti ochiq turishi lo- zim, uni ko‘rib olish oson va qulay bo'lsin.

  1. Doskadan to‘g‘ri foydalanish lozim. Iloji bo‘lsa doska- da ma’ruza oxirigacha asosiy formulalar va xulosalar tursa yaxshi bo‘ladi.

  2. Talaba diqqatini asosiy yerlarga jalb qilish uchun o‘qituvchi savol qo'yib, «Kim aytib beradi?» — deb so‘rashi lozim.

  1. MA’RUZA KURSLARI BO‘YICHA SEMINARLAR

Ma’ruza jarayonida talabaga faktlami (hodisalami) bilishni; bu faktlarni prinsipial ravishda keltirib chiqarishni; nazariya asosida yotgan g‘oyalarni muhokama qilish mantiqini; nazariyaning matematik qurilishini; nazariyaning qo‘l lani 1 ishiga misollami; masala yechish algoritmini; ma'ruzada yoritilmagan ba’zi bir masalalar ustida fikrlash o‘rgatib boriladi. Lekin shuni ham aytish kerakki, talaba ma'ruzani tinglab yozib olishi yetarli emas. Ular ma'ruza materiali ustida o‘zlari mustaqil ishlashlari lozim.
Ma’ruza vaqtida talabalarda tajriba malakasini, masala yechish mahoratini, materialni mustaqil o‘rganishni, ada- biyot o‘qish uslubini mustaqil qidirishni, o‘zining qarashini ishlab chiqishni o‘rgatib bo‘lmaydi. Bulaming ba’zilari amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o'rgatiladi. Biz bu yerda nazariy seminarlarni olib borish haqida to'xtalib o‘tamiz.
Seminarlar dars jadvali asosida olib borilib, unda kurs- ning muhim masalalari va talabalar qiyinchilik bilan o‘zlashtiradigan mavzular ko‘rib chiqiladi. Bu mavzular ma'ruza vaqtida awal ko‘rib chiqilgan bo‘lishi lozim. Semi- nar mavzusi va rejasi, hamda adabiyotlar oldindan aytiladi. O‘qituvchi oldindan talabalarni faoliashtirish va mustaqil ravishda xulosalar chiqarish, umumlashtira olishlarini ta'minlovchi usullarni o‘ylab, belgilab qo‘yishi lozim.
Seminar vaqtida muammoli savollar qo'yish ham foy- dalidir, chunki ular noma'lum sohalarni ham o‘z ichiga ola- di. Bunday savollarni muhokama qilish orqali talabalar yan- gi axborotlar oladi. Ba’zi hollarda o‘qituvchi qiyin savollarni o‘zi tushuntirib beradi. Suhbat davrida talabalar o‘zlari savol- lar bersalar yaxshi bo‘ladi. Savol va javoblarni o‘qituvchi chidam bilan eshitishi va ularni hal qilib borishi lozim. Se- minar shunday o‘tishi kerakki, talaba savol berishga uyalma- sin, bilmaganini berkitmasin, so‘zga chiqishga tortirmasin, qo'rqmasin. Seminar darslari konsultatsiyaga ham o‘xshab qolmasligi kerak.
Agar talabalarda kurs bo‘yicha yetarli bilim zaxirasi bo‘lsa, u holda seminarni muammoli holda o‘tkazish mumkin. Tala- baning seminarda qatnashishi uni material ustida o‘ylashga va ishlashga majbur qiladi. O‘rtoqlari va o‘qituvchi bilan muhoka- ma qilishi, tortishishi qoldirib ketilganlarni bilib olishga im- kon beradi.
Talaba o‘qituvchi (ma’ruzachi) bilan doim aloqada bo'lishi foydalidir. U so‘zga chiqishga, o‘z fikrini aniq bayon qilish- ga, baxslashishga o‘rganadi. Ma’ruzachi qanday masalalarni talabalar yaxshi o‘zlashtira olmaganliklarini aniqlab, kelasi ma’ruzalarda ularga e’tibor berishini belgilab boradi va amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarini olib beruvchilarga nimalarga ahamiyat berishni aytadi.
Hamma asosiy fizika kurslari bo‘yicha seminarlar o‘tkazish juda foydalidir. Buni xatto ma'ruza soatlari hisobiga ham o‘tkazish mumkin. Talabalar material ustida sistemali ra- vishda jiddiy ishlasalar, ma’ruza o‘qish ancha oson bo‘ladi, vaqt kam ketadi, nazorat qilishga va kallokviumlar o'tkazishga oz vaqt ketadi. Seminar mashg‘ulotlari masala yechish mashg‘ulotlarini almashtirmaydi ham, yo‘qotmaydi ham. Uni ma'ruza o‘qigan o‘qituvchi olib borishi shart.

  1. MASALA YECHISH BO‘YICHA AMALIY
    MASHG‘ULOTLAR


Masala yechish fizika ma’ruzalarini to‘ldiradi. Masala yechish orqali talabalar bilimlarini kengaytiradilar va chu- qurlashtiradilar, qonun va formulalarni chuqurroq bilishni o‘rganadilar, ularning qo‘llanish chegaralarini ko‘rib chiqadi- lar (tushunadilar), umumiy qonuniyatlarni aniq bir vaziya- tlarga (hollarga) qo‘Ilash malakasini egallaydilar. Masala yechish jarayonida hisoblash, adabiyotlar va ma'lumot- nomalarbilan ishiash malakalari hosil bo‘ladi. Masalayechish aqliy faoliyatni, fizik hodisalarga maxsus yondoshish yo‘llarini shakllantiradi. Talabalar ma’lum bir mavzuga oid masala yechishda keng hodisalar ko‘lamini bilishga jiddiy yondo- shishni o‘rganadilar. Masalan, kinematikani o‘rganishda ma- sala yechish orqali talabalar berilgan nuqtalar sistemasi uchun harakat qonunlarini bilish orqali harakatning hamma xara- kteristikalarini aniqlash mumkinligiga ishonch hosil qiladi- lar (tezlik, tezlanish, impuls, energiya, ...). «Nuqta dina- mikasi»ni o‘rganishda o‘qituvchi Nyutonning ikkinchi qonuni kuch, massa va tezlanish orasidagi bog‘lanish bo'lmasdan, u harakat tenglamasi ekaniga alohida e'tibor berishi lozim. Uni differensial tenglama ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Talabalar hali differensial tenglamalarni yechishni bilmasalar ham uni to‘g‘ri tasawur qila oladilar.
Masala yechish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda hisoblash malakasini oshirishga mashq-masalalar, u yoki bu qonun- larning qo‘llanishlarini namoyish qiluvchi masalalar, bilim- ni mustahkamlash va nazorat qilish masalalari va bilimni orttirishga xizmat qiladigan masalalar ko‘rib boriladi.
Bilimni mustahkamlash va nazorat qilishga oid masalalar va mashq-masalalar ma’ruzadan va kitobdan olingan tayyor bilimni qo‘llashga mo‘ljallanadi. Bu masalalar asosan xotira va diqqat mexanizmiga asoslanadi. Masalan, berilgan sharoitda (haroratda) molekulalaming o‘rtacha kvadratik tezligini hisob- lashga oid mashq-masala yechish orqali talaba molekula tez- ligining juda kattaligiga ishonch hosil qiladi, formula takror- lanadi. Bularning hammasi molekular fizikani o‘rganishda foydalidir. Awal ma'lum bo'lganlar bilan yangi no'malumlar orasida bog‘lanishlar o‘rnatuvchi masalalar aqliy faoliyatni qo‘zgatuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday masalalar bilim- ni orttirishga xizmat qiluvchi masalalardir. Ularni yechish orqali talabalar yangi bilimlar oladilar. Agar talaba nazariy jihatdan bo‘sh bo‘Isa, bunday masalalarni yecha olmasligi mumkin. Shuning uchun talabalar nazariy tayyorgarligiga e'tibor qilish lozim, aks holda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
Texnik sabablarga ko‘ra (integral ololmaydi, tenglamani yechish yo‘lini unutgan) talaba masalani yecha olmasa, u bundan qo‘rqmaydi. Lekin masalaning mohiyatiga tushunmasa, uni yechish uchun ko‘p ishlash lozimligini anglasa, mustaqil ishlashga xohishi kamayishi mumkin. Shuning uchun mashq- masalalardan sekin asta bilimni orttirishga xizmat qiluvchi masalalarga o‘tib borish lozim, bunda talabalarning ko‘pchiligi ularni yecha oladigan bo'ladilar.
Sifat masalalari mantiqiy muhokama qilish orqali yechi- ladi. Hisoblash masalalarini yechishda tenglamalar tuzilib, ular matematik usulda yechiladi. Ba’zi bir masalalar geometrik shakllar chizish orqali yechiladi.
Masalani quyidagi reja asosida yechish mumkin (ba’zi masalalarni yechishda ayrim bandlari tushib qolishi mumkin):

  1. masala sharti diqqat bilan o'qiladi;

  2. masaladagi hamma so'zlarning ma'nosi tushunarlimi? Noma'lum so‘z ma'nosi kitobdan yoki o'qituvchidan aniq- lanadi;

  3. masala sharti yoziladi (hammasi bir o‘lchov birliklar sistemasidaligi aniqlanadi);

  4. chizmasi chiziladi (agar u zarur bo‘lsa);

  5. masalani tahlil qilib, fizik ma'nosi ochiladi;

  6. bu masalani yechishda qanday qonuniyatlardan foy- dalanilishi aniqlanadi.

  7. fizik kattaliklami bog‘lovchi tenglama tuziladi;

  8. tenglamani yechib, noma'lum kattalik topiladi va umu- miy ko‘rinishda javob olinadi;

  9. kattaliklarning qiymatlarini SI sistemasiga keltirib, o'rniga qo‘yib, hisoblab, son qiymati topiladi;

  10. olingan javob tahlil qilinadi, berilganlaming o'zgarishi bilan no’malum qanday o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi.

Masala doim shu reja asosida yechib borilsa, talabalar ko‘nikib qoladilar. Biror bosqich qolib ketsa, masala to'g'ri chiqmasligi mumkin. O‘qituvchi uni ko‘rsatib borishi lozim.
Masalani odat (an'ana) bo‘lib qolgan uslubda yechish talabada tipik masalalarni yechish mahoratini oshiradi. Odat- da masala yechish darsi asosan quyidagicha olib boriladi: Avval shu mashg'ulotda ko‘riladigan mavzu umumlashtiriladi, ya’ni undagi asosiy qonun va formulalar takrorlanadi. Buni talabalardan so‘rash orqali amalga oshiriladi. Agar talabalar u yoki bu tushunchani yaxshi bilmasalar o‘qituvchi o‘zi uni yaxshilab tushuntiradi va ma’ruza o‘qiydigan o‘qituvchiga talabalaming qiyinchiliklarini aytadi. Umumlashtirishga 5—7 minut yetarli bo‘ladi.
Keyin o‘qituvchi o‘zi yoki uning yordamida doskada ta- laba bir tipdagi masalani yechib to‘la tahlil qilib beradi. Shunga o‘xshash masala mustaqil yechish uchun beriladi. Qiynalayot- gan talabaga yordam berib boriladi. Agar guruh kuchli bo‘lsa, masala ko‘proq mustaqil yechiladi, kuchsiz bo‘lsa ko‘proq doskada yechib ko‘rsatilib, ozroq mustaqil ishlatiladi.
Agar darsda ishlashga mo‘ljallangan hamma masalalar yechilib ulgurilmasa, qolgani uyga vazifa qilib beriladi. Bir turdagi (andozadagi, bir tipdagi) masalani yechish orqali bilimlar yaxshi o‘zlashtiriladi, uy vazifalarini bajarishga, nazorat ishiga tayyorlanishga yordam beradi.
Odatdagi uslubda masala yechish (o'qitish)ning asosiy kam- chiligi shundaki, olingan bilim tez esdan chiqadi va boshqa tip masalalarga ko‘chirib bo‘Imaydi. Bu rivojlantiruvchi o‘qitish bo‘la olmaydi.
Mehnat qilish orqali olingan bilim mustahkamroq bo‘ladi va ongli ravishda o‘zlashtiriladi. Vujudga keladigan qiyinchi- liklar talabadan yangi yo‘Ilarni izlashga majbur qiladi. Bular ko‘proq mehnat qilishni talab etadi. Bu esa muammoli o‘qitish orqali amalga oshiriladi.
Bunda muammoli o‘qitishning 1-usulidan 4-usuliga ket- ma-ket o‘tib boriladi. Bunga elektrostatikadan misol kelti- ramiz.

  1. Muammoli o‘qitishning 1-usuliga masala
    (muammoli bayon qilish)


Uzunligi l bo‘lgan ingichka sterjen chiziqli zichligi o bo‘lgan zaryad bilan zaryadlangan. Sterjen o‘rtasidan unga o‘tkazilgan tik chiziqdan a masofada bo'lgan A nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligi topilsin (8-rasm).

FIZIKA O‘QITISH 2
USLUBI ASOSLARI 2
SO‘ZBOSHI 4
1.KIRISH 5
2.FIZIKA O‘QITISH USLUBINING PREDMETI, VAZIFASIVA O‘RGANISH USLUBLARI 7
3.FIZIKA O‘QITISH USLUBINING RIVOJLANISHI VA HOZIRGI MUAMMOLAR 8
I VA II BOSQICHLARDA FIZIKA KURSINING VAZIFALARI 18
NAMANGAN DAVUA UNIVERStTETI 18
1.FIZIKA O‘QITISHNING VAZIFALARI 20
2.O‘QUVCHILARNING DUNYOQARASHLARINI SHAKLLANTIRISH 20
3.G‘OYAVIY-SIYOSIY TARBIYA 21
4.VATANPARVARLIK VA BAYNALMILAL TARBIYA 22
5.MEHNAT TARBIYASI 22
6.ESTETIK TARBIYA 22
7.POLITEXNIK TA’LIM 23
1.FIZIKA O‘QITISH JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 32
2.O‘QUVCHILARNING FIZIKANI BILISHGA BO‘LGAN QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH 34
3.O‘QUV ISHLARIDAGI MAHORAT VA KO‘NIKMANI SHAKLLANTIRISH 35
4.ILMIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH 36
5.FIZIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH 36
6.IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH 43
FIZIKA KURSINING BOSHQA O‘QUV PREDMETLARI BILAN BOG‘LANISHI 46
1.FIZIKA KURSINING MATEMATIKA BILAN BOG‘LANISHI 46
2.FIZIKA KURSINING KIMYO BILAN BOG‘LANISHI 46
3.FIZIKA KURSINING BIOLOGIYA BILAN BOG‘LANISHI 46
4.FIZIKA KURSINING JAMIYATSHUNOSLIK BILAN BOG‘LANISHI 47
5.FIZIKA KURSINING MEHNAT TA’LIMI BILAN BOG‘LANISHI 47
6.PREDMETLARARO BOG‘LANISHNI AMALGA OSHIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI 47
O‘QITISH USLUBLARINING GURUHLARGA AJRATILISHI 66
2.OG‘ZAKI BAYON USLUBLARI 67
3.MUAMMOLI O‘QITISH 68
4.O‘QUV MATERIALINI MUAMMOLI BAYON QILISH 72
5.YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA (yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari) 75
1.O‘QUV TAJRIBASINING AHAMIYATIVA UNGA USLUBIY TALABLAR 90
2.FIZIKA DARSLARIDA RASM, CHIZMA VA SXEMALAR 91
3.GRAFIK KO‘RGAZMALI QUROLLAR 91
4.AUDIOVIZUAL O‘QITISH VA TARBIYA VOSITALARI (AVO‘TV) 92
VIIbob 94
FIZIKADAN MASALALAR YECHISH 94
1.FIZIKA MASALALARI TA’LIM-TARBIYA VOSITASI SIFATIDA VA UNING O‘QUV JARAYONIDAGI O‘RNI 94
2.MASALALARNING TURLARIVA ULARNI YECHISH USULLARI 95
„ _ Vk+ -«*-*>.,* ,,/T 96
3.MASALA YECHISH USLUBI (ALGORITMI) 97
1.FRONTAL LABORATORIYA ISHLARI VATAJRIBALAR 99
2.FIZIK AMALIYOT 103
3.SINFDAN TASHQARI KUZATISH VATAJRIBALAR 103
O QUVCHILARNING FAOLIYATLARI 114
2.KONFERENSIYA VA SEMINAR DARSLARI 123
To‘rtinchi ma’ruza bo‘yicha: 125
S a v o 11 a r: 126
O‘QITUVCHINING DARSGA TAYYORLANISHI 133
4.O‘QUV EKSKURSIYALARI 133
1.OG‘ZAKI VA YOZMA TEKSHIRISH 139
2.SINOV O‘TKAZISH (BILIMNI SINASH) 140
3.BILIMNI O‘YINLAR ORQALI TEKSHIRISH 142
4.O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASH ME’YORI 143
XI606 144
O'QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL QILISH 144
1.MUSTAQIL ISHLARNING TURLARI 144
2.DARSLIK (KITOB) BILAN MUSTAQIL ISHLASH 144
3.O‘QUVCHILARNING FIZIKADAN UY MUSTAQILISHLARI 147
XII606 147
FIZIKADAN SINFDAN TASHQARI VA FAKULTATIV MASHG'ULOTLAR 147
1.FIZIKADAN SINFDAN TASHQARIISHLAR 147
ADABIYOTLAR 148
2.FIZIKADAN FAKULTATIV MASHG‘ULOTLAR 151
1.MA’RUZA - MATERIALNI BAYON QILISHNING ASOSIY SHAKLI 152
2.MA’RUZA KURSLARI BO‘YICHA SEMINARLAR 154
3.MASALA YECHISH BO‘YICHA AMALIY MASHG‘ULOTLAR 155
4.LABORATORIYA PRAKTIKUMINITASHKIL ’ QILISH VA O‘TKAZISH 159
ADABIYOTLAR 184
FIZIKA O‘QITISH USLUBI ASOSLARI 191



sala yechiladi. O‘zgaruvchi dxbo'Iib, kesma uzunligi bo‘yicha integrallanadi. Talabalar yechishni daftarlariga yozadilar. Shun- dan keyin o‘qituvchi shunga o‘xshash masalani mustaqil rav- ishda yechishni taklif qiladi.
nunini qo‘llab bo'lmashgim, kes- imni kichik dx bo‘laklarga bo‘lib, ulardagi zaryadlar dq bo'lishini, unga Kulon qonunini qo'llash mumkinligini tal- abalar bilan suhbat orqali aniqlab, uning integrallash che- garalari ham aniqlanadi. Doskaga bir talabani chiqarib, ma-

  1. Muammoli o‘qitishning 2-usuliga masala
    (namuna bo‘yicha ishlash)


Tekis zaryadlangan zaryad zichligi o bo‘lgan /, + /2 uzun-



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin