A mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə26/33
tarix24.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#89444
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
A. mamadaliyev, Z. Jamolova fizika o‘qitish uslubi asoslari

To ‘garak — fizika va texnikadan muntazam ravishda o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlaming asosiy shaklidir. Uni fizika va texnikaga qiziquvchilar uchun tashkil qilinib, mav- zusini o‘quvchilarning moyilligiga qarab uzoq muddatga mo‘ljallagan holda tanlanadi. To‘garak a'zolari 10 —15 tagacha bo‘ladi. Agar xohlovchilar soni ko‘p bo‘lsa, ular guruhlarga bo‘linadi; bir oyda ikki marta to‘garak a'zolari bilan, ikki marta guruhdagi o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mashg‘ulot vaqti 6—7-sinflarda — 1 soat, yuqori sinflarda 1,5—2 soat, amaliy ishlar 1—3 soat bo‘ladi.
Birinchi yig‘ilishda tashkiliy ishlar ko‘rilib, to‘garak oq- soqoli saylanadi, asboblarni tarqatib, yig‘ishtirib oluvchi shaxs va redkollegiya tayinlanadi.
6—7-sinf o‘quvchilarini fizika-texnika to‘garagida asosan radiotexnika, elektrotexnika va boshqa texnika asoslari bilan tanishtirish mo‘ljal qilinadi. Buning uchun avval murakkab bo'lmagan asboblar yig‘ib, keyin o'rganiladi. Bunday yo‘l 6-7- sinflar uchun qo‘llanadi.
Fizjka kechasi maktabda fizikadan sinfdan tashqari ish- larni ommalashtirishni eng oson amalga oshiriladigan sama- rali, ko‘p mehnat talab etadigan tadbirlaridandir. Bir nccha o‘quvchi ma'ruza tayyorlaydi, boshqalari tajriba o'tkazadilar, devoriy gazeta chiqaradilar, o‘zlari asboblar tayyorlaydilar. Kechani o‘tkazishda turli sinf o‘quvchilari qatnashadi. Asosiy ishlarni fizika to‘garagi a’zolari bajaradi.
Maktablarda ko‘p hollarda quyidagicha kechalar o‘tkaziladi: qiziqarli fizika kechasi; flzika va texnikaning ayrim muammolariga bag'ishlangan kechalar, u yoki bu olimning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kechalar, ijodiy mushoi- ralar va hokazo.
Kechaga tayyorlanishni o‘qituvchi shunday tashkil qilishi kerakki, u ijodiy va o‘ziga jalb etuvchi jarayonga aylanib ketsin. Unda har bir o‘quvchi o‘zining mahorati va bilimini ro'yobga chiqara olsin. Kechaga tayyorlanish rejasi quyida- gilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  1. Kecha dasturini tuzish.

  2. Boshqaruvchi va ma’ruzachilarni aniqlash.

  3. Tajribalarni tanlash.

  4. Konkurs va viktorinaga savol va masalalar tanlash.

  5. Tasvirlovchi material tayyorlash va uni namoyish qi- lish vositalarini aniqlash.

  6. Badiiy qism qatnashchilarining tayyorgarligini o‘tkazish.

  7. Xonani jihozlash, chiroyli e’lon chiqarish, taklifnoma tayyorlash.

  8. Kecha o'tayotgan paytida navbatchilik tashkil qilish.

  9. Tanloviar natijaiarini baholash uchun hay’at tashkil qilish.

  10. Tanlovda g‘olib chiqqaniarga mukofotlar tayyorlash.

Kecha o‘tkazishga misol tariqasida bionikadan «Mu- xandis va tabiat* maVzusiga oid kompleks kechani qisqacha ko‘rib o‘taylik. Kechani musobaqa shaklida o'tkazish ham mumkin. Buning uchun to‘rtta sinfdan bittadan jamoa tuzi- ladi. Har bir jamoada 7—8 tadan o‘quvchi bo‘ladi. Har bir jamoaga alohida mavzu beriladi: «Tezlik uchun kurash», «Tirik lokatorlar», «Tabiat sinoptiklari», «Tabiat va texnikada gidroaerodinamika qonunlari». Jamoalar mavzulami chek tash- lash yo‘li bilan oladilar.
Jamoalar o‘qituvchi maslahati bilan adabiyotlar yig‘a- dilar, ma'ruza, tajriba va jihozlash ishlariga tayyorlanadilar, boshqa jamoalarning ma'ruzalariga oid savollar topib qo‘yadilar. Har bir mavzu rejasi quyidagicha bo'ladi:

  1. «Tirik lokatorlar»

  1. ma’ruza: «ExoIokatorIar»

Tajribalar: Shu mavzuga tegishli adabiyotlar ro‘yxatida 1-raqamli adabiyot; 1-tom, 87-tajriba, 2-tomidan 121-tajriba.
Jihozlash; «Fizika va jonli tabiat diafilmidan kadrlar.
Rasmlar: ko'rshapalak, delfin — ultratovush projektori.
Kinofilm: «Biologiya va texnika muammolari», 1-qism.
Musobaqadoshlardan beriladigan taxminiy savollar:

  1. Exolokatsiya prinsipi birinchi bo‘lib Yer hayvoni ko‘rshapalakda payqalgan edi. Nima uchun bu prinsip texnikada suv osti ishlarida foydalaniladi? Lokatsiyaning boshqa qo'llanishlarini aytib bering.

  2. Bitta xonadagi ko'rshapalaklardan har biri faqat o‘zining signalini (tovushini) qabul qilishini, boshqalarining signalidan farqlanishini qanday tushuntirish mumkin? Radar qurilmalarida bu hodisadan qanday foydalaniladi?

  1. ma’ruza: «lssiqlikni ko‘rish mumkinmi?

Tajribalar: 1-dan: 2-tom, 24—53-tajriba.
Jihozlash: «Fizika va jonli tabiat» diafilmidan kadrlar.
Rasmlar: Ilon—lokator (HeTCKaa eHUWKjionezinri, 4 tom. «FleAarorMKa», 1973).
Musobaqadoshlar tomonidan beriladigan taxminiy savol- lar:

  1. Ma'lumki, muhandislar ilon detektorlarga nisbatan kat- taroq sezgirlikka ega bo‘lgan infraqizil detektorlarni loyiha- ladilar. Ehtimol ilon termolokatori bilan shug‘ullanishning qizig‘i qolmagandir?

  2. Ilonlar qorong‘ida «ko‘rish», termolokatsiya qobiliya- tiga egalar. Odam shunday qobiliyatga egami? Odamga qorong‘ida ko‘rish uchun qanday asboblar yordam beradi?

ADABIYOTLAR

  1. «)JeMOHCTpaHMOHHbIM 3KCnepHM6HT HO 4>M3MKe». flojl PCK. A.A. noKpoBCKoro. M: «npocBeuieHne», 1973.1-2 t.

  2. Koh F.C. MacrepcKaa xhboh npnpojibi. Jl.: *3naiiMC», 1973.

3. Kan IJ.E. 6jio(J)M3HKa na ypoKax <|)H3iikh. M. «ripocBeiiieHMe», 1974.

  1. «Tezlik uchun kurash».

  1. ma’ruza: «Tez yurar teri».

Tajribalar: 1-dan 1 tom, 108-va 111-tajribalar.
Jihozlash: «Fizika va tirik tabiat» diafilmidan kadrlar.
Rasmlar: Delfin terisining kesimi.
Sxemalar: Delfmning sun’i'y terisi; qattiq qobiqli jism- ning suyuqlikdagi harakati; delfinning harakati.
Musobaqadoshlar tomonidan beriladigan taxminiy savol- lar:

  1. Delfinni quvib o‘tadigan kema qurish mumkinmi?

  2. Delfin «motorining» tez yurarligi ta'kidlanadi, uning quvvati qancha va u qanday ofichanadi?

  1. ma’ruza: «Jonli raketaiar».

Tajribalar: 1-dan 1-tom, 17-tajriba; «Havo reaktiv samo- lyoti» o‘yinchog‘i va «suv osti kema» o‘yinchog‘ini namoy- ish qilish.
Jihoziash: «Fizika va jonli tabiat» diafilmidan kadrlar.
Rasmlar: Kalmaming tashqi ko‘rinishi, suv otgich modeli.
Kinofilm: «Biologiya va texnika muammolari», 1-qism.
Musobaqadoshlardan tushadigan taxminiy savollar:

  1. Suv otgich kemalari qurishda tabiatdan andoza olish ma’noga ega bo‘ladimi? Havo yostiqli va suv osti qanotli kemalar tez yurar va burila oladigan bo‘lishi mumkinmi?

  2. Reaktiv harakat prinsipini qo‘llay oladigan qobiliyat- ga ega bo‘lgan Yer usti hayvoni mavjudmi?

ADABIYOTLAR

  1. «JJe MO HCTpa UHO HHbl M 3KCnepHMCHT HO (j)H3HKe». A.A. rioKpoBCKHH Tax,pMpMua. M: «ripocBeiiieHMe», 1971.

  2. EejibKoeu^ B.M. Ba 6. Ham apyr aejibcjiMH. M.: «Moaoaan rBapaMH», 1967.

  3. 3yee T.B. HCnBbie paKe™. «HayKOBa nyMKa», 1970.

  4. Tomujuih A.T. JJejibcjiMHbi cjiyxar HejiOBeKy. M.: «HayKa», 1970.

  1. «Tabiatsinoptiklari»

  1. ma’ruza: «Tirik seysmograflar»

Tajribalar: 1-dan 1-tom, 64-,77-, 78-va 84- tajribalar; qo‘lda yasalgan seysmograf.
Jihozlash: Po‘rtanani (shtormni) oldindan aytib beruv- chi asbobning blok-sxemasini tasvirlovchi diapozitiv (uni 4-dagi rasmga asosan tayyorlanadi).
Musobaqadoshlar tomonidan beriladigan savollar.

  1. Tirik va mexanik seysmograflar orasida qanday umumiylik va farq bor?

  2. Yer qimirlashini oldindan aytib beradgan «tirik seys- mograf»larniki kabi sezgirlikka ega bo'lgan mexanik seys- mograflar mavjudmi?

  1. ma’ruza: «Ob-havoni oldindan aytuvchilar».

Tajribalar: «BepnTe jih npnMeraM» diafilmidan kadrlar.
Musobaqadoshlarning taxmimiy savollari:

  1. Ob-havoni o‘zgartirishda bionika qanday amaliy nati- jalar berishi mumkin?

  2. Hozirgi vaqtda meteorologiya fani juda tez rivojlan- moqda. Kelajakda tirik oldindan aytuvchilarga o‘rin qoladimi?

  3. 0‘tib ketgan davrlardagi ob-havo tirik organizmning tuzilishiga qarab qanday o‘rganiladi?


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin