A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116
ekologiya.maruza

 
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
1.
O`zbekiston hududida nechta qo`riqxonalr faoliyat ko`rsatmoqda? 
2.
Qurixonalarning asosiy vazifasi nima? 
3.
Buyurtmaxonalar va Milliy bog’lar soni qancha? 
4.
JAYRON” EKOMARKAZI qaerda joylashgan? 
JAYRON” EKOMARKAZI ni asosiy vazifasi nimadan iborat? 
 
11-MAVZU. TABIAT MUVOZANATINI OROL MUAMMOSI NATIJASIDA O`ZGARIB 
BORISHI VA UNI BARTARAF ETISH YO`LLARI 
·
Orol dengizi muammosining tabiiiy va ekologik jarayonlariga ta`siri.
·
Orol dengizi muammosining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. 
·
Orol dengizi ekologik 
muammosini hal etish yo`llari. 
Tabiat bilan inson o`rtasidagi munosabatlar tobora jiddiylashib, ayrim o`lkalarda bu 
ziddiyat juda chigal va xavfli tus olmoqda. Buning natijasida ekologik vaziyat joylarda ba`zan 
tang yoki falokat darajasiga yaqinlashmoqda. Keyingi yillarda noxush hodisalar avvalgi 
davrlarga nisbatan sayyoramizda tez-tez qaytarilib, tobora katta hududlarni egallab olmoqda. 
Hududiy muammolar quruqlik va suv havzalarida Er kurrasining ma`lum tabiiy chegaralariga 
ega bo`lgan ayrim qismlarida tarkib topmoqda, binobarin ularning ko`pincha bir necha davlat, 
ba`zan esa yirik bir mamlakat doirasida ham rivojlanishi kuzatilmoqda. SHuning uchun ham 
vujudga kelayotgan ekologik muammolar regional xususiyat kasb etmoqda. 
Dunyoda keng tarqalgan hududiy geoekologik muammolar O`rta, qora, Azov, Boltiq, 
Shimoliy , Karib dengizlari havzalari. Fors qo`ltig’i, quruqlikdagi suv havzalari: Kaspiy va Orol 
dengizlari, Baykal, Balxash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko`llar; Issiqko`l, yirik daryolar: 


Dunay, Volga, Missisipi, Reyn va boshqalarga xos. Demak, ta`kidlab o`tilganidek, bugungi 
kunning eng jiddiy muammolaridan biri Orol dengizining qurib borishi va buning natijasida 
cho`llashish jarayonini rivojlanishidir. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov quyidagicha fikrni bayon etgan: "Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik 
yopiq suv havzalaridan birining yo`qolib borishiga guvoh bo`lmoqdamiz. Biroq, bir avlodning 
ko`z o`ngida butun bir dengiz halok bo`lgan hol xali ro`y bergan emas edi". Haqiqatan ham 
bugungi kunda ko`z o`ngimizda sayyoramizda eng katta falokatlardan biri sodir bo`lmoqda. Er 
yuzida kattaligi jihatidan to`rtinchi o`rinda turgan Orol dengiz - ko`li qurib bormoqda, uning 
o`rnida ulkan Orol cho`li tarkib topmoqda, bu jarayonda Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt cho`llari 
o`zaro birlashmoqda. Turon pasttekisligining qoq markazida obihayot maskanining yo`qolib 
borishi, cho`llarning kengayishi o`lkada cho`lga aylanish jarayonini avj olishiga sabab 
bo`lmoqda. Orol dengizi va unga yondosh O`rta Osiyo mintaqaviy-ijtimoiy ekosistemasining 
shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 473 ming kv.km, aholisi esa 35 milliondan ortiq. Orol 
dengizi qit`a ichkarisidagi suvi oqib chiqib ketmaydigan, tuzli hamda dengiz va ko`l xislatlariga 
ega bo`lgan suv havzasidir. Dengizga Amudaryo va Sirdaryo suv etkazib beradi. 1960-
yillargacha Orol dengizi nisbatan barqaror edi. Amudaryo va Sirdaryoning unga tushuvchi 
suvlari (yiliga 55 kub.km) va yog’in sochin suvlari (9 kub.km) dengiz yuzasidan bug’lanadigan 
suv hajmiga (yiliga 65 kub-km) teng kelar edi (4-jadval). 
Sobiq ittifoq davrida ilgari ko`chmanchi chorvachilik va sug’oriladigan dehqonchilik 
mavjud bo`lgan Orolbuyi, jadal sug’orishga asoslangan, ko`p tarmoqli qishloq xo`jalik ishlab 
chiqarish o`lkasiga aylandi. Ayniqsa, mustaqillikgacha bo`lgan chorak asr mobaynida sug’orish 
va sanoatni rivojlantirish uchun qaytarilmas suv iste`molining o`sishi, shuningdek qator 
yillardagi qurg’oqchilik Orol dengiziga daryo suvlari quyilishining asta-sekin kamayishiga, xatto 
butunlay to`xtab qolishiga olib keldi. Paxta va boshqa ekin maydonlarini sug’orish uchun suvdan 
betartib foydalanish, keyingi yillarda, Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo suvlari kelib 
quyilishining keskin qisqarishiga olib keldi. Dengiz sathi 16 metrdan ziyod pasaydi. Suv 
maydoni 1960-yillar boshlaridagiga nisbatan uch barobarga qisqarib, suv hajmi 60% 
kamaydi.1911-1960 yillar davomida Orolga har yili o`rtacha 52 kub km suv quyilib kelgan va 
uning sathi muntazam ravishda 53 m mutloq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kv.km, suv hajmi 
1061 kub km ga teng edi, suvning o`rtacha sho`rlik darajasi har litr suvda 9,5-10 g atrofida 
bo`lib, dengizning o`rtacha chuqurligi 16 m ni tashkil qilgan. Ta`kidlanganidek, Orol sathi 1961 
yildan pasaya boshladi. 1961-1970 yillar mobaynida pasayish o`rtacha 21, 1971-1980 yillarda 
68, 1981-1985 yillarda 80 sm.ni tashkil qildi. Ayrim yillarda suv sathining pasayishi hatto 1 m 
ga etdi. 1960-1993 yillarda dengiz suv rejimining o`zgarishi 2-jadval ma`lumotlarida 
keltirilganidek bo`lgan. Dengiz suvining sho`rlik darajasi barqaror ortib bormoqda. Hozirda 
(2010 y) bu miqdor har litr suvda 45-47 g ni tashkil qiladi. Suvning faqat bug’lanishga sarf 
bo`lishi, daryolar orqali kelayotgan suv miqdorining nihoyatda kamligi Orol suvida tuz 
miqdorining muntazam ko`payishiga sabab bo`lmoqda. 
Orol dengizi suv sathining kamayib borishiga sabab nima va bu jarayon nima uchun 
davom etib kelmoqda - degan savol albatta barchani o`ylantirishi tabiiy. Avvalo bu tabiatdan 
foydalanishning regionallik hamda tabiat komponentlarining bir butunlik qonuniyatini qo`pol 
ravishda buzilishi oqibatidir. Chunki, O`rta Osiyo iqlimi o`ziga xos bo`lgan quruqlik iqlimidir. 
Ayni paytda Orol havzasi berk havzadan iboratdir. Buning ustiga yog’in sochin miqdori makon 
va zamon bo`ylab o`ta notekis taqsimlangan. SHu boisdan ham bu o`lkada "suv obihayot", "suv 
hayot manbai" kabi talqinlar bejiz paydo bo`lmagan. Ammo, sobiq totalitar tuzum o`lkaning 
tabiiy xususiyatlarini to`la inobatga olmagan holda, markazdan turib boshqaruv mexanizmi 
asosida uni qishloq xo`jalik mahsulotlari etkazib beruvchi manbaga aylantirdi. Buning uchun 
yirik-yirik gidrotexnik inshootlar bunyod etilib, ularda saqlanib turgan suv hisobiga yangidan 
yangi yer maydonlari o`zlashtirila boshlandi. Oqibatda esa daryolar suv sarfi keskin darajada 
o`zgarib, Orol dengiziga borib quyiluvchi suv miqdori kamayib ketdi. Masalan, 1965 yilda 
Sirdaryoda Chordara suv omborining (suv hajmi 5,9 kub km) ishga tushirilishi bilan daryoning 
quyi oqimidagi suv rejimi rostlab qo`yildi, 1956 yilda Qayroqqum kanali va 1974 yilda ulkan 


To`xtagul suv omborining ishga tushirilishi natijasida dengizga quyiladigan suv miqdori sezilarli 
darajada kamaydi. 1974-yilda Gazali (Qozog’iston) shahridan sal yuqoriroqda daryoga to`g’on 
solindi. 
Amudaryo etaklaridagi suv rejimi 1974 yilda Taxiatosh gidrouzelining ishga tushirilishi 
natijasida keskin o`zgardi. Bu vaqtga qadar bahor va yozda har yilgi suv toshkini tufayli del’tada 
suv juda katta maydonlarda yoyilib oqardi, del’tadagi sanoqsiz ko`l va ko`loblar hamda 
botqoqliklarni suv bilan ta`minlab turar edi. Taxiatosh gidrouzeli qurilganidan so`ng bu holat 
o`zgarib ketdi. 1986 yilda suv sig’imi 8,6 kub km bo`lgan ulkan Tuyamo`yin suv ombori ishga 
tushdi, buning natijasida quyi Amudaryo etaklarida daryo suvining rejimi butunlay tartibga 
solindi, bu hol daryo toshqini va umuman o`zanining to`lib oqishiga chek qo`ydi, 
foydalanilayotgan obihayot suv omborida jamg’arila boshlandi. 1974 yilga qadar Orol sathi juda 
sekinlik bilan pasayib bordi, chunki bu vaqtlarda suv Sirdaryo va Amudaryo orqali me`yoridan 
kamroq bo`lsa ham har holda bir maromda kelib turgan edi. Orol cathi 1974 yilga kelib 3 m ga 
pasaydi. Shu yildan boshlab dengizga suv quyilishi turg’un kamayib borishi bilan uning sathi 
ham tez sur`atlarda sayozlana boshladi.
Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida daryolar suvining sifati halokatli yomonlashdi. 
Iste`molga deyarli yaramay qoldi. Ana shu daryolar del’talaridagi erlar jadallik bilan 
qurg’oqlashib bormoqda. Orol dengizi va unga yaqin joylashgan erlarning ekologik tizimi, 
hayvonot va o`simliklar dunyosi chuqur inqirozga uchramoqda. Orol va Orolbo`yi bo`xronining 
eng asosiy sababi, ishlab chiqarish tuzilmalar bilan, O`rta Osiyo ekologik tizimi o`rtasida 
vujudga kelgan chuqur ziddiyatdir. Bu tabiatning ob`yektiv qonunlarini mensimay suv va boshqa 
tabiiy boyliklardan xo`jasizlarcha foydalanish oqibatida ro`y berdi. Irrigatsiya qurilishining Orol 
dengizi, Amudaryo va Sirdaryo del’talari ekologik tizimni saqlash bo`yicha ilmiy tavsiyalar 
amalda bajarilmadi, tarixning achchiq tajribalaridan xulosalar chiqarilmadi. 
Birinchi navbatda ko`p suv talab qiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish, paxta va sholi 
yakka hokimligi strategiyasining tiklanishi daryolar suvini sug’orishlardan ortmaydigan qilib 
qo`ydi. Bir qator hollarda melioratsiyalash, noqulay bo`lgan erlarni o`zlashtirish, jahon amaliyoti 
bilmagan yuqori sur`atlarda sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish ketidan quvib, sug’orish 
tizimlarini loyihalash, qurish va foydalanish ishlari sifatining pasayib ketishi mintaqadagi 
axvolni yanada yomonlashtirdi. Nazoratsizlik va suvdan foydalanishning "bepulligi" hamda 
almashlab ekishning yo`qligi suvdan samarasiz foydalanishga olib keldi. Paxta va sholi 
etishtirish juda ko`p suv sarflashdan tashqari, hisobsiz miqdorda madaniy o`g’it va o`simliklarni 
himoyalash kimyoviy vositalaridan keng miqyosda foydalanish atrof-muhitni yo`l qo`yilishi 
mumkin bo`lgan darajadagidan o`nlab marta yuqori ifloslanishga olib keldi. CHunki, mintaqa 
ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish strategiyasi asosan xom-ashyoni qayta ishlovchi 
korxonalar tarmog’i bo`lib, omborlar va kommunikatsiyalar etishmagan.
Umuman ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish eng avval tayyor mahsulot emas, balki 
qishloq xo`jalik xom-ashyosini ko`paytirish manfaatlarini ko`zlagan ekologiyaga zid strategiyasi
oxir-oqibatda, Orol dengizi va Orolbo`yi hududini ekologik inkirozga olib keldi. Bu O`rta Osiyo 
va Qozog’iston hududida "aholi-iqtisodiyot-tabiat" tizimi muvozanati buzilganligining eng 
yorqin ifodasidir. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin