A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Orol muammosining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116
ekologiya.maruza

Orol muammosining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. 
Orol dengizi havzasi tabiiy 
muhitining hozirgi holatini va rivojlanish jarayonining tahlili ekologik vaziyatning yanada 
keskinlashib borgan sari murakkablashayotganini ko`rsatmoqda. 
Mintaqaning ahvoli va rivojlanishida tobora yangi-yangi muammolar paydo bo`lmoqda. 
Bugungi kunda Orol dengizi bevosita o`z ta`sirini o`tkazib kelayottan hudud 3 mustaqil davlatni 
qamrab oladi. Bu mintaqa qadimdan ko`chmanchi chorvachilik va dehqonchilik bilan 
shug’ullanib kelayotgan regionlardan edi. Sobiq ittifoq davrida turli xil qishloq xo`jalik 
mahsulotlar etkazib beruvchi intensiv dehqonchilik mintaqasiga aylantirildi.
Sug’orish tizimining kengayib borishi, sanoat tarmoqlarining rivojlantirilishi natijasida bu 
region yirik agro sanoat kompleksiga aylanib qolgan edi. 1950 yil bu mintaqada sutorib ekin 
ekiladigan maydonlar 2,9 mln.ga bo`lgan bo`lsa, 1990 yilga kelib ularning maydoni 7 mln. ga 
dan oshib ketdi. Natijada qishloq xo`jalik mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi, bu davr 
oralig’ida 4 barobar ko`paydi va sobiq ittifoqning 90% paxtasini, 40% yaqin sholisi, mevaning 


1/3 ni hamda sabzovot mahsulotining 1/4 qismini Orolbo`yi etkazib bera boshladi. Orol 
mintaqasidagi bu vaqtinchalik yutuqlar (aholi jon boshiga olingan 1960 yilga nisbatan 2 
barobarga ortib ketgan edi) o`sha davrdayoq o`z echimini kutayotgan sug’orish tizimini yo`lga 
qo`yish, tuproq hosildorligini saqlab qolish, jamoa va davlat xo`jaliklari qurilishidagi 
majmualilik kabi kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni dolzarb vazifa sifatida ilgari surdi. Ammo bu 
ishlar amalda o`z echimini talab darajasida topa olmadi. Bu salbiy omillar ekstensiv ravishda 
rivojlanish yo`liga tushib qolgan qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning surunkali orqaga ketishiga 
olib kelgan edi. 
Orol mintaqasidagi 100 minglab gektar erlar sho`rlana boshladi, ekinlarda turli kasalliklar 
ko`paydi, tuproq hosildorligi pasaydi, qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarish keskin 
pasayib ketdi. Bu hol Orol mintaqasidagi yuqorida bayon qilingan uchta mustaqil davlatning 
qator tumanlarida og’ir sotsial-iqtisodiy, ekologik va sanitariya epidemiologiya sharoitining 
yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. 1985-1990 yillarda Orol suvining chekinishi natijasida 26 ming 
kv.km. suv osti qumligining yuzi ochilib qoldi, uning 2/3 qismi sho`rxoklardan iborat bo`lsa, 
qolgan qismi tuzli qum adirlaridir. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining ma`lumotlariga 
ko`ra Orol suvining qurigan maydonidan chiqqan va shamol kuchi bilan tarkalayotgan aerozol 
atmosferaning tarkibiga aralashib ketib joylarda to`zonli, tuzli bulutlarning paydo bo`lishiga olib 
kelmoqda. Oqibatda esa Orolbo`yi mintaqasidagi yomg’ir suvlarining minerallashuv darajasi 
ham ruxsat etilgan me`yordan 2 barobarga, ayrim janubiy tumanlarda esa hatto 7 barobarga 
ortishiga sabab bo`lmoqda. Orol qaytgan joylardan ko`tarilgan tuzli to`zonlar atmosferaning 5% 
ni ifloslab bo`ldi degan ma`lumotlar mavjud. Natijada Orol dengizi atrofida, ayniqsa 
Qoraqalpog’iston Respublikasida, qizil O`rda va Doshhovuz viloyatlarida aholi salomatligi 
uchun xavfli og’ir ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyat vujudga 
keldi. 
Kasalga chalinish darajasi ayniqsa ayollar va bolalarda ko`tarildi, o`lim ham ko`paydi. 
Orolbo`yidagi aholi salomatligining yomonlashuviga, ekologik omillardan tashqari, tibbiyot 
muassasalari ishidagi kamchiliklar, bir qator aholi istiqomat qiladigan joylarda markazlashgan 
vodoprovod tizimining yo`qligi ham sabab bo`lmoqda. Masalan, Qoraqalpog’istonda shahar 
joylarning bor-yo`g’i 11%i vodoprovod tizimi bilan ta`minlangan holos, qishloqda esa bunday 
tizim butunlay yo`q.
Orol dengizi havzasida sug’orishni rivojlantirish qishloq xo`jalik ishlab chiqarish va 
gidromelioratsiya qurilishiga (asosan umumittifok manfatlari uchun, aksariyat hollarda 
mintaqaviy manfaatlarga zid tarzda) katta mablag’lar ajratish bilan uyg’unlashtirilib amalga 
oshirildi. qishloq xo`jaligini kimyolashtirishni kuchaytirish va boshqa ko`rinishdagi salbiy 
antropogen ta`sir bilan uyg’unlashgan holda irrigatsiyaga katta e`tibor berilganligi mintaqa 
ekologik tizimida salbiy o`zgarishlarni keltirib chiqardi. Avvalo, ko`p suv talab qiladigan ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, paxta va sholi yakkahokimligini strategiyasining tanlanishi daryolar 
suvini sug’orishlardan ortmaydigan qilib qo`ydi. Nazoratsizlik va suvdan foydalanishning 
bepulligi hamda almashlab ekishlarning yo`qligi suvdan samarasiz foydalanishga olib keldi. 
Paxta va sholi etishtirish ko`p suv sarflashdan tashqari, ko`p miqdorda o`g’it va o`simliklarni 
himoyalash kimyoviy vositalarni qo`llashni talab etdi. Bu esa atrof-muhitning yo`l qo`yilishi 
mumkin bo`lgan darajadan o`nlab marotaba ko`p bo`lganishiga olib keldi. Mintaqa ishlab 
chiqarish kuchlarni rivojlantirish strategiyasi, avvalo, xom-ashyo bazasiga aylanish yo`lidan 
bordi. Buning oqibatida xom-ashyoni qayta ishlovchi korxonalar tarmog’i, omborxonalar va 
kommunikatsiyalar talab darajasidan past. infratuzilma esa butunlay xalq xo`jaligi talablariga 
javob bermaydigan holatga tushib koldi. SHu sabablarga kura mintaqa o`z mahsulotining katta 
qismini tashish va saqlash imkoniyatlarining yomonligi tufayli nobud bo`lib, katta iqtisodiy zarar 
keltira boshladi. 
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning tayyor mahsulotni emas, balki qishloq 
xo`jalik xom-ashyosini ko`paytirishni ko`zlagan mintaqa ekologik sharoitiga zid bo`lgan 
strategiyasi oxir-oqibatida Orol bo`hroniga olib keldi. Demak Orol muammosini yuzaga 
keltirgan sotsial-iqtisodiy omillar quyidagilardan iboratdir: 


1. Ko`p suv talab qiladigan ishlab chiqarishning rivojlantirilishi va joylashtirilishi va 
ularning xom ashyoviy tavsifi. 
2. qishloq xo`jalik ekinlarining ekoloik jihatidan asoslanmagan tuzilmalari joriy qilindi va 
eng avvalo suvni ko`p talab qiladigan ekinlar, birinchi navbatda paxta va sholi ekinlari 
maydonlari kengaytirildi. 
3. Hosildorligi past, melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish og’ir bo`lgan hududlar 
o`zlashtirildi. 
4. Sug’orish tizimlarni loyihalashtirish, qurish va ekspulatatsiya qilish ishlari sifatsiz 
bajarildi. 
5. Sug’orish me`yorlariga amal qilinmadi. 
6. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish va uni ekologiya tizimiga ta`siri muqobil yo`llarni 
ilmiy bashoratlash, shuningdek, katta miqyoslarda amalga oshiriladigan tadbirlarning ekologik 
oqibatlarini tahlil etish talab darajasida olib borilmadi.
7. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan butun xo`jalik-siyosiy faoliyatining 
ijtimoiy jihatlari sust edi.
Mana shular asosida 1965 yildan to 1990 yilga qadar Orolbo`yida sug’oriladigan erlar uch 
barobardai ko`proq kengaytirildi, suv iste`moli ham mutanosib tarzda uch barobar ortdi. 
endilikda Orolni sog’lomlashtirish muammosi jahon xalqlari diqqat markazida bo`lib, Orol 
dengizi havzasini barqaror rivojlantirishga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o`tkazilib 
ularda istiqbolli dasturlar ishlab chiqilmoqda. 1995 yil sentyabr oyida Nukus shahrida Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti homiyligida bo`lib o`tgan "Orolbo`yi mamlakatlarining barkaror taraqqiyoti" 
mavzusidagi xalqaro anjuman ham aynan yuqorida ta`kidlangan muammolarga bag’ishlangan 
edi. Bu anjumanda Markaziy Osiyodagi besh davlat prezidentlari, hukumatlar rahbarlari bilan 
birga o`nlab xalqaro tashkilotlar va 35 davlatning vakillari ishtirok etib, o`lkada yuzaga kelgan 
xavfli ekologik halokatni bartaraf etish masalalarini o`rganib chiqdilar. Anjuman ishida 300 dan 
ortiq mutaxassislar, diplomatlar, vazirlar va davlat rahbarlari qatnashib, ular Orol dengizining 
qurishi bilan bog’liq bo`lgan ushbu asosiy masalalarni muhokama qildilar. Unda Nukus 
deklaratsiyasiga imzo chekildi va istikbolda olib boriladigan siyosiy va amaliy ishlar borasida 
aniq majburiyatlar olindi, boshlangich mablag’lar belgilandi. 
Orol muammosi xalqaro muammoga aylandi. Orolni sog’lomlashtirish, uni suv bilan 
ta`minlash, dengiz atrofidagi ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan ibratli ishlar boshlandi. 
Orol dengizi atrofida yashovchi aholiga, ayniqsa bemorlar va bolalarga turli xayriya yordamlar 
kuchaytirildi, respublikamizdan va xatto chet el mamlakatlaridan zarur dori darmonlar muntazam 
yuborib turilibdi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin