A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Ekologik muammolarni hal etishdagi tajriba va milliy dasturlarning ahamiyati



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116
ekologiya.maruza

Ekologik muammolarni hal etishdagi tajriba va milliy dasturlarning ahamiyati. 
Barcha mamlakatlarda milliy miqyosida tabiatdan foydalanish siyosatiga rahbarlikni 
uyushtiruvchi markaziy organlar paydo bo`ldi. Masalan, YAponiyada atrof muhitni muhofaza 
qilish boshqarmasi, Frantsiyada vazirlik, AQSHda atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha 
Federal Agentlik (qator shtatlarda o`z bo`limiga ega) va boshqalar. 
Tabiatni muhofaza qilishni davlat tomonidan tartibga solish usullarini turliligiga 
qaramasdan bu erda umumiylik shundan iboratki, davlat tabiat muhofazasi siyosatining 
maqsadlarini o`rnatadi, tabiatdan foydalanuvchilar bilan o`zaro munosabat me`yorlarini, ya`ni 
xo`jalik mexanizmi deb ataluvchi o`yin qoidalarini ishlab chiqadi. Bu mexanizm o`zining 
elementlari bilan iqtisodiy va noiqtisodiy tavsifga ega bo`lib, bozor munosabatlari asosida 
harakat qiladi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda ekologik siyosatni o`tkazish va harakat 
qilish asosida turli xil ifloslanish standartlarini o`rnatish yo`li bilan atrof muhitni me`yoriy sifat 
holati tamoyillariga asos solindi. Bu andozaga o`tish bilan soliq siyosatiga mos ravishda 
(jazovlovchi, kechiruvchi va rag’batlantiruvchi xarakterga ega bo`lgan) imtiyozli kredit berish, 
me`yoriy va me`yoridan ortiq darajasi uchun to`lovlar jarima to`lash va boshqalar amalga 
oshiriladi. Noiqtisodiy choralarga quyidagilar kiradi: 
- ishlab chiqarishni bevosita ta`qiqlash; 
- korxonani yopishni ma`muriy hal qilish; 
- jismoniy javobgarlikka tortish; 
Masalan, AQSH tabiatni muhofaza qilish Agentligi har bir fuqaro yoki kompaniyaga 
me`yoridan ortiq ifloslantirganligi uchun jinoiy ish qo`zg’atib, qamoqda o`tirish muddatini 
o`rnatish huquqiga ega. Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi bo`yicha faol siyosatga o`tish 
rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Ularda chegaralash ishlab chiqarish hajmining 
o`sayotgani bilan emas, balki «iflos» ishlab chiqarish korxonalar sonini ko`payishi bilan bog’liq. 
Ko`pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiat muhofazasi bo`yicha qonuniyatlar ishlab 
chiqildi, davlat organlari ta`sis etildi, ekotizimni saqlash dasturlarp yaratilyapti, ifloslanish 
andoza va me`yorlari ishlab chikilyapti. «Uchinchi Dunyo» mamlakatlari uchun albatta 
rivojlangan mamlakatlar tajribasi, xususan dasturlarni tejash, chiqindisiz texnologiya agrar 
sohada hosildorlikni ko`tarish va yoqilg’i-energetika resurslarida foydalanish samaradorligi 


kabilar muhimdir. Bu tajribalar tabpat muhofazasi bo`yicha juda ko`p muammolarni echishda, 
umumiy sotsial-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini amalga oshirishda xatoliklarga yo`l 
qo`ymaslikka yordam beradi. 
O`tish davrini o`tayotgan mamlakatlarda (Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya, MDH) 
tabiat muhofazasi bo`yicha faoliyat tajribalari o`sha rejali, Markaziy boshqaruv davrida 
to`plangan edi. 70-80 yillarda tabiat muhofazasi bo`yicha qator qonuniyatlar ishlab chiqildi va 
qabul qilindi, tabiat muhofazasi bo`yicha davlat boshqaruv tizimi yaratildi, iqtisodiy monitoring 
(nazorat punktlari tizimi havo, 76 va suv havzalari holati) barpo qilindi, iqtisodiy ta`sir qilish 
elementlari (soliq, dotatsiya, jarima, imtiyoz), ekologik fondlar tuzilib, qator mamlakatlarda 
ishlab chiqarishda chiqindisiz texnologiyalar qo`llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda (ayniqsa o`tish 
davrini o`tayotgan mamlakatlarda) bu tajribalarning ijobiy tomonlarini saqlab qolish muhim 
ahamiyatga ega. Murakkab sotsial-iqtisodiy sharoitda tabiat muhofazasi uchun sarf-harajatlarni 
tejash uchun moyillik bo`ladi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyotiga o`tish nafaqat mamlakatni 
iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi, balki unda ekologik vaziyatni yaxshi tomonga o`zgartiradi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin