-yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo`lib inson va jamiyat uning
tarkibiy qismi ekanligi;
-insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini
moddiy negizi tabiat ekanligi;
- tabiatdagi salbiy o`zgarishlar va atrof-muhitga angropogen ta`sir ko`lami jihatidan butun
sayyoraga tazyiq ko`rsaguvchi jarayonlar ekanligi;
-hozirda yuzaga kelayoggan ekologik muammolarni hal etishga ko`p
hollarda bir
yoki bir nechta davlatlarning imkoniyatlari etarli emasligi;
-
barcha insoniyatning birgalikdikda harakati sayyoramizdaga ekologik vaziyatni
yaxshilashning eng maqbul yo`li ekanligi.
Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH)
deyilganda ~ yer yuzidagi barcha mamlakat (xalq)lar
tomonidan tabiat muhofazasiga doir xalqaro kelishuv-shartnoma, konventsiyalar tuzish,
xalqaro ekologik me`yorlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini
hamkorlikda nazorat
qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgshshkda hal etish, ilmiy
tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o`tkazish kabi keng ko`lamli chora-tadbirlar
kompleksi tushuniladi. XEH quyidagi tamoyillarga asoslangan bo`lishi lozim:
-sayyoramizdagi har bir inson sog’lom ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega
eganligi;
-har bir mamlakat atrof-muhit va tabiiy resurslardan o`z fuqarolari manfaatlari yo`lida
foydalanish huquqiga ega ekanligi;
-bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga bo`lmasligi yoki
ularning manfaatlariga zid bo`lishiga yo`l qo`ymaslik;
-har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi va undan tashqaridagi
tabiiy muhitga zarar etkazmasl i gi n i ta`minlash;
-ekologik oqibatlarni bashorat qilib bo`lmaydigan qar qanday xo`jalik va boshqa turdagi
faoliyatlarni amalga oshirilishiga yo`l qo`ymaslik;
-tan olingan xalqaro me`yorlar va andozalar asosida atrof-muhit, tabiiy resurslar va
ulardagi o`zgarishlar ustidan nazorat o`rnatish;
-atrof-muxit muhofazasi bo`yicha erkin, keng ko`lamli xalqaro ilmiy-texnik axborotlar
almashish va tabiatni asraydigan ilg’or
texnologiyalarni joriy etish;
-sayyoramizning biror-bir hududida favqulodda ekologik holat ro`y berganda
davlatlar bir-birlariga o`zaro yordam ko`rsatish;
- atrof-muhit muammolari bilan bog’liq barcha kelishmovchiliklarni tinchlik yo`li bilan
hal etish.
Hozirgi paytda XEH asosan ikki xil shaklda namoyon bo`lmokda: 1. Atrof-muhit
muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki yoki ko`p
tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va konventsiyalar tuzish. 2. Turli xalqaro tabiatni
muhofaza
qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish. XEH
umumbashariy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi sifagida so`nggi yuz yildan ko`proq
vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormokda. Uning dastlabki ko`rinishlari XIX asr
oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlatlararo
harakat tarzida namoyon bo`la boshladi.
XX asrning birinchi yarmida XEH birmuncha taraqqiy etib, mukammallashib bordi. 1913
yilda Bern (SHveytsariya) da 18 ta davlat ishtirokida «Tabiatni muhofaza-qilish» bo`yicha
xalqaro konferentsiya o`tkazildi. 1923 yilda esa Parijda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish
Kongressi bo`lib o`tdi. 1928 yilda Bryussel (Bel’giya)da «Tabiatni himoya qilish xalqaro
byurosi» ochildi. O`tgan asrning 40- yillari oxiriga kelib XEH ma`lum
darajada shakllamgan
bo`lsa ham, ammo haqiqiy ta`sirchan xalqaro ekologik harakatning barpo etilishiga
to`laligicha erishilmadi. Hamkorlik turli davdatlardagi ekologik qonunlar va amalga oshirilayotgan
tadbirlar haqidagi ma`lumotlarni yig’ish. umumiy axborotnomatlar va tavsiyalar tuzish bilan
chegaralanib qoldi.
1945 yidda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi
munosabati bilan ekologiya
sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu halqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifagada
rivojlana boshladi. BMT halqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo`lida ko`p
ishlarni amalga oshirdi. Dastlab 1948 yilda BMT tashabbusi bilan «Tabiatni himoya qilish
halqaro byurosi» «Tabiatni muhofazalash halqaro ittifoqi» (TMXI)ga aylantirildi. Hozirgi
kunga kelib ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 636 tadan ziyod davlat va
jamoatchilik tash-kilotlari ishtirok etmoqdalar. TMXI tarkibida 6 ta domiy hay`at bo`lib, ular
atrof-muhit muhofazasining eng dolzarb masalalari bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Bir qator
hayvonlarni muhofazalash borasidagi xalqaro konventsiya va kelishuvlar, turli hayrli tadbirlar,
«Qizil kitob» va «YAshil kitob»larning tashkil etilishi kabi
ishlar mana shu ittifoqning
faoliyati bilan bog’liqdir.
Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi atrof-muhit
muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug’ullanadi. Jumladan,
Dostları ilə paylaş: