YUNESKO - ta`lim, fan va
madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri
atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan.
FAO — oziq-ovqdt va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U er, suv, o`simlik va hayvonlardan
kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug’ullanadi.
VOZ xalqaro sog’liqni saqpash tashkiloti. Achrof-muhit muhofazasining sanitar-gigienik masalalari
bilan shug’ullanadi.
VMO — xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy
o`zgarishlar bilan shug’ullanadi.
IMKO — dengizlar bo`ypcha davlatlararo maslahat tashkiloti. Bu
tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug’ullanadi.
YUqoridagilardan tashqari BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masa-lalar bilan shug’ullanuvchi
kengashi — E
KOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e`tibor beriladi.
SHuningdek, mintaqaviy ekologik muammolar turli komissiyalar faoliyatida o`z ifodasini topadi.
Ular dunyoning turli qismlarida sotsial-iqtisodiy holatni o`rganadilar, hukumatlar uchun
tavsiyanomalar ishlab chiqadilar va loyixalarni tatbiq qilishda ishtirok etadidlar.
Masalan: eSKATO komissiyasi (Osiyo va Tinch okeani mintaqasi).
EKLAK (Lotin Amerikasi mintaqasi uchun).
EEK (Yevropa uchun).
1962 yilda YUNESKO ning XII Bosh konferentsiyasida «Ekologik taraqqiyot va tabiiy
resurslarni, flora va faunani muhofazalash» rezolyutsiyasi qabul qilindi.
1968 yilga kelib, XEH faoliyati sezilarli darajada kengayib, mustahkamlangan bo`lsada, bu borada
xalqaro harakatni aniq va talab darajasida tashkil etish hamda muvofiqlashti-rishga erishilmadi.
ekologiyaga doir turli amaliy tadbirlar o`tkazish kupincha bir yoki sanoqli ixtisoslashgan Xalqaro
tashkilotlarning (