dasturlarini hayotga tadbiq qilish bo`yicha bir xil imkoniyatga ega emas. Bu borada hamkorlik
va dunyo hamjamiyatining yordami ham muhimdir. Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro
aspektlar quyidagi tadbirlarnn o`z ichiga oladi:
- tabiatdan foydalanish milliy dasturlarini tadbiq qilishda tajriba almashuv;
- davlatlararo dastur va bitimlarni yaratish va joriy qilish;
- atrof-muhitni holatini nazorat qilish bo`yicha xalqaro tashkilotlarni ta`sis qilish va qabul
kilingan bitimlarni bajarish.
Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish milliy
dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu dasturlarni tadbiq qilish birinchi
navbatda to`planib qolgan ifloslanishni yo`qotishga, ko`zda tutilgan choralar asosan ishlab
chiqarish faoliyati natijasida kelib chiqqan noxush natijalar bartaraf etishga yo`naltiriladi.
Bunday yondashish dastlab o`zini oqladi, keyinchalik esa ba`zi hollarda ekotizimni buzilganligi
tezkorlik bilan qutqarishga to`g’ri keldi. Hozir bularga boshqacha urg’u berilyapti. Ko`pgina
mamlakatlarda tabiatdan foydalanish bo`yicha majmuali dasturlar qabul qilingan. Bular qonuniy
ravishda amal qiladi. Unda tabiatdan foydalanish faoliyatini tartibga solish bo`yicha davlatning
kuchli roli o`z ifodasini topgan, huquq va mas`uliyati aniqlangan. Rivojlangan mamlakatlarda
tabiatdan foydalanish tadbirlariga davlatning aralashuvi sezilarli tavsifga ega. Boshqarish
tizimlari tuzilib, ularda tabiatdan foydalanish siyosatini maqsadlari, ularning ob`yektlari (havo
basseyni, suv tizimlari, er resurslari, o`rmonlar va boshqalar) ko`rsatilgan. Atrof-muhit
monitoringi, jarayonlarni boshqarish, moliyalashtirish, tabiatdan foydalanish faoliyatlarini
rag’batlantirish qoidalari ishlab chiqilgan.
So`nggi yillarda atrof-muhit holatiga mas`ul tarmoq vazirliklarini qz ichiga olgan davlat
boshqaruv organlarining ko`payish tendentsiyasi kuzatilyapti.
Dostları ilə paylaş: