38
Yechimi:Namlik koeffisentini topish uchun bug’lanuvchalikni yog’in
miqdoriga bo’lamiz ya’ni 250:1000 mm =0,25 demak namlik koeffitsienti 25% ga
teng bo’ladi.
3. Samarqand viloyatining g’arbiy tog’oldi etaklarida potensial bug’lanish
1600 mm, bu yerda tushadigan yillik yomg’ir miqdori 800 mm, namlik
koeffitsientini hisoblaymiz.
Yechimi: Bug’lanish 1600 mm, yog’in 800 mm. demak namlik koeffitsienti,
ya’ni 800 : 1600 = 0,5 ga teng.
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
1.Toshkent shahrida yillik yog`in miqdori 367 mm ga, mumkin bo`lgan
bug`lanish miqdori esa 960 mm ga teng bo`lsa, namlik koeffitsiyentini aniqlang.
2.Omonqo`tonda yillik yog`in miqdori 881 mm, mumkin bo`lgan bug`lanish
miqdori esa 1000 mm bo`lsa, namlik koeffitsiyentini aniqlang.
VAQT, SOAT MINTAQALARI, MASOFA
Vaqt o`lchovidan xalqaro miqyosida foydalanishni
osonlashtirish maqsadida
mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va dunyo vaqti tushunchalari kiritilgan.
Yer o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqqa qarab bir kecha kunduzda bir marta
aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15
0
dan meridianlar
o’tkazilsa, har bir meridian qo’shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh
meridianda tush payti bo’lganda, 180
0
uzunlikda
yarim kecha, bosh meridiandan
sharqdagi 90
0
uzunlikda ertalab bo’ladi. Shimoliy va Janubiy qutbgacha bitta
meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir-xil bo’ladi,
yani bitta meridianning
hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt
mahalliy vaqt deyiladi. Mahalliy vaqt
o`lchovi quyidagicha aniqlanadi. Yerning shakli sharsimon bo`lib
uning aylana
yuzasi 360
0
ga teng. Yer o`z o`qi atrofida 23 soat 56 minut 4 soniyada to`liq
aylanadi va biz uni yaxlitlab 24 soat deymiz. Yerning aylana yuzasini 24 soatga
bo`lsak 15 chiqadi. Demak har 15
0
oralig`ida 1 soat farq bo`ladi. Soatdagi farq
sharqga
oshib borsa, g`arbga qarab kamayib boradi. Yuqoridagi ma`limotdan
39
ko`rinib turibtiki meridianlar orasida mahalliy vaqt farqi xar bir gradus oralig`ida 4
minut bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: