A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə21/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
53e1d82115c1c

Savollar

  1. Oila ma’naviyati haqida nimalar bilasiz?

  2. Oila ma’naviyatiga e’tibor qaratilgan qanday tarbiyaviy tadbirlar zarur deb hisoblaysiz?

  3. Yoshlarni ma’naviy ahloqida qanday kemtikliklarni borligini his etgansiz?

Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

  1. O.Hasanboeva va boshq. Oila pedagogikasi. T., Aloqachi,2007y

  2. A.K.Minavvarov. Oila pedagogikasi. T., O’qituvchi, 1994 y.

  3. M.Inomova. Oilada bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyasi.T., O’qituvchi, 1999 y.

  4. R.To’raqulova Oilada sog’lom muhit va reproduktiv madaniyat. . T., 2002y.

  5. Reproduktiv ma’naviyat va madaniyat asoslari. To’plam. T.,2002y.

  6. M.R.Bo’rieva O’zbekiston oila demografiyasi. T., Universitet, 1997y.

  7. O.To’raeva Bola aziz odobi undan aziz T., O’qituvchi, 1996 y.

5.MAVZU: Mehmon kutish odobi.
Asosiy savollar:

        1. O`zbek oilalarining eng qadimgi insonparvarlik an'analari

        2. Ahloq - odobga oid hadis namunalari

        3. Mexmon kutush odobi.

O`zbek oilalarining eng qadimgi insonparvarlik an'analaridan biri mehmondo`stlikdir. qadimgi udum bir qarashda oddiy mehmon keldi, kutildi, kuzatildi singari soddalashtirilgan, holda kishi ko`z oldida namoyon bo`ladi. Xalqimiz bu borada tarbiyaviy ahamiyatga molik naql yaratgan: “Maktab o`qib mo`lla bo`lasan, mehmon kutib (mehmon bo`lib) odamgarchilikni o`rganasan”. Haqiqatan ham, bu naqlda juda katta pir ma'no yashiringan. Odatda har bir xonadonda alohida did bilan bezatilgan mehmonxonasi bo`lgan va hozir shu tarzda davom etayapti. Ilgari har bir hovlida mehmonlar uchun alohida darvozadan to`g`ri kiriladigan mehmonxonaning mavjudligi xalqimizda mehmondo`stlik an'anasining qadimiyligidan darak beradi. Buni XI asrda yashagan sharqning allomasi Yusuf Xos Hojib “qutadg`u bilig” asaridagi: “Agar sen odamlarni taklif qilayin desang, taklif qilgin va lekin taraddudlarni yaxshi ko`rib qo`y. Idish - tovoq, dasturxon, uy-joy, libos pokiza bo`lsin, pokiza ko`rpacha yoygin, ovqat va ichimliklar ham yaxshi bo`lishi kerak. Ovqat ichimliklar pokiza, totli, yaxshi bo`lsin, qo`l uzatgan havas bilan yesin. Taklif qilmasang, osh-suvning kamchiliklari bitta bo`ladi, taklif qilsang, uni ko`rgan birni ming qiladi. Uyla sen yeb - ichiladigan narsalarni yaxshi, pokiza qilgin, kelgan yaxshilar to`yib turib ketsinlar. Do`stlarni, qarindoshlarni, ular xoh uzoq, xoh yaqin bo`lsinlar, barchasini ziyofatga taklif qil, haqlariga rioya qilgin.
Keladigan keladi, agar kelmasa, uning ko`ngli taklif qilinganligi uchun qolmaydi”1 , - deb bildirgan qimmatli fikrlari ham isbotlaydi.
Hozirgi davrda ham har bir oilada katta, keng, ko`rkam, havodor bir xona maxsus jihozlar bilan bo`sh holda mehmon kutish uchun muljallab saqlash an'anaga, odatga aylangan. Mehmon uchun ohori tukilmagan bir necha ko`rpacha, ko`rpa, bolishlar, idish tovoqlar tayyorlab qo`yiladi. Imkoniyati mavjud oilalarda divan, kreslo, stol, stullar, shifoner va boshqa jihozlar bilan boyitiladi. Bunday mehmonxonani saqlashdan maqsad oilaga tashrif buyurgan kishilarga eng qulay, shinam shart - sharoit yaratish, mehmonga e'tibor, hurmat va izzat etishga qaratilgan. Axir xalqda “mehmon oz o`tirar, ko`p ko`rar” degan hikmat mazmuni asosida mehmon kutiladigan xonani toza, ozoda, tartibli, sarishtali saqlash odatga aylangan.
O`zbek xalqining mehmondo`stlik an'anasining mohiyati, mazmuni va unga qo`yiladigan talablar quyidagi: “Uying tor bo`lsa ham ko`ngling keng bo`lsin”, “Mehmonga ko`ngling qo`rini ber, uyning turini ber“, “Kelish mehmondan, ketish mezbondan”, “Yaxshi mehmon uch kunlik”, “Bug`doy noning bo`lmasa ham, bug`doy so`zing bo`lsin”, “Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan”, “Mehmon otangdek ulug`”, “Mehmon oz o`tirar, ko`p ko`rar”, “Mehmonning kiyimiga qarab kutib olib, so`ziga qarab kuzatadilar”, “Kulchali mehmon, suyikli mehmon” singari maqollarda o`z aksini topgan. Oilada mehmon va mezbonlararo munosabatlar, burch ma'suliyat xalq maqol va hikmatlarida ifodalangan.
Ahloq - odobga oid hadis namunalarida: “Mehmondo`st bo`lmagan odamdan yaxshilik kutilmaydi”, “Uyiga mehmon quymaydiganlar yomon odamlardir” va “Rasululloh mehmon uchun ortiqcha takalluf (ziyofat uchun ortiqcha urinishni) man etganlar” singarilar alohida ta'kidlangan.
Bu hadislar mehmon kutib oluvchining mehmonga bo`lgan ma'naviy - ahloqiy normalarini belgilab beradi. Oqibatda, har bir odam o`z qadr - qimmatini, obro`sini o`zi yaratadi.
Oilaga mehmon tashrif buyurganda uy egasi bolalaridan birini qo`shni, qavmi - qarindoshlardan mehmon bilan suhbat qilishga taklif etish uchun xabar berish an'anaga aylangan. Taklif mehmonga taklif qilingan qavmi - qarindoshlarga alohida burch va ma'suliyat yuklaydi. Oilada mehmondo`stlik an'anasining bolalarni yetuk inson qilib tarbiyalashdagi imkoniyatlari katta. Mehmon kelgan uyga taklif qilingan kishi kechqurun bo`lsa, albatta quruq qo`l bilan ya'ni hech bo`lmaganda ikki dona tandir non, shirinlik yoki oilasida tayyorlangan ovqatdan biror idishga olib kelish ota - bobolarimiz tomonidan qo`llanib kelinayotgan “mehmon osh” bizning davrimizgacha davom etib kelmoqda. Mehmon osh mehmonga va mezbonga taklif qilingan kishining juda katta hurmat - e'tibori va yaqinligini ifodalaydi. Agar taklif qilinganlardan ba'zilari mehmon bilan suhbatga kelmasa, uzrli sababi bo`lmasa, u kishining munosabati vaqti bilan so`ralgan va tahlil qilingan. An'anaga ko`ra mehmondan qochgan kishi ma'naviyatli emas deb hisoblangan. Shuning uchun ham oilada mehmon kelgan xonadonga kelish oilalararo ma'naviy - ahloqiy insoniy munosabatlarni tartibga soluvchi milliy vosita bo`lib xizmat qilgan va qadrlangan. Hatto mehmonga kelmagan kishi udumga binoan nomard hisoblangan.
Mehmonni kutishda oila boshlig`i ota, ona va xizmat qilgan farzandlarning ochiq chehrasi, samimiyligi, kayfiyati ko`tarinki bo`lishga alohida e'tibor berishgan. Bu to`g`rida xalqda “Mehmon oldida mushugingni pisht dema” degan hikmatga amal qilingan. Agar mehmon shu oilaga juda ham qadrli bo`lib ko`p yillardan buyon tashrif buyurmagan bo`lsa, mehmon sharafiga qo`y, echki, ho`kkiz, xo`roz, o`rdak, ko`rka so`yib ziyofat berish an'anasi mavjud. Mehmon va taklif qilingan qo`ni - qo`shnilar uchun oila sharoitidan kelib chiqib, ziyofat dasturxoni tuzatilgan, tansiq taomlar tayyorlanib siylangan.
Agar mehmonlar ikki jinsdan tashkil topsa, taklif qilinganlar ham xuddi shunday kishilardan tashkil topadi. Bunday paytlarda erkaklar, ayollar alohida - alohida xonada o`tirishadi. Bu udum har ikki jins vakillarining erkin, osoyishta va bemalol o`tirib ko`ngilli dam olishlarini ta'minlaydi. An'anaga ko`ra kichik bolalar yoki katta yoshdagi qizlar onalar bilan birga o`tirishadi. Katta yoshdagi o`smir yoki o`spirin otasi erkak mehmonlar bilan birga bo`lishadi hamda xizmat ko`rsatish ishlarini otaning bevosita boshchiligida bajarish odatga aylangan. qo`lga suv quyish, sochiq tutish, ichkariga taklif qilish, dasturxon yozish, non va meva konfetlarni keltirib qo`yish, choy keltirish, oyoq kiyimlarni o`nglash, pechkaga olov yoqish, oziq - ovqat va idish tovoqlarni tashish va hakazo. Bola xizmat ko`rsatish munosbatlarga kirishish orqali aqliy, ahloqiy, mehnat, nafosat, jismoniy hamda ma'naviy tarbiya sohalaridagi sifatlarni, tajribalarni shu vaqtda oladi.
Umuman, tarbiya sohasidagi tushuncha, tasavvur, bilimlar, kerakli xulq - atvor faqat oila tajribasida emas, balki boshqa mehmonlarning ishtirokida tarkib topib, mustahkamlanib boradi. Bu jarayon bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda muhim rol o`ynaydi. qiz bolalar xotin - qizlar bilan o`tirishadi va ona boshchiligida mehmonlarga xizmat ko`rsatadi. Onalarga xos barcha sifatlar: xushmuomalalik, shirinso`zlik, ochiq ko`ngillik, chaqqonlik, epchillik, uquvlilik, mehmon ko`ngliga qarab muomala qila olish, farosatlilik kabi sifatlarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o`zida shakllantiradi, oila hayotiga ongli tayyorlanadi. Mehmon bilan mezbonlarning turli mavzular bo`yicha suhbatlari, voqealar, siyosat, savdo - sotiq, adabiyot, san'at, ahloq, odob, fahm - farosat, muomala, xulq - atvor va ma'naviyat borasidagi tushuncha, tasavvur bilimlarini kengaytirishda samarali ta'sir ko`rsatuvchi vosita bo`ladi. Oilada bolalarning bunday davralarda bevosita ishtirok etishi, ularning aqliy, siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, jismoniy va ma'naviy tarbiyasining yaxshilashiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi, tarbiyalaydi. An'anaga ko`ra o`spirinlar mehmon, qo`shnilar, ota - onalar o`zaro gaplashganda aralashmasdan, ayniqsa, gaplarini bo`lmasdan, gap suralganda andisha bilan javob qaytarish, odob bilan kirib - chiqish, mehmonlarga ochiq chehra bilan xizmat qilish, ovozini baland ko`tarmaslik, burunni noo`rin tortmaslik, badanni qashilamaslik kabi ma'naviy - ahloqiy ko`nikmalarga amal qilishi shart.
Agar mehmon yoki mezbonlar o`zlari bolalarga ruxsat bersalar muhokama qilinayotgan mavzuga o`z fikrini aytishi lozim. Mazkur an'anaga bolalarni axloqli, odobli va ma'naviy xulq - atvorli etib tarbiyalashning asosi hisoblanadi. Bolalar oilada bunday tushuncha, tasavvur va ma'lumotlarini yoshining ortib borishi bilan boyitib, kengaytirib boradi. Mehmonlar xizmat ko`rsatgani, hurmat - izzati uchun mezbonga, xususan bolalarga minnatdorchilik bildirib, xizmatni ko`ngildagidek bajarganligi uchun rahmat aytgan o`smir va o`spirinning xizmatiga umumiy baho bergan. Baho mehmon tomonidan izohlangan, bolaning yutuqlari alohida ta'kidlangan va ularning mehmon kutishga bo`lgan qiziqishini oshirgan hamma shu sohadagi ko`nikmalarni mustahkamlashga qulay sharoit yaratgan. Shuning uchun ham oilada mehmondo`stlik an'anasining ta'lim - tabiyaviy imkoniyatlari katta.
Mehmonni kuzatgandan so`ng oilada ota - onalar boshchiligida barcha oila a'zolari ishtirokida mehmonga xizmat ko`rsatishda qatnashgan farzandining xizmat ko`rsatishini tahlil qilishadi. Tahlilda avval yutuqlarini ta'kidlab, kamchiliklarini bartaraf etish haqida fikr, mulohaza bildirib, foydali maslahatlar berishadi. Shundan keyin farzandning mehmonni kutishdagi umumiy faoliyatiga baho qo`yishadi. Bunday baho, tahlil, bolalarning shu sohada ma'lumot olishini ta'minlaydi. Shuning uchun ota - onalarning bu xildagi tahlillari juda qisqa vaqtda o`tkazilsa ham bolalarni oila hayotiga tayyorlashda amaliy yordam beradigan milliy tarbiya vositasi bo`lib kelgan va shunday bo`lib qolaveradi. Mehmondo`stlik nafaqat mezbonga, bolaga, balki mehmonlarga ham muayayan talablar qo`ygan. Masalan, mehmon bo`lish paytida ahloq - odob qoidalariga rioya qilish, mehmonlik izzat - hurmatini bilish, bo`lar - bo`lmas har xil talablar qo`ymaslik, xushmuomala bo`lish, boshqalarni hurmatlash, uylab mulohaza bilan fikr yuritish, taomlarni iste'mol qilishda me'yorni bilish, o`tirish - turishda madaniy xulq -atvor ko`nikmalarini bajarish, uch kundan ortiq mehmon bo`lmaslikka harakat qilish, ko`p gapirmaslik va hakazo.
Mehmondo`stlikning yana bir xususiyati mehmonni qarindosh - urug`lar, qo`shnilar, yoru do`stlar xonadonlariga navbat bilan taklif qilishdir. Udumga binoan ishlab chiqarishga xalal bermasdan, mehmonning ra'yini, sharoitini, kayfiyatini hisobga olib, mehmonga keladigan uy egasi va boshqa ishtirokchilar bilan kelishgan holda kim qaysi vaqtda mehmonga taklif qilish tartibi belgilanadi. Mehmon va boshqalar taklif qilgan oilalarga navbat bilan mehmon bo`lib, uy sharoiti va oila a'zolari bilan yaqindan tanishadi. Har bir xonadonda turli xil taomlar tayyorlanib turli mavzularda gurung, bahs, o`zaro fikr almashish kabi tadbirlar bilan mehmonning ko`nglini olishga va madaniy hordiq chiqarishga alohida e'tibor qaratiladi.
Mehmondo`stlik an'anasi oilalararo ahillik, yaqinlik, do`stlik, hamkorlik, hamjihatlik, kishilarning bir - biriga mehr - oqibat, hurmat - izzat, e'tibor va insonparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishda katta rol o`ynaydi. Ilgari vaqtlarda mehmondo`stlik spirtli ichimliklarsiz uy egalari va mehmonlarning qiziqarli davra suhbatlari asosida o`tkazilgan. Mustabid yillarida mehmondorchilikni tashkil etishda meyoridan ortiq spirtli ichimlik iste'mol qilish va dabdabozlik kabilar an'ana mazmuniga yomon ta'sir ko`rsatdi. Shuning uchun mazkur an'anadagi oldingi mazmunni saqlab, zamon talabi bilan uyg`unlashtirib olib borish barchamizning asosiy burchimiz bo`lib qolmog`i darkor.
Ota - onalar oilada mehmon kutishda xizmat ko`rsatishga o`smir yoshidan katta o`spirinlarni jalb qilish nihoyat darajada foydaliligini tushunib yetishlari, anglashlari zarur. Chunki bolalar kelajakda oila hayotida olib borilishi zarur bo`lgan mehmon kutish, aksincha, mehmon bo`lish bilan bog`liq ko`nikmalarni o`zlashtirishda ko`pgina qiyinchiliklarga duch keladi. Ba'zi ota - onalar bolalarini mehmondo`stlik bilan bog`liq xizmat ko`rsatish ishlariga jalb qilishmaydi. Buning natijasida bolalar voyaga yetganda mehmonni kutish va mehmon bo`lish bilan bog`liq ko`nikmalarni, odatlarni bajarishda ko`plab nuqsonlarga yo`l qo`yishadi. Buning asosiy sababi bolalarni jinsi, yoshi, rivojlanishini hisobga olib mehmondo`stlik an'anasiga o`rgatib bormasligining oqibati deb xulosa chiqarish mumkin. Aksincha o`smir, o`spirinlar mehmondo`stlikda aqliy, ahloqiy, mehnat, nafosat, iqtisodiy, huquqiy, insonparvarlik, oilaparvarlik, mehmonlarni hurmatlash bilan bog`liq tushuncha, tasavvur, ma'lumotlarini ko`nikma va odatlarini tarkib toptiradi va mustahkamlaydi. Eng muhimi mehmon kutish bo`yicha tajribalarni tuplab, uni mustaqil qo`llashga o`rganib boradi. Ota - bobolarimiz tomonidan oilada rivojlantirib, qo`llanilib kelingan mehmondo`stlik an'anasi bolalarni oila, ijtimoiy hayotga tayyorlashda milliy hayot maktabi vositasi bo`lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin