Oilaning muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat: Birinchidan, u jamiyatning demokratik hujayrasini tashkil etib, odamlar shu muqaddas maskanda tug’ilib, o’sib, jamiyat tarkibini tashkil etadi.
Ikkinchidan, oila muhim bo’g’in bo’lib, unda biz mehnat jarayonida sarf qilgan kuchlarimizni tiklash imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Uchinchidan, oila muhim tarbiya o’chog’i.
Va nihoyat, to’rtinchidan, oila nodir ruhiy muhitdir.
Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan birga tartibga solinadi. SHuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo’lib, nikoh, qon- qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chi qadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.
Agar oila huquqi tushunchasiga muxtasar ta’rif berib aytadigan bo’lsak, bu er-xotinlar, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog’li q mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog’i hisoblanadi. SHu ta’rifdan ham ko’rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog’liq bo’lish bilan birga, farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. Ya’ni: birinchidan, oilaviy munosabatlar fu qarolik hu qu qiga xos bo’lmagan yuridik faktlar (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va hokazolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy munosabatlar fu qarolik hu qu qidan far q qilib, ko’pro q shahsiy-huquqiy mohiyatga ega bo’ladi, uchinchidan, oilaviy huquq sub’ektlarining huquqva majburiyatlari ularning o’zlarigagina tegishli hu qu q va majburiyatlar sanaladi.
Oila hu qu qining asosiy printsiplari quyidagilardan iboratdir:
oilaning jamiyat va davlat muhof azasida bo’lish hu qu qi printsipi
barcha fu qarolar, jinsi, ir qi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chi qishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mav qeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi printsipi
hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng huquqliligi printsipi
oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo’llab- quvvatlash hamda ularning o’zaro bir-biriga g’amxo’rlik qilishi printsipi
Davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qilish printsipi
Ixtiyoriy va erkin nikoh printsipi
Faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish printsipi
Davlat tartibi asosida nikohdan erkin ajralish printsipi
Bolalarni musta qillik va milliy isti qlol mafkurasi g’oyasi asosida tarbiyalash printsipi.
Nikoh fu qarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ro’yhatdan o’tkazilgan va qtdan boshlab nikoh tuzuvchilar er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan boshlab ular o’rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Endi ular o’rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi. Bunda xotin- qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng hu qu qga ega bo’lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng hu qu qlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga ega bo’ladilar. Bu qoida o’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo’yilgan.
Amaldagi qonunlar turmushga chi q qan ayolni muomala layoqatida hech qanday cheklamaydi, uni eriga bo’ysindirib, qaram qilib ham qo’ymaydi. Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin hu qu qning teng sub’ekti hisoblanib, ularga bab-baravar hu qu qlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi. o’zbekistonda er va xotin rasmiy jihatlardagina emas, balki oilada ham teng huquqga egadir. Oila huquqiga asosan er-xotin umumiy xo’jalik ishlarini birgalikda, o’zaro hamjihatlik asosida olib boradilar. Ular bir-birlariga ma’naviy yordam berib, ko’makdosh bo’lib yashaydilar, hamma masalalarni bamaslahat hal qiladilar. Biro q er-xotindan birining shaxsiy hu qu qini amalga oshirishga muntazam xala qit berish (masalan, erning yoki xotinning mashg’ulot turi, kasb tanlashiga xalal yetkazish), shaxsiy huquqlarni amalga oshirishni suiiste’mol qilish, oila manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar nikohdan ajralishga olib kelishi mumkin.
Familiya tanlash huquqi er-xotinning muhim shaxsiy huquqlaridan hisoblanadi.
Oila kodeksining 20-moddasiga binoan, «Nikoh tuzish va qtidan er va xotin o’z xohishi bilan eri yoki xotinning familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikoxgacha bo’lgan o’z familiyasini sa qlab qoladi.
Er va xotindan birining failiyasini o’zgartirishi bosh qasining ham familiyasini o’zgarishga olib kelmaydi».
Keyinchalik familiyani o’zgartirishga faqat umumiy asoslarda, qonunda belgilangan hollarda yo’l qo’yiladi.
Er va xotinning oilaviy munosabatlarda teng huquqliligi va bab-baravar majburiyatlarga ega ekanligi mulkiy munosabatlarda ham o’z ifodasini topgan.
Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlariga iqtisodiy mazmundagi masalalar kiradi. Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkiga nisbatan bo’lgan huquq va majburiyatlarlari, er-xotinning har birini alohida xususiy mulkiga bo’lgan huquq va majburiyatlari, o’zaro moddiy ta’minotidagi aliment huquq va majburiyatlari shular jumlasidandir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lishi, uning bozor iqtisodiyotiga o’tishi, tadbirkorlik faoliyatiga keng o’rin berilishi bu masalada ham amaldagi oila qonunchiligida tegishli o’zgartirishlar kiritilishini ta qozo etdi. CHunki qonun bugungi kun talablariga to’la javob berishi lozim.
Oila kodeksining 23-moddasiga binoan: «Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo’lajak er-xotinning umumiy mablag’lari hisobiga olingan mol mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida bosh qacha hol ko’rsatilmagan bo’lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Oila kodeksida er-xotinlarning mulkiy huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi normalarda ham bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Avvalo, bu o’zgarishlar, yangiliklar mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi printsiplarda ifoda etiladi.
Er-xotinning qonuniy tartibdagi mulki ularning qonun xujjatlarida belgilangan imperativ normalar bilan tartibga solinadigan mulkidir.
Nikoh shartnomasi deb, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo’lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan ta qdirda ularning mulkiy hu qu q va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvga aytiladi.
«Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro’yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Nikoh davlat ro’yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi» (Oila kodeksining 30-moddasi).
Agar nikoh shartnomasi nikoh davlat ro’yxatiga olingunga qadar tuzilgan bo’lsa, bunday nikoh shartnomasi kechiktirib bajariladigan shartli bitim hisoblanadi. U faqat nikoh tuzilgandan so’ng kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi er-xotinlar bir-birlarini moddiy ta’minlash yoki biri ikkinchisini moddiy ta’minlashini ko’rsatish hu qu qiga ega. SHartnomada belgilangan shartlar aliment majburiyatining umumiy qoidalariga mos kelmog’i kerak. Xususan, muomalaga layo qatsiz er yoki xotinning hu qu qlari buzilmasligi lozim. Ammo nikoh shartnomasida qonun bo’yicha aliment olish hu qu qiga ega bo’lmagan er yoki xotinga aliment belgilanishi mumkin. Birinchi navbatda, bu o’z xohishlari bilan, oila manfaatini o’ylab ishi yoki o’ qishini qoldirgan er-xotinlarga taalu qli bo’ladi.